Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3.1.1. Texnologik sxema
Tozalanish uchun berilayotgan moy nasos N-1 orqali issiqlik almashuv apparatiga beriladi. (T-1) va undan chang tayyorlash blokiga BPga tushadi, u erda moyga kerakli miqdorda adsorbent qo’shiladi. Moyni tuproq bilan aralashmasi turbinali aralashtirgichli aralashtirgichga A-1ga tushadi. Aralashtirgichdan (A-1) dan aralashma nasos N-2 yordamida trubali isitgichga P-1ga beriladi va u erdan parlantiruvchi kolonna K-1ga tushadi. U erda moydan adsorbentdan suv parlatiladi, mahsulotni parchalanishidan xosil bo’lgan moddalar, erituvchilarni qoldiqlari va parchalangandan xosil bo’lgan gazlar xam parlatib chiqariladi. Xaydab olingan par K-1 kolonna tepa qismidan kondensator X-1ga beriladi va 105 o S gacha sovutiladi. Buning natijasida faqat uglevodorodlar kondensirlanadi, kondensat va suv pari separatorga S-1ga tushadi, S-1ni tagidan xaydalgan moddani bir qismi nasos N-4 bilan kolonna K-1ni tepasidan orosheniya(sugorish) uchun beriladi, asosiy qismi esa kolonnadan chiqariladi. Suv parlari separator S-1ni tepa qismidan kondensator X-2 da sovutilib suyultirilib konalizastiya tashlab yuboriladi. K-1 kolonnani tagidan adsorbentni moyli suspenziyasi nasos N-3 bilan bir qismi K-1 kolonnaga qaytarib beriladi, chunki loy moydan ajralib tushib qolishi mumkin. Suspenziyani boshqa qismi teploobmennik T-1 va pnevmatik aralashtirgich orqali nasos N-5 yordamida diskali filtr F-1 ga beriladi. Bu erda moyni loydan ajralishi yuz beradi. Moyni sovutgich X-3 orqali pnevmatik smesitel A-3 tushadi, u erdan nasos N-6 yordamida ramali filtrda F-2 da moy loydan tamoman tozalanadi. Filtr F-2 dan moy rezervuar E-1 ga tushadi, u erdan nasos N-7 yordamida ustanovkadan olinadi. Loylar vaqti-vaqti bilan filtrlardan olinib regenerastiya qilinadi yoki tashlab yuboriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling