Moylar va maxsus suyuqliklar
Yoqilg’i apparaturasi detallaridagi chiqindilarni hosil bo’lishiga
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.17. Yoqilg’i apparaturasi detallaridagi chiqindilarni hosil bo’lishiga
qarshi qo’ndirmalar Ko’p zamonaviy avtomobillarda gazlar dvigatel karteridan chiqib chiqishi truboprovodlariga so’riladi. Qarter gazlarida yoqilg’ini chala yonish mahsulotlari, yog’ oksidlanishining mikrotomchilari va boshqa moddalar bor. Ularning chiqish truboprovodidan chiqishi ishning buzilishiga olib keladi. Bunday chiqindilarni hosil bo’lishini yo’qotish uchun benzinlarga yuvuvchi qo’ndirmalar qo’shiladi. Ular yoqilg’i apparaturasini kimyoviy chiqindilarini yo’qotadi. Bu turdagi qo’ndirmalar reaktiv, dizel va og’ir yoqilg’ilarga effektivdir. Yoqilg’i oksidlanishidagi qattiq fazalarning hosil bo’lishini yo’qotuvchi dispergentlar chiqindining filtrlardan oson o’tishi va yoqilg’i apparatida oson parchalanishini taminlaydi. Bunday qo’ndirmalar stabilizator dispergentlar deb ataladi. Oksidlash mahsulotlari yoqilg’ilarda saqlanishda va ko’chirishda normal harorat va yoqilg’i issiganda hosil bo’lishi mumkin. Og’ir yoqilg’ilar uchun effektiv dispergatstiya qo’ndirmalari (naftenlar va metalsulfonatlari) azotli birikmalarda mavjud. Bu qo’ndirmani 0,1% qo’shilishi yoqilg’ini zarralanishga moyilligini pasaytiradi. Yoqilg’ilarning yuqori haroratda qizdirishdan hosil bo’lgan zarralar kam barqaror uglevodorodlar va nouglevodorodlarni oksidlanishidan hosil bo’lgan mahsulotlaridan tashkil topgan bo’lib metall korroziyasi mahsulotlaridan ham 60 iborat. Bu zarralar yoqilg’i filtrlari va yoqilg’i nasoslarini sirtlariga va forsunkalariga zarar etkazadi. Yuqori haroratda hosil bo’lgan chiqindilarga qarshi effektiv usullardan biri dispergatstilovchi qo’ndirmalar va stabilizator – dispergentlardir. Eng yaxshi qo’ndirmalar polyar polimerlar orasidan topilgan. Ular, biri polyar gruppaga ega bo’lgan ikkinchi monomerlarni sopolimerizastiya qilishdan olinadi va ulardan biri qo’ndirmalarning aktiv xossalarini tashish uchun va ikkinchisi qo’ndirmalarning yoqilg’ida yonishini taminlash uchun xizmat qiladi. Dispergatstiyalovchi qo’ndirmalardan xozirgi vaqtda foydalana boshlandi. Lekin shubhasiz yoqilg’i ishlab chiqarishda yuqori tovushli aviastiya uchun bu turdagi qo’ndirmalarni ishlab chiqarish juda muhim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling