Moylar va maxsus suyuqliklar
Moylar uchun qo’ndirmalar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.20. Moylar uchun qo’ndirmalar
Zamonaviy moylarni ekspluatastiya hossasiga yuqori talablar faqatgina xom ashyo tanlash va uni tozalash texnologiyasi orqali to’liq bajarilmaydi. Moylarning hossasini yaxshilash uchun tayyorlashni oxirgi qismida ularga qo’ndirmalar qo’shiladi. Qo’ndirmalar nafaqat moylarni ishlash hossasini yaxshilaydi, balki ularning sarfini ham kamaytiradi. Moylar uchun qo’ndirmalar sifatida bir necha ming organik birikmalar o’rganilgan va qo’llanilgan lekin sanoat ishlab chiqarish va amaliyotda 100 mahsulot va kompozistiyadan ko’p bo’lmaganini olingan. Qo’ndirmalarni sintez va ishlab chiqarish sanoati quvvati dunyo bo’yicha 1,5 miln. tonna/yil dan oshadi va u neft kimyosining muxim mustaqil sohasidir. Asosan ko’p miqdorda metalsulfonatlari, alkilfenol va ditiofosfor kislotalari, parafin uglevodorodlari va ularning tuzlarini mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Birinchi moylar uchun Az NIIЦIATIM – 1 qo’ndirmasi ishlab chiqish 40 chi yillar ohirida boshlandi. Qo’ndirmalarning effektivligi moylarning tarkibi va tabiati va ularning tozalanishi darajasiga bog’liq. Qo’ndirmalar turli va kostentrastiyasiga qo’ra moylarning bir yoki birnecha ko’rsatkichlarini boshqa ko’rsatkichlarini yomonlashtirmagan holda yaxshilaydi. Moylar uchun qo’ndirmalar maqsadi, kimyoviy tarkibi va ta’siri mexanizmiga ko’ra sinflanadi. Qo’ndirmalarning kimyoviy sinflanishi aktiv gruppa va uglerod gruppasini tuzilishi yoki strukturasining miqdoriga ko’ra belgilanadi. Tarkibi bo’yicha faol guruh kislorod, oltingugurt, fosfor, azot, xlor, bor li qo’ndirmalardan iborat. Shuningdek molekulasida 2-3 ta faol gruppasi bo’lgan organik birikmalar qo’llaniladi. Qo’ndirmalar shuningdek metalli va nometalli qismiga ko’ra farqlanadi. Qo’ndirmalarning kata qismi birinchi guruxga tegishli qo’ndirmalarning muxim xarakteristikalaridan biri ularning qutubliligidir. Qo’ndirmalar molekulalarining qutubliligi ularning funkstional effektivligi darajasini belgilaydi. Adsorbstion aktiv qo’ndirmalarning ta’sir qilish mexanizmi fazalar chegarasini energetik holatini o’zgarishiga asoslangan. Bu o’zgarish moyda dispergatstiyalangan uglerod moddalar va qattiq uglevodorodlar bo’lgan metall sirtlari va qattiq qoldiqlar xisobiga sodir bo’ladi. Undan chiqayotgan qattiq zarralar holati va hossalaridagi farq qo’ndirmalar tarkibiga bo’lgan talabni oshiradi, birinchi bo’lib moy xajmiga bevosita ta’sir qiladigan qattiq moddalar sozlanadi: depressor qo’ndirmalari – qattiq uglevodorodli qoldiqlari, deterogent – dispergastiyalovchi qo’ndirmalar – uglerodli moddalar qoldig’i; Ikkinchidan – «metall-moy» fazalari orasidagi chegarada yoki bevosita uning mustaxkamligini adsorbstion pasaytiradigan metallning o’zining sirt hossasi. 62 Bu qo’ndirmalarning ta’siri neft mahsulotlarining qutubliligiga bog’liq. Bu esa qo’ndirmaning tashqi ta’sirlarga va suvga xamda moylar tarkibida bo’lgan boshqa moddalarga bo’lgan sezgirligini oshiradi. Adsorbstion nafsol qo’ndirmalar effektivligi ularning moydagi uglevodorodli yoki boshqa komponentlar bilan kimyoviy yoki fizik ta’siriga bog’liq. Antioksidlovchilar – kimyoviy mexanizm ta’sirining xususiy vakillaridir. Qo’ndirmalarning mexanik ta’siri ularning sintez yo’nalishi va ularning hossasini o’zgartirishga yo’l qo’yadigan yo’llarni belgilaydi (moy bilan aralashishi, sirt aktivligi va boshqalar). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling