4.16. Depressorli qo’ndirmalar
Ko’p parafin uglevodorodlari xatto musbat haroratlarda ham qattiq moddalar
ko’rinishida bo’ladi. Lekin boshqa uglevodorodlar aralashmasida suyuq faza
sifatida namoyon bo’ladi. Biroq yoqilg’ilarning sovushida bu uglevodorodlarning
aralashishi kamayadi va qattiq kristallar ko’rinishida cho’kadi. Kristallar filtrni
berkitib, yoqilg’i uzatilishini to’xtatadi. Sovushni davom etishi kristallarning qattiq
karkas holiga kelishiga olib keladi va yoqilg’i oquvchanligi yo’qotadi. Uni
ko’chirish mumkin emas, baklarga to’ldirish va olish mumkin emas. Dizel va og’ir
yoqilg’ilarning past haroratli hossalarini yaxshilash uchun dipressor qo’ndirmalari
ishlatiladi. Ularning eng effektililigi polimer brikmasidir. Etilenning vinil astetat
bilan ayrim sopolimerlari dizel yoqilg’ilari va mazutlar uchun depressor
qo’ndirmalari sifatida ishlatiladi. Bu qo’ndirmalar 0,002-0,001% qo’shilishida
dizel yoqilg’isini o’zgartirmaydi, lekin qotish harorati 20-30
0
S ga pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |