Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
9.10. Siqilgan gaz.
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal harorat va istalgan yuqori bosimda o’zining gazsimon holatini saqlab qoladi. Gaz faqat o’ta sovutilgandan keyingina suyuqlikka aylanadi. Avtomobillarda yonilg’i sifatida 20MPa gacha siqilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz, gaz konlaridan olinadi. Uning asosiy komponenti - metan. Siqilgan gaz yonganda katta massa birligida issiqlik (49,9 MJ/kg) ajralib chiqadi, biroq zichligi juda kam bo’lganligidan, hattoki 20MPa gacha siqilgan gaz yonganda ham chiqadigan hajmiy issiqligi kamida 3 marta kam. Yonganda chiqadigan hajmiy issiqlik miqdorining kam bo’lishi avtomobilda hattoki yuqori bosimda ham etarli miqdorda gaz saqlanishiga imkon bermaydi. Shu sababli siqilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan, gaz ballonli avtomobillarda zapas yo’l, benzin yoki suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ishlaydigan avtomobillarga nisbatan ikki borobar kichik. Metanning tadqiqot yo’li bilan aniqlangan oktan soni 110 atrofida. Siqilgan tabiiy gazning zaxira miqdori ko’p va u arzon bo’lganligidan benzin o’rniga bu gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Avtomobillar uchun yonilg’i sifatida siqilgan gazdan foydalanilganda, unig ko’rsatkichlarga siqilgan gazning komponent tarkibi va gaz ballon apparatning ishiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi hamda dvigatellarning yoqilishini tezlashtiruvchi moddalar ta’sir ko’rsatadi. Gazning komponent tarkibi. Avtomobillarda barcha mavsumlarda ishlatilishga mo’ljallangan siqilgan gaz tarkibida kamida 90% metan, ko’pi bilan 4% ètan, oz miqdorda yonuvchi boshqa uglevodorod gazlari: uglerod oksidi 1% gacha, kislorod 1% gacha, azot ko’pi bilan 5% bo’lishi kerak. Gaz tarkibidagi zararli aralashmalarning miqdori, siqilgan havo tarkibida cheklangan miqdorda bo’ladi: vodorod sulfidi 2 g/100m 3 dan, mexanik aralashmalar 0,1 g/100 m 3 dan ortiq bo’lmasligi kerak, juda oz miqdorda nam bo’lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling