Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
144 Industrial moylar Industrial moylari har xil ishlab chiqarish qurilmalari mashina va mexanizmlarini moylash uchun mo’ljalangan. Qo’llanilish sohasiga qarab moylar prisadkalar qo’shilgan yoki qo’shilmagan holda ikkiga: umumiy va maxsus mo’ljalangan moylarga bo’linadi. Industrial moylarining motor moylaridan farqi shundaki ular mexanizmlarni yuqori bo’lmagan haroratda ishqalanishida ishlatiladi. Bu maqsadda asosan har xil darajada chuqur tozalangan distilyat moylari ishlatiladi. Industrial moylari xarakteristikasi IGP-4 IGP-91 IGP- 182 ISPi-25 ISPi- 110 IRP-40 ITP- 300 50 0 C dagi qovushqoqligi, mm 2 /s 3,4-4,4 88-94 175- 190 23,7-27 109,5- 118,5 35-47 304- 357 Ochiq titeldagi alangalanish harorati, 0 C 125 225 240 190 210 190 200 Qotish harorati, 0 C -15 -15 -8 -10 -10 -10 -7 Kokslanishi, % 0,2 0,55 0,85 0,35 0,5 1 4 Zichligi, d 20 4 0,85 0,9 0,905 0,89 0,91 0,9 0,955 NPA bo’yicha konchi markasi 1,5 5 6,5 - - - - OPI bo’yicha emirilishga qarshi xossasi, % - - - 35 48 45 60 R s , darajasi - - - 32 32 34 37 Bunday moylarni tayyorlash uchun selektiv tozalangan yuqori indeksli (IV- 90 kam bo’lmagan) bazaviy moylardan foydalaniladi. IGP seriyasidagi moyni chuqur tozalangan bazaviy moylardan prisadkalar qo’shish (11 turdagi 50 0 C da 3,5-190 mm 2 /s bo’lgan) yo’li bilan tayyorlanadi. Bu moylar stanoklar, reduktorlar, presslar va boshqa qurilmalarni tishli uzatish jixozlarini moylash uchun ishlatiladi. Barcha moylarga prisadka qo’shiladi. (DF-11, iono V15/41, PMS 200 A) ISP va ISPi seriyasidagi moylar metal kesuvchi stanoklarni tishli uzatmalarini moylash uchun mo’ljalangan. Ular yuqori emirilishga qarshi xususiyatlari bilan xarakterlanib moylash xususiyatini yaxshilovchi prisadkalar qo’shilgan. Ishlab chiqarish qurilmalaridagi o’rta kuchlanishda ishlovchi va tishli uzatmalarni moylash uchun selektiv tozalangan distillyat va kompaundirlangan prisadkalar qo’shilgan moylardan tayyorlangan IRP seriyasidagi moydan foydalaniladi. ITP – seriyasidagi moylar oltingugurtli neftlardan olingan qoldiq 145 neft moylaridan olinib og’ir kuchlanishda ishlovchi tishli uzatmalar moylashda qo’llaniladi. IRP va ITP seriyasidagi moylarga yuqori konstentrastiyadagi moylash xususiyatin oshiruvchi prisadkalar qo’shilganligi sababli emirilshga qarshi xossalarining yaxshiligi bilan xarakterlanadi. Prisadkasiz moylarni tanlab olishni asosiy mezoni uning qovushqoqlig. Qovushqoqlik bo’yicha industrial moylar uchga bo’linadi: 1. Yengil (50 0 C da 3,5 – 10 mm 2 /s) 2. O’rta (50 0 C da 10 - 58 mm 2 /s) 3. Og’ir (100 0 C da 11 – 96 mm 2 /s) Qo’lanilishga ko’ra 2 ga bo’linadi: 1. Engil va o’rta tezlikdagi va kuchlanishdagi 2. Shu sharoiti og’ir bo’lgan Yengil industrial moylari yuqori tezlikda va kuchlanishda ishlovchi mashina mexanizmlarni moylashda ishlatiladi. Selektiv yoki kislotali tozalangan distillyat moylaridan o’rta industrial moylari tayyorlanadi. Qovushqoqligini yuqoriligi sababli bu moylar kuchlanishi yuqori bo’lgan tezligi pastroq mexanizmlarni (I-12 A, I-20 A, I-40 A) moylashda ishlatiladi. Og’ir industrial moylarini og’ir kuchlanishda (kranlar, burg’ilash qurilmalari, mashenli pechlarda) ishlovchi mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladi. Moylarni bu guruhiga quyidagilar kiradi: Engil stilindr 11 – moyi, Viskozii-24, og’ir stilindr 38 va 52 moylari kiradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling