Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-MAVZU. Neft moylarini ishlab chiqarish. Neft moylarini klassifikastiyasi, moylarni asosiy sifat belgilari. Reja
Tayanch iboralar: Yonilg’i sarfining yo’l normalari, yonilg’ining nazorat
sarfi, yonilg’ini tejash, neft mahsulari sifati, yonilg’ining tejamliligi . 136 11-MAVZU. Neft moylarini ishlab chiqarish. Neft moylarini klassifikastiyasi, moylarni asosiy sifat belgilari. Reja: 1. Neft moylarini ishlab chiqarish. 2. Neft moylarini klassifikastiyasi. 3. Moylarni asosiy sifat belgilari. Neft moylari yuqori haroratda (300-800 0 C) qaynovchi frakstiyalar bo’lib, ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq uglevodorodli aralashmalari, S,N va Oning birikmalari, hamda juda kam miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo’ladi. Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo’linadi. Neftdan moylarni olish yuli va sifatiga ko’ra: oq moylar, izolyastiya, konservastion va surkov moylariga bo’linadi. Neftning distillyatli va qoldiq moylarni tozalash usuliga ko’ra mineral surkov moylari quyidagilarga bo’linadi: 1. Ishqor yordamida tozalash. 2. Kislota-ishqorli tozalangan, bunda distillyatli moylar H 2 SO 4 bilan ishlov berilib, uning tarkibidan smolali moddalar va tuyinmagan uglevodorodlar ajratiladi. 3. Kislota-kontaktli tozalangan, ya’ni distillyat va qoldik neft moylari H 2 SO 4 da ishlov berish orqali olingan moyda keyingi tozalash jarayonida oqartiruvchi qum- tuproqda yuqori temperaturada H 2 SO 4 qoldiqlari parchalanishi va ajratilishi uchun o’tkaziladi. 4. Selektiv tozalangan, bu moylar selektiv erituvchilar yordamida tozalangan bo’lib, uning tarkibidagi keraksiz uglevodorodlar va smolali moddalarni eritib olish bilan tozalangan mineral surkov moylari vazifasiga ko’ra quyidagi moylarga bo’linadi: 1. Industrial moylar. 2. Ichki yonuv dvigatel moylari. 3. Bug’ mashina moylar. 4. Maxsus moylar. Industrial moylar- fabrika, zavodlar va qishloq xo’jaligida mashina va mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. Industrial moylar sinflanishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: - engil qovushqoqlikdagi 50 0 C da 3,9-8,5 sstgacha qovushqoqlikka ega; - o’rta qovushqoqlikdagi 50 0 C da 12,0-57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi; - og’ir qovushqoqlikdagi 57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi. Engil industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. Velosit moyi engil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun ishlab chiqarish mexanizmlari. Vazelin moyi 50 0 Sdagi qovushqoqligi 5,0-8,5 sst bo’lib, parfyumeriyada, charm ishlab chiqarish va nazorat o’lchov asboblarini moylash uchun ishlatiladi. 137 O’rta industrial moylar guruhiga vereten va mashina moylari kiradi. Vereten moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko’ra vereten-2 va vereten-3ga bo’linadi. Vereten-2, - 50 0 C dagi qovushqoqligi 11,8- 14,0 sst bo’lib, kam quvvatli elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. Vereten 3 – 50 0 C dagi qovushqoqligi 19 -235 sst bo’lib, u materiallarga ishlov berish sanoatidagi turli mexanizmlar, chilangarlik, silliqlash, teshik ochuvchi, kesuvchi va boshqalarni moylashda qo’llaniladi. Mashina moylari qovushqoqligiga ko’ra L va S markalarga bo’linadi. L markadagi moy turli mashina detallarini moylash uchun qo’llaniladi. S marka esa katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo’llaniladi. Og’ir industrial moylar guruhiga kislota kontaktli usulda tozalangan distillyat moyi stilindr-2 kiradi. Stilindr-2 moyi yuqori haroratda ishlovchi, katta kuchlanishli va kichik tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. Stilindr-2 moyini qovushqoqligi 100 0 Sda 9,6-14,0 sst. Ichki yonuv dvigatellar uchun moylar qo’llanilishiga ko’ra: 1. Aviastiya.2. Avtomobil.3. Traktor.4. Dizel.5. Motor moylariga bo’linadi. Aviastiya moylari qishki va yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz mavsumida MK- 22 va MK-20 markada bo’lib, 100 0 C dagi qovushqoqligi 22 va 20 sstga teng. S markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo’lib, avia motorlarda ishlatiladi. Avtomobil va traktor moylari barcha turdagi avtomobil, traktor va motostikl dvigatellarida ishlatiladi. Avtotraktor moylari (avtollar) qovushqoqligi bo’yicha avtol-4, avtol-6, avtol-10 va avtol-18ga bo’linadi. Sellektiv tozalashdan olingan avtollar (AS-5 va AS-9,5). Faqat korbyuratorli dvigatellarga mo’ljallangan. Dizel moylari og’ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo’llaniladi. Motor moylari qo’zg’almas dizel va neftli, gazli dvigatellarda qo’llaniladi. Motor moylari M(45-50 sst) va T (62-68 sst) markalarga bo’linadi. Bu moylar qo’llanilishi asosan dvigatel quvvatiga bog’liq. Yuqori quvvatli dvigatellarga T markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo’llaniladi. Bug’ mashina moylari asosan stilindr moyi deb ataladi va bug’ mashinasi detallarni moylash uchun ishlatiladi. Bug’ mashinalari bug’ turiga bog’liq bo’lib, ular yordamida ishlatilishiga ko’ra to’yingan bug’da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug’da ishlovchi mashinalarga bo’linadi. To’yingan bug’da ishlovchi mashinalar uchun stilindr vispozin 3 va nigrol L navli moylar ishlatiladi. Qayta qizdirilgan bug’da ishlovchi mashinalarda vaport, stilindr-6 va veport-gidro navli moylar qo’llaniladi. Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya va medestina moylari kiradi. Transformator moylari tranformator o’zagi va o’ramlarini sovitish va himoyalash uchun ishlatiladi. Turbina moylari bug’li va suvli turbina podshipniklarni moylash uchun, shuningdek bug’li turbogeneratorlarni boshqarish tizimini to’ldirish uchun ishlatiladi. Turbina moylari quyidagilarga bo’linadi: 138 1. Turbina L marka (20-23 sst, 50 0 C), kichik va o’rta quvvatdagi bug’li turbinalarni moylash uchun ishlatiladi. 2. Turbina UT marka (28-32sst, 50 0 C) aylanishlar soni minutiga 2000-3000 bo’lgan kuchli bug’li turbinalar uchun qo’llaniladi. 3. Turbina T marka (44-48 sst, 50 0 C). 4. Turboreduktor moyi (55-59sst, 50 0 C ) paraxod qurilmalarini moylash uchun ishlatiladi. Kompressor moylari 2ga bo’linadi: 1. Kompressor M marka (9,5-14sst, 100 0 C), havo haydovchi va havoli 2 bosqichda siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi. 2. Kompressor T marka (14-20 sst, 100 0 C) yuqori bosim (44dan 225 atm.)dagi ko’p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi. Parfyumeriya va medestina moylari o’ziga xos rang va hidga ega.Parfyumeriya moylari, qovushqoqligi 50 0 C da 15-20sst, medistina moylari 50 0 C da 28-31sstga teng. Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi. Moy frakstiyalarini tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash. Neft moylari ishlab chiqarishda asosiy jarayonlaridan biri tanlab tozalash jarayonidir. Bu jarayonlar orqali moylarni ishlatishning muhim xususichtlari, ya’ni oksidlanishga barqarorligi va issiqlik-qovushqoqlik xususiyatlarini yaxshilash imkoniyati mavjud. Jarayon neft moy xom-ashyosidan maxsus tanlangan erituvchilar yordamida S va N birikmalari, qisqa yon zanjirli ko’p stiklli aromatik naften-aromatik uglevodorodlarni, to’yinmagan uglevodorodlar va smolali moddalardan tozalashga asoslangan. Sanoat miqyosida tanlangan erituvchilar sifatida fenol, furfurol va bug’li erituvchi aralashmalardan keng foydalaniladi. Selektiv tozalashni barcha qurilmalari texnologik tizimda quyidagi asosiy jarayonlar kiradi. Bunda uzluksiz ishlovchi jihozlarda xom-ashyo komponentlarni ekstrakstiya orqali 2 faza hosil qilish, rafinatli va ekstraktli erituvchilardan haydash yo’li orqali erituvchini uzluksiz qayta tiklash, hamda erituvchini suvsizlantirish o’tkaziladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling