Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Motor moylari
Transportlarda, qishloq xo’jaligi va boshqa mashinalarda foydalaniladigan porshenli ichki yonuv dvigatellarini moylashda motor moylari foydalaniladi. Neft moylari ishlab chiqarishda ular hajmiy ulushi 50% dan ortadi. Barcha motor moylari selektiv tozalangan bazaviy moylarga har hil funkstional prisadkalar qo’shish aralashtirish yo’li bilan olinadi. Porshenli ichki yonuv dvigatellarida (aviastiya dvigatellaridan tashqari) har xil tarkib va xossali tovar moylari qo’llaniladi. Bazaviy moylarni xarakterlovchi asosiy xossalari quyidagilar: qovushqoqligi, past haroratlarda harakatlanishi, prisadkalar va qo’shiluvchanlig. Qishgi va yozgi motor moylari quyidagi markadagi bazaviy moylardan tayyorlanadi: M-6 (AS-6)-distillyatli; M-8 (AS-8, DS-8)-distillyatli va qoldiq moylar aralashmasi (14% dan kam emas); M-11 (DS-11)- distillyatli va qoldiq moylar aralashmasi (30% dan kam emas); M-14 (DS-14) - distillyat va qoldiq moylar aralashmasi (40% dan kam emas); M-16 (DS-16) - distillyat va qoldiq moylar aralashmasi (50% dan kam emas); M-20 – qoldiq moylar. Avtomobillar uchun selektiv tozalangan yuqori indeksli bazaviy moylardan quyidagi motor moylari tayyorlanadi: ASV-6-distillyatli; ASV-10 distilyat va qoldiq moylar 140 aralashmasi (25% dan kam emas). Chuqur parafindan tozalangan past haroratda qotadigan ASV-5 va veretenli A4 bazaviy moylari hamma faslarda va shimolda qo’lanilishi mumkin. Juda kam miqdorda kislota kontaktli va kislota – ishqorli tozalashdan oligan moylar ishlab chiqariladi. Avtotraktor dvigatelari uchun ishlatiladigan zamonaviy motor moylarida albatta prisadkalar bo’ladi. Moylarni yuvuvchi va disperstiyalovchi xossalari, oksidlanishga qarshi, moylash va himoyalar xususiyatlari asosan ular tartibidagi prisadkalarning miqdoriga va sifatiga bog’liq. Moylarga asosan (VNIING-360, DF-11, MNIIG-22 k va boshqa) ko’p funkstional prisadkalar va prisadkalar kompozistiyasi qo’shiladi. Ta’sir qilish mexanizmi va ximiyaviy jarayoni har xil prisadkalar aralashmasidan karbyurator va dizel dvigatelarida past va yuqori haroratlarda qoldiq qolishini oldini oladigan universal ekspluatastion xossali motor moylari olinadi. Dvigatelarda moylarni ishlash shartlarining doimiy kuchayishi va prisadkalar qo’shilgan yangi yuqori sifatli moylarni paydo bo’lishi bilan O’zbekistonda ichki yonuv dvigatellari uchun motor moylarining klassifikastiyasi ishlab chiqildi va tarqatildi. Ishlatilish sharoitlari va dvigatelarni ishlash kuchlanishlarini ortish bilan moylar 100 0 S dan (6 dan 20 mm 2 /s gacha) qovushqoqligi va boshqa xossalari bilan farqlanadigan olti (A,B,V,G,D va S) guruhlarga bo’linadi. Tovar moylari quyidagicha belgilanadi: M-8A, M-10B bu erda “M” motor moyini, “A”, “B” moy guruhini, sonlar esa 100 0 S dagi qovushqoqligini anglatadi. B,V,G guruhidagi moylarni ishlatilishiga bog’liq holda guruhlarga bo’linadi, 1-karbyuratorli, 2-dizel dvigatelari uchun. A,V,B va G guruhidagi moylsharni karbyuratorli va avtotraktorlarda qo’llash mumkin. D va E guruhidagi moylarni esa faqat dizel dvigatelarida qo’lash mumkin. Quyuqlashtirilgan moylarni M-43/6V, M-63/10 G deb belgilanadi, bu erda “3” indeksi moy tarkibidagi quyuqlashtiruvchi prisadka miqdorini anglatadi. Birinchi son esa moyning -18 0 S dagi (1300 dan 2040 mm 2 /s) qovushqoqlik sinfini anglatadi. M-8 B, (AS-8-selektiv tozalangan avtol) kam forsunkali korbyuratorli dvigatellarga mo’ljalangan. Uni qoldiq moyga distilyat komponentlarini aralashtirish yo’li bilan olinadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling