Moylar va maxsus suyuqliklar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151
Tayanch  iboralar:  Yonilg’i  sarfining  yo’l  normalari,  yonilg’ining  nazorat 
sarfi, yonilg’ini tejash, neft mahsulari sifati, yonilg’ining tejamliligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


136 
 
11-MAVZU.  Neft moylarini ishlab chiqarish. Neft moylarini klassifikastiyasi, 
moylarni asosiy sifat belgilari. 
Reja: 
1. Neft moylarini ishlab chiqarish.  
2. Neft moylarini klassifikastiyasi. 
3. Moylarni asosiy sifat belgilari. 
 
       Neft  moylari  yuqori  haroratda  (300-800
0
C)  qaynovchi  frakstiyalar  bo’lib, 
ularning  tarkibida  parafinlar,  naftenlar,  aromatik  va  ularning  suyuq  uglevodorodli 
aralashmalari,  S,N  va        Oning  birikmalari,  hamda  juda  kam  miqdorda  metallar 
(V,Ni,Fe,Cu) bo’ladi. 
Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo’linadi. 
        Neftdan  moylarni  olish  yuli  va  sifatiga  ko’ra:  oq  moylar,  izolyastiya, 
konservastion va surkov moylariga bo’linadi. 
   Neftning  distillyatli    va    qoldiq  moylarni  tozalash  usuliga  ko’ra  mineral  surkov 
moylari quyidagilarga bo’linadi: 
1. Ishqor yordamida tozalash. 
2. Kislota-ishqorli tozalangan, bunda distillyatli moylar H
2
SO
4
 bilan ishlov berilib, 
uning tarkibidan smolali moddalar va tuyinmagan uglevodorodlar ajratiladi. 
3.  Kislota-kontaktli  tozalangan,  ya’ni  distillyat  va  qoldik  neft  moylari  H
2
SO
4
  da 
ishlov berish orqali olingan  moyda keyingi  tozalash jarayonida oqartiruvchi qum-
tuproqda yuqori temperaturada H
2
SO
4
  qoldiqlari parchalanishi va ajratilishi uchun 
o’tkaziladi. 
 4.  Selektiv  tozalangan,  bu  moylar  selektiv  erituvchilar  yordamida  tozalangan 
bo’lib,  uning  tarkibidagi  keraksiz  uglevodorodlar  va  smolali  moddalarni  eritib 
olish bilan tozalangan  mineral surkov moylari vazifasiga ko’ra quyidagi moylarga 
bo’linadi: 
1. Industrial moylar. 
2. Ichki yonuv dvigatel moylari. 
3. Bug’ mashina moylar. 
4. Maxsus moylar. 
    Industrial  moylar-  fabrika,  zavodlar  va  qishloq  xo’jaligida  mashina  va 
mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. 
     Industrial moylar sinflanishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 
- engil qovushqoqlikdagi 50
0
C da 3,9-8,5 sstgacha qovushqoqlikka ega; 
- o’rta qovushqoqlikdagi  50
0
C da 12,0-57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi; 
- og’ir qovushqoqlikdagi 57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi. 
            Engil  industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. 
      Velosit  moyi  engil  kuchlanishli  va  aylanishlar  soni  katta  mexanizmlarni 
moylash  uchun  qo’llaniladi.  Masalan,  trikotaj  mashinalari,  ip,  gazlama  va  jun 
ishlab  chiqarish  mexanizmlari.  Vazelin  moyi  50
0
Sdagi  qovushqoqligi  5,0-8,5  sst 
bo’lib,  parfyumeriyada,  charm  ishlab  chiqarish  va  nazorat  o’lchov  asboblarini 
moylash uchun ishlatiladi.  


137 
 
      O’rta  industrial  moylar  guruhiga  vereten  va  mashina  moylari  kiradi.  Vereten 
moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko’ra vereten-2 va vereten-3ga bo’linadi. 
       Vereten-2,  -  50 
0
C  dagi  qovushqoqligi  11,8-  14,0  sst  bo’lib,  kam  quvvatli 
elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. 
       Vereten 3 – 50
0
C dagi qovushqoqligi  19 -235 sst bo’lib, u materiallarga ishlov 
berish  sanoatidagi  turli  mexanizmlar,  chilangarlik,  silliqlash,  teshik  ochuvchi, 
kesuvchi va boshqalarni moylashda qo’llaniladi. 
     Mashina  moylari  qovushqoqligiga  ko’ra  L    va    S  markalarga  bo’linadi.  L  
markadagi  moy turli  mashina detallarini  moylash  uchun qo’llaniladi. S  marka esa 
katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo’llaniladi. 
       Og’ir  industrial  moylar  guruhiga kislota kontaktli  usulda tozalangan distillyat 
moyi  stilindr-2 kiradi. 
         Stilindr-2  moyi  yuqori  haroratda  ishlovchi,  katta  kuchlanishli  va  kichik 
tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. 
      Stilindr-2  moyini  qovushqoqligi  100
0
Sda  9,6-14,0  sst.  Ichki  yonuv  dvigatellar 
uchun moylar qo’llanilishiga ko’ra:  
1. Aviastiya.2. Avtomobil.3. Traktor.4. Dizel.5. Motor moylariga bo’linadi. 
      Aviastiya  moylari qishki  va  yozgi qovushqoqligi 14 sst,  yoz  mavsumida MK-
22  va  MK-20  markada  bo’lib,  100
0
C  dagi  qovushqoqligi  22  va  20  sstga  teng.    S 
markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo’lib, avia motorlarda ishlatiladi. 
     Avtomobil  va  traktor  moylari  barcha  turdagi  avtomobil,  traktor  va  motostikl 
dvigatellarida  ishlatiladi.  Avtotraktor  moylari  (avtollar)  qovushqoqligi  bo’yicha 
avtol-4,  avtol-6,  avtol-10  va  avtol-18ga  bo’linadi.  Sellektiv  tozalashdan  olingan 
avtollar (AS-5 va AS-9,5). Faqat korbyuratorli dvigatellarga mo’ljallangan. 
        Dizel moylari og’ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo’llaniladi. 
        Motor  moylari  qo’zg’almas  dizel  va  neftli,  gazli  dvigatellarda  qo’llaniladi. 
Motor  moylari  M(45-50  sst)  va  T  (62-68  sst)  markalarga  bo’linadi.  Bu  moylar 
qo’llanilishi  asosan  dvigatel  quvvatiga  bog’liq.  Yuqori  quvvatli  dvigatellarga  T 
markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo’llaniladi. 
         Bug’  mashina  moylari  asosan  stilindr  moyi  deb  ataladi  va  bug’  mashinasi 
detallarni  moylash  uchun  ishlatiladi.  Bug’  mashinalari  bug’  turiga  bog’liq  bo’lib, 
ular yordamida ishlatilishiga ko’ra to’yingan bug’da ishlovchi va qayta qizdirilgan 
bug’da  ishlovchi  mashinalarga  bo’linadi.  To’yingan  bug’da  ishlovchi  mashinalar 
uchun  stilindr  vispozin  3  va  nigrol  L  navli  moylar  ishlatiladi.  Qayta  qizdirilgan 
bug’da  ishlovchi  mashinalarda  vaport,  stilindr-6  va  veport-gidro  navli  moylar 
qo’llaniladi. 
        Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya va 
medestina moylari kiradi. 
        Transformator  moylari  tranformator  o’zagi  va  o’ramlarini  sovitish  va 
himoyalash uchun ishlatiladi. 
      Turbina  moylari  bug’li  va  suvli  turbina  podshipniklarni  moylash  uchun, 
shuningdek  bug’li  turbogeneratorlarni  boshqarish  tizimini  to’ldirish  uchun 
ishlatiladi. 
      Turbina moylari quyidagilarga bo’linadi: 


138 
 
1.  Turbina  L  marka  (20-23  sst,  50 
0
C),  kichik  va  o’rta  quvvatdagi  bug’li 
turbinalarni moylash uchun ishlatiladi.  
2.  Turbina  UT  marka  (28-32sst,  50
0
C)  aylanishlar  soni  minutiga  2000-3000 
bo’lgan kuchli bug’li turbinalar uchun qo’llaniladi. 
3. Turbina T marka (44-48 sst, 50
0
C).  
4.  Turboreduktor  moyi  (55-59sst,  50 
0
C  )  paraxod  qurilmalarini  moylash  uchun 
ishlatiladi.  
      Kompressor moylari 2ga bo’linadi: 
1.  Kompressor  M  marka  (9,5-14sst,  100 
0
C),  havo  haydovchi  va  havoli  2 
bosqichda siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi. 
2.  Kompressor  T  marka  (14-20  sst,  100
0
C)  yuqori  bosim  (44dan  225  atm.)dagi 
ko’p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi. 
    Parfyumeriya  va  medestina  moylari o’ziga  xos  rang  va  hidga ega.Parfyumeriya 
moylari, qovushqoqligi 50 
0
C da 15-20sst,  medistina  moylari 50 
0
C da 28-31sstga 
teng. Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi. 
     Moy frakstiyalarini tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash. 
    Neft  moylari  ishlab  chiqarishda  asosiy  jarayonlaridan  biri  tanlab  tozalash 
jarayonidir. Bu jarayonlar orqali moylarni ishlatishning muhim xususichtlari, ya’ni 
oksidlanishga  barqarorligi  va  issiqlik-qovushqoqlik  xususiyatlarini  yaxshilash 
imkoniyati  mavjud.  Jarayon  neft  moy  xom-ashyosidan  maxsus  tanlangan 
erituvchilar  yordamida S  va N birikmalari, qisqa yon zanjirli ko’p stiklli aromatik 
naften-aromatik  uglevodorodlarni,  to’yinmagan  uglevodorodlar  va  smolali 
moddalardan  tozalashga  asoslangan.  Sanoat  miqyosida  tanlangan  erituvchilar 
sifatida fenol, furfurol va bug’li erituvchi aralashmalardan keng foydalaniladi. 
    Selektiv  tozalashni  barcha  qurilmalari  texnologik  tizimda  quyidagi  asosiy 
jarayonlar  kiradi.  Bunda  uzluksiz  ishlovchi  jihozlarda  xom-ashyo  komponentlarni 
ekstrakstiya orqali 2 faza hosil qilish, rafinatli va ekstraktli erituvchilardan haydash 
yo’li  orqali  erituvchini  uzluksiz  qayta  tiklash,  hamda  erituvchini  suvsizlantirish 
o’tkaziladi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling