Moylar va maxsus suyuqliklar
-Mavzu: TOVAR MOYLARINI TAYYORLASH
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu: TOVAR MOYLARINI TAYYORLASH
Reja: 1. Moylash materiallari haqida umumiy ma'lumotlar 2. Moylash materiallarining asosiy vazifalari 3. Moylash materiallariga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar 4. Moylash materiallarining sifat ko`rsatkichlari Tovar moylarini asosiy distillyat moylarini bir biri bilan yoki qoldiq moylar bilan aralashtirib - kompaundlab olinadi. Yuqori sifatli tovar moylarini olish uchun albatta uni tarkibiga qo’ndirma, ko’pincha qo’p funkstiyali qo’ndirmalar kompozistiyasiga qo’yiladi Qo’ndirmalarni moydagi miqdori odatda 3-8% ni, ba’zibir moylarda esa 15-17% tashkil qiladi. Aralashtirish - tovar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining muxim xotimalovchi bosqichidir. Bu bosqichda yuqori effektli texnologik sxema va boshqarish sistemalaridan foydalaniladi, tovar moylarini xossalarini yaxshilovchi resteptlar ishlatiladi. Tovar moylariga bo’lgan talablarga binoan ularni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun, kerakli komponentlarni mavjudligiga qarab aralashtirishni texnik imkoniyatlariga qarab aralashtirishni turli variantlari qo’llaniladi: Periodik quduqlarda (truboprovod) qisman aralashtirish. Periodik aralashtirish bu eski usullarga kiradi. Bu usulda baza moylari oldinma-ketin rezervuarga beriladi va aralashma nasos yordamida stirkulyastiya qilib tarkibi va sifati bir xil bo’lguncha aralashtiriladi. Moyni kerakli qovushqoqligiga erishilgandan so’ng rezervuarga qo’ndirma beriladi va aralashma isitgich orqali o’tkazilib 6-8 soat aralashtiriladi. Aralashtirishni periodik usuli ko’p mexnat talab qiladi va maxsuldorligi past. Bu usul cheklangan miqdorda tovar moylarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo’llaniladi. Qisman aralashtirishda quvurga barcha komponentlar kerakli nisbatlarda beriladi. Moyni tarkibi va sifatini kerakli 63 komponentlarni yana qo’shib meyoriga etkaziladi. Bu usul tarkibi o’zgarmas bo’lgan komponentlar soni kam bo’lgan moylar tayyorlashda qo’llaniladi. Komponentlarni va qo’ndirmalarni to’xtovsiz avtomatlashtirilgan stanstiyalar yordamida aralashtirish ancha effektiv va samaradorlidir. Bu usulda moyni barcha komponentlari aniq nisbatlarda va kerakli vaqtda aralashtirgich kollektorda kerakli, sifatli tovar moy olinadi. Moy komponentlarini quvur ichida to’xtovsiz aralashtirish kampaundlash jarayonini uzluksizligini ta’minlaydi, haroratni pasaytiradi, moyni tayyorlash vaqtini qisqartiradi. Stirkulyastiya stadiyasini qisqartiradi, komponentlar dozalarini aniqligini oshiradi, qimmatbaxo komponentlarni va qo’ndirmalarni sarfini kamaytiradi. Moy komponentlarini quvur ichida avtomatik aralashtirish stanstiyalarini qo’llash qimmatbaxo komponentlarni sarfini 60-70 % ga qisqartiradi, rezervuarni effektivligini 15-20%ga oshiradi, rezeruar parki 10-15% ga kamayadi, elektr energiya - 5-15%ga kamayadi. Kapital xarajatlar 1-2 yilda chiqarib olinadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling