Moylash tizimi. Moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar


Download 1.16 Mb.
bet6/9
Sana07.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1340272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DVEGATILNING MOYLASH TIZIMI VA MOY TURLARI

Tizimda umuman moy bosimi yo`q. Tizimda umuman moy bosimini bo`lmasligini asosiy sababi moy nasosini yoki uni uzatmasini nosozligidir. VAZ-2105 va 2106 dvigatellarida nasos uzatmasi valini va shesteriyasini shlitsali birikishini ularni yeyilishi tufayli buzilishi sababli moy nasosi ishdan chiqishi mumkin.
Agar tizimdagi moy bosimi birdaniga tushib ketsa, darrov dvigatelni to`xtatish va moy sathini tekshirish lozim. Moy sathi me`yorida bo`lsa, unda moy datchigini bo`shatib olib starter yordamida tirsakli valni aylantirish lozim: moy oqimi bosim ostida otilsa datchik nosoz, uni almashtirish lozim. Moy chiqmasa, demak moy tizimga uztilmayotganini bildiradi. Bunday holatda moy nasosi va uni uzatmasini tekshirish lozim.
Moy bosimini koprsatkichi yoki nazorat lampasi yonishi bo`yicha moy bosimi umuman bo`lmaganda avtomobilni o`zini yurgizish mumkin emas. Agar moy datchigi yoki nazorat lampasi nosozligi bo`yicha moy bosimi yo`q bo`lgan hollarda avtomobilni garajga yoki ustaxonaga yurgizib borish mumkin, yo`lda bosimni tushib ketish sababi aniqlanmasa, unda avtomobilni shatakka olib texnik xizmat koprsatish ustaxonasiga olib kelinadi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, bosim bo`lmaganda avtomobilni oz miqdorda yurgizish dvigatelni jiddiy shikastlanishiga (vkladishlarni aylanib ketishi, tirsakli va taqsimlash vallarini qotib qolishi) va uni ta`mirlash harajatlarini ko’payishiga olib keladi.
Moy sarfini ko’payishi. Klapanlar moy qaytaruvchi kal’achoklarini, tsilindr porshen guruhi detallarini yeyilishi hamda karterda moy sathini koptarilib ketishi natijasida yonish kamerasiga moyni tushishi va birikmalardan tomishi sababli moy sarfi ko’payadi. Moy sarfi avtomobillarni 100 km. bosib o`tgan yo`liga moy sarfi VAZ dvigatellari uchun 40...50 g dan GAZ-53A dvigateli uchun 150 g, zil-130 dvigateli uchun 200 g, KamAZ-740 dvigateli uchun 300 g dan ko’p bo`lmasligi lozim. Agar moy sarfi 100 km bosib o`tgan yo`lga VAZ dvigatellari uchun 200 g dan oshsa (moy qaytaruvchi kol’achok yeyilmagan bo`lish sharti bilan) tsilindr porshen guruhi ta`mirlanadi. Bundan tashqari moy sarfi avtomobilni chiniqtirayotganda 5000 km yo`l bosib o`tishgacha ko’payishi mumkin.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling