9.7. Dizel yonig’ilarining past haroratdagi xossalari.
Yilning
sovuq
vaqtida
dvigatellarini
ishlatishda
yonilg’ining
qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta rol o’ynaydi.
Bu xossalari xiralashish va qotish hroratlari bilan baholanadi. Xiralanish harorati
deb, yonilg’ining faza bo’yicha bir jinsliligi yo’qoladigan haroratga aytiladi.
Masalan, dizel yonilg’isi rangsiz shishadan tayyorlangan probirkaga
solinib, sovitilsa, muayyan haroratda u xiralasha boshlaydi, bunda parfin
uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonilg’ining tashqi ko’rinishi o’zgaradi.
Yonilg’i asta-sekin sovitilsa parfin kristallari kattalashadi va yonilg’i harakatlanish
qobiliyatini yo’kotadi. Yonilg’ining harakatlanuvchanligi yo’qoladigan harorat
qotish harorati deyiladi. Yonilg’ining harorati shu darajaga etganda yonilg’i
oquvchanligini yo’qotadi, yonilg’ini dvigatel silindrlariga uzatishning iloji bo’lmay
qoladi. Yozgi yonilg’ining qotish temperaturasi minus 10
0
S dan, qishniki mo’tadil
iqlimli zonalar uchun minus 35
0
S dan, sovuq zonalar uchun minus 45
0
S dan,
shimoliy yonilg’ilar uchun minus 55
0
S dan yuqori emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |