Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompressor moylari
Bu moylar kompressorlarning stilindrlari va klapanlarini moylash, hamda siqish kompressorini germetizastiya maqsadida ishlatiladi. Kompressor moylarining ishlash xususiyatlaridan biri shundaki, ular har xil yuqori haroratli muhitlar va sovutuvchi agetlar bilan ta’sirlashib ishlaydi. Shuning uchun bu moylar kimyoviy va termik jihatdan yuqori barqaror, qovushqoqlik indeksi yuqori, past haroratlarda harakatlanuvchan bo’lishi kerak. Kompressor moylari ikkiga bo’linadi: 1. Oddiy sharoitda ishlovchi (4MPa bosimda) 2. Og’ir ishlash sharoitida (250 0 C da 30 MPa bosimda) Odiy sharoitda ishlovchi moylarga prisadkalar qo’shilmaydi. Ular yuqori tozalangan qoldiq yoki kompeundirlangan mahsulotlardan tayyorlanadi. Og’ir sharoitda ishlovchi kompressor moylarini oltingugurtli va kam oltingugurtli 148 neftlardan chuqur selektiv tozalash yo’li bilan oksidlanishga qarshi ingibatorlar, korroziya ingibitorlari va emirilishga qarshi prisadkalar qo’shib olinadi. Past qotish harorati va yuqori qovushqoqlik indeksidan tashqari moylarni tanlashda sovutuvchi agentlar (sernistqy angidrid, freon) bilan ta’sirlashganda ximiyaviy o’zgarishini, o’zaro eruvchanligi va hosil bo’lgan aralashmani korrozion agressevligini inobatga olish kerak. Yuqori haroratli (250 0 S gacha) ish sharoitini inobatga olgan holda havoli kompressor moylari oksidlanishga qarshi barqaror va kam bug’lanuvchan bo’lishi kerak. Kompressorli sovutish mashinalari uchun 10 turdagi moylar ishlab chiqariladi. Ular quyidagilar: XA,XA-23,XF-12,XF-16,XF-12-16,XF-22-24. Ba’zilarning xarakteristikalari quyida keltirilgan XA-23 XF-12-16 50 0 C dagi qovushqoqligi, mm 2 /s 22-24 18 Kislota soni, mgkon/2 0,07 0,03 Zolligi , % 0,005 - Ochiq tigelda alangalanish harorati, 0 C 175 160 Qotish harorati, 0 C -38 -40 Oksidlanishga qarshi barqarorligi cho’kma miqdori, % 0,02 0,005 Oksidlanishga keyingi kislota soni, mg kon/g 0,6 - Kompressor moylarini distilyat va qoldiq moylar bazasidan, yana ularni aralashtirb tayyorlanadi. Moylarga oksidlanishga qarshi, depressor quyuqlashtiruvchi (vinipol) va boshqa prisadkalar qo’shiladi. Yuqori sifatli kompressor moylarining barchasi chuqur tozalangan bazaviy moylarga mos keluvchi prisadkalarni qo’shish bilan tayyorlanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling