Moylar va maxsus suyuqliklar
Gazo – turbinali dvigatel moylari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Gazo – turbinali dvigatel moylari Gaz – turbinali aviastiya dvigatelari (turboreaktiv TRD va turbovintli dvigatelar) konstrukstiyasi va ishlatilish sharoitlariga ko’ra porshenli dvigatelardan katta farq qiladi. Shuning uchun ularni moylash uchun ishlatiladigan moylarning 143 sifatiga juda yuqori talablar qo’yiladi. Ko’plab gaz – turbina dvigatellarida moylar sistemasi stirkulyastion, ya’ni porshenli dvigatelarinikiday yoqilg’i havo aralashmasi yonish kamerasi bilan birlashmaydi tutashmaydi, shuning uchun ularning sarfi kamroq. Unda moy turbina va kompressor podshipniklarini, uzatish karobkasi va yordamchi mexanizmlarni moylaydi. Zamonaviy turboreaktiv dvigatelarida moylar 140 – 160 0 C haroratda har xil metalar va havo bilan kontaktda ishlaydi. Bu holat moyning smolali qoldiqlar hosil bo’lishi va natijada ular moylaydigan yuzalarni emirilishiga olib keluvchi intensiv oksidlanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun moyning termooksidlanish talablarini barqarorlig va bug’lanish talablarini ortishiga olib keladi. Undan tashqari ular – 50 0 C da dvigatelni engil o’t olishini ta’minlovchi yaxshi qovushqoqli, haroratli xossalarga ega bo’lishi, shu bilan bir vaqtda maksimal yuqori haroratda yuqori qovushqoqlikka ega bo’lishi kerak. Moylar past haroratda harakatchan ya’ni qotish harorati past bo’lish kerak. Ularni tayyorlashda chuqur parafinsizlantirilgan kichik frakstion tarkibli yuqori tozalangan distillyatlardan foydalaniladi. Moylarni kerakli darajadagi ekspluatastion xossalarini prisadkalr qo’shish bilan ta’minlanadi. Turboreaktiv dvigatellari uchun MS-6, MS-8 p , MK-8 markadagi moylar ishlab chiqariladi. Ularning xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan. MS-6 MS-8p MK-8 50 0 C dagi qovushqoqligi, mm 2 /s 6-6,3 7,5-8,5 8,3 -40 0 C dagi qovushqoqligi, mm 2 /s 1700 3500 6500 Kislota soni, mgkon/g 0,04 0,02 0,04 Alangalanish harorati yopiq titelda, 0 C 145 150 140 Qotish harorati, 0 C -55 -55 -55 Zolligi, % 0,005 0,005 0,005 Oltingugurt miqdori, % 0,7 0,6 0,14 Korroziya, g/m 5 1,5 - Turbovintli dvigatelarda yuqori kuchlanishda ishlovchi reduktorlardan foydalanilgani uchun oksidlanishga qarshi yuqori barqaror vua moylash xususiyati yuqori bo’lishi kerak. Moyning moylash xususiyatini oshirish uchun (100 0 C da qovushqoqligi 7,5-9 m 2 /s) prisadkalar qo’shiladi, ayrim holarda sintetik suyuqliklar bilan aralashtiriladi. Turbovintli dvigatelar uchun qovushqoqligi 100 0 C da 4 dan 13 mm 2 /s gacha bo’lgan distillyaj va qoldiq moylarni aralashtirish orqali olinadi. 7525 moyi (75% MK-8 VA 25 % ms-20), 2575 moyi(25% MK-8 va 75% MS-20 moylari aralashmasi), MP-7,5 (polimer, emirilishga qarshi va oksidlanishga qarshi prisadkalar qo’shilgan bazaviy neft moylari). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling