Moylar va maxsus suyuqliklar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151
 
 
 


144 
 
Industrial  moylar 
Industrial  moylari  har  xil  ishlab  chiqarish  qurilmalari  mashina  va 
mexanizmlarini   moylash uchun  mo’ljalangan. Qo’llanilish sohasiga qarab moylar 
prisadkalar  qo’shilgan  yoki    qo’shilmagan  holda  ikkiga:  umumiy  va  maxsus 
mo’ljalangan  moylarga  bo’linadi.  Industrial  moylarining  motor  moylaridan  farqi 
shundaki  ular  mexanizmlarni  yuqori  bo’lmagan  haroratda  ishqalanishida 
ishlatiladi.  Bu  maqsadda  asosan  har  xil  darajada  chuqur  tozalangan  distilyat 
moylari ishlatiladi.  
Industrial  moylari xarakteristikasi 
 
IGP-4 
IGP-91 
IGP-
182 
ISPi-25 
ISPi-
110 
IRP-40 
ITP-
300 
50
0
C dagi 
qovushqoqligi, 
mm
2
/s 
3,4-4,4 
88-94 
175-
190 
23,7-27  109,5-
118,5 
35-47 
304-
357 
Ochiq titeldagi 
alangalanish 
harorati, 
0

125 
225 
240 
190 
210 
190 
200 
Qotish 
harorati, 
0

-15 
-15 
-8 
-10 
-10 
-10 
-7 
Kokslanishi, 

0,2 
0,55 
0,85 
0,35 
0,5 


Zichligi, d
20

0,85 
0,9 
0,905 
0,89 
0,91 
0,9 
0,955 
NPA bo’yicha 
konchi 
markasi 
1,5 

6,5 




OPI bo’yicha 
emirilishga 
qarshi xossasi, 




35 
48 
45 
60 
R
s
, darajasi 



32 
32 
34 
37 
 
Bunday  moylarni tayyorlash  uchun selektiv tozalangan  yuqori  indeksli (IV-
90  kam  bo’lmagan)  bazaviy  moylardan  foydalaniladi.  IGP  seriyasidagi  moyni 
chuqur  tozalangan  bazaviy  moylardan    prisadkalar  qo’shish  (11  turdagi  50
0
C  da 
3,5-190 mm
2
/s bo’lgan) yo’li bilan tayyorlanadi. Bu moylar stanoklar, reduktorlar, 
presslar va boshqa qurilmalarni tishli uzatish jixozlarini moylash uchun ishlatiladi. 
Barcha moylarga prisadka qo’shiladi. (DF-11, iono V15/41, PMS 200 A) 
ISP  va  ISPi  seriyasidagi  moylar  metal  kesuvchi  stanoklarni  tishli 
uzatmalarini  moylash  uchun  mo’ljalangan.  Ular  yuqori  emirilishga  qarshi 
xususiyatlari  bilan  xarakterlanib  moylash  xususiyatini  yaxshilovchi  prisadkalar 
qo’shilgan.  Ishlab  chiqarish  qurilmalaridagi  o’rta  kuchlanishda  ishlovchi  va  tishli 
uzatmalarni  moylash  uchun  selektiv  tozalangan  distillyat  va  kompaundirlangan  
prisadkalar  qo’shilgan  moylardan  tayyorlangan  IRP  seriyasidagi  moydan 
foydalaniladi.  ITP  –  seriyasidagi  moylar  oltingugurtli  neftlardan  olingan  qoldiq 


145 
 
neft  moylaridan  olinib  og’ir  kuchlanishda  ishlovchi  tishli  uzatmalar  moylashda 
qo’llaniladi.  IRP  va  ITP  seriyasidagi  moylarga  yuqori    konstentrastiyadagi 
moylash  xususiyatin  oshiruvchi  prisadkalar  qo’shilganligi  sababli  emirilshga 
qarshi  xossalarining  yaxshiligi  bilan  xarakterlanadi.  Prisadkasiz  moylarni  tanlab 
olishni  asosiy  mezoni  uning  qovushqoqlig.  Qovushqoqlik  bo’yicha  industrial 
moylar uchga bo’linadi: 
1.  Yengil (50
0
C da 3,5 – 10 mm
2
/s) 
2.  O’rta (50
0
C da 10 - 58 mm
2
/s) 
3.  Og’ir (100
0
C da 11 – 96 mm
2
/s) 
Qo’lanilishga ko’ra 2 ga bo’linadi: 
1.  Engil va o’rta tezlikdagi va kuchlanishdagi 
2.  Shu sharoiti og’ir bo’lgan 
 Yengil  industrial  moylari  yuqori  tezlikda    va  kuchlanishda  ishlovchi 
mashina  mexanizmlarni  moylashda  ishlatiladi.  Selektiv  yoki  kislotali  tozalangan 
distillyat  moylaridan  o’rta  industrial  moylari  tayyorlanadi.  Qovushqoqligini 
yuqoriligi  sababli    bu  moylar  kuchlanishi  yuqori  bo’lgan  tezligi  pastroq 
mexanizmlarni  (I-12  A,  I-20  A,  I-40  A)  moylashda  ishlatiladi.  Og’ir  industrial 
moylarini og’ir kuchlanishda (kranlar, burg’ilash qurilmalari,  mashenli pechlarda) 
ishlovchi  mexanizmlarni  moylash  uchun  ishlatiladi.  Moylarni  bu  guruhiga 
quyidagilar  kiradi:  Engil  stilindr  11  –  moyi,  Viskozii-24,  og’ir  stilindr  38  va  52 
moylari kiradi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling