31
3-MAVZU. MOYLARNI ADSORBTSIYA USULI BILAN TOZALASH
Reja:
1. Kontakt usulida tozalash
2. Perkolyastiya usuli
3. Moylarni kislota va ishqor bilan tozalash. Moylarni sulfat kislotasi bilan
tozalash
4. Moylarni ishqor bilan tozalash
5. Neft bitumlari
Moylarni adsorbstiya usuli bilan tozalash adsorbentlarni smolali va
oltingugurtli birikmalarni, to’yinmagan va polistiklik aromatik uglevodorodlarni,
shuningdek organik kislotalarni, sulfat kislota qoldiqlarini va erituvchilarni tanlab
(saylab) ajratish qobiliyatiga asoslangan. Tozalash natijasida moylarni rangi
yaxshilanadi, uni barqarorligi, yopishqoqlik indeksi, kokslanishi yaxshilanadi.
Moylarni tozalashda adsorbentlar sifatida tabiiy loylar, suniy
alyumosilikatlar qo’llaniladi. Tabiiy loylarni tozalash jarayonida qo’llashdan oldin
ular sulfat kislota yoki xlorid kislota bilan aktivlanadi va quritiladi.
Moylarni va parafinlarni ishlab chiqish texnologiyasida adsorbentlar
mahsulotlarni naften kislotalarni tuzidan, sulfat kislotalarni tuzlaridan, nordon
gudronlardan, sulfat kislotalar, smolalar va tanlovchi erituvchilar qoldiqlaridan
tozalashda keng qo’llaniladi.
Sanoatda asosan quyidagi tozalash usullari qo’llaniladi:
1. Yaxshilab maydalangan adsorbent yordamida kontakt usulida tozalash.
2. Perkolyastiya yoki adsorbent donalari ustidan o’tkazib filtrlash.
Do'stlaringiz bilan baham: