Moyli ekstraktlar. Mingdevona moyli ekstraktini ishlab chiqarish. Maqsad


Download 103.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi103.97 Kb.
#250152
Bog'liq
9-lab



Moyli ekstraktlar. Mingdevona moyli ekstraktini ishlab chiqarish. 

 

Maqsad.  Dorivor  o‘simlik  xom  ashyosidan  olinadigan  moyli  ekstraktlarni  tayyorlash 

usullari, texnologiyasi va sifatini baxolash bo‘yicha umumiy ko‘nikmaga ega bo‘lish. Korxona 

sharoitida  ishlab  chiqarilgan  ekstrakt-  konsentratlardan  dorixona  sharoitida  damlama  va 

qaynatmalar tayyorlash qulay ham oson. Sababi dorivor o‘simlik xom ashyosi hamma vaqt ham 

dorixonada  bo‘lmasligi  mumkin.  Bu  jihatdan  korxona  sharoitida  ekstrakt-konsentratlar 

tayyorlash va dorixonalarni ular bilan o‘z vaqtida ta’minlash ahamiyatlidir. 



Mavzuning  ahamiyati.  Asosiy  ta’sir  etuvchi  moddasi  moyda  eriydigan  dorivor 

o‘simliklardan  TDV  larini  tayyorlashda,  ulardan  moyli  ekstraktlar  tayyorlash  ham  qulay  ham 

unumlidir.  Bu  dori  vositalarini  nafaqat  ichish  uchun  balki  tashqi  maqsadlar  uchun  ham 

ishlatilishi, bu dori turini naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. 



1-laboratoriya ishi  

Mingdevona moyli ekstrakti 

Extractum Hyoscyami oleosum. 

1. 


10,0 g mingdevona bargidan mingdevona moyli ekstraktini tayyorlang. 

2. 


Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing. 

3. 


Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring. 

Tarkibi. 

Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi  

- 100,0 g. 

95 yoki 70% li etil spirti  

 

 

 



 

- etarli miqdorda. 

Ammiak eritmasi  

 

 



 

 

 



- etarli miqdorda. 

Kungaboqar moyi  

 

 

 



 

 

- 1000,0 g. 



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar. 

1. 


Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi.  

2. 


95 va 70% li etil spirtlari. 

3. 


Ammiak eritmasi.  

4. 


Kungaboqar moyi. 

5. 


Og’zi keng shisha idish. 

6. 


Chinni kosacha va shisha tayoqcha. 

7. 


Suvsizlantirilgan natriy sulfat. 

8. 


Suv xammomi. 

Ishni bajarish tartibi. 

 

Og’zi keng shisha idishga 10,0 g yirik maydalangan mingdevona bargi solinadi va ustiga 

9,66  ml  95%  li  etil  spirti  va  3  qism  10%  li  ammiak  eritmalaridan  tayyorlangan  aralashma 

quyiladi. Massa shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 12 soat uy xaroratida qoldiriladi. So’ng 




massa  chinni  kosachaga  o’tkazilib,  ustiga  100,0  g  kungaboqar  moyi,  2,5  g  suvsizlantirilgan 

natriy sulfat solinadi va suv xamomida spirt, ammiak  va suv to’liq bug’laguncha aralashtirilib 

turiladi. Spirt, ammiak va suv to’liq uchib ketganda ajratma tiniq bo’lib qoladi va bargni barmoq 

orasiga olib ezganda qisirlaydi.  So’ng moyli ajratma  2 qavatli  doka orqali  suzilib, xom ashyo 

siqib olinadi, ajratma issiq holda quruq idishga suziladi. 

 

Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish 

Quyidagi  ma'lumotlar  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhatidagi  6  va  (121-bet)  8  (137-bet) 

adabiyotlardan Olindi. 

Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil yoki qo’ng’ir yashil rangli tiniq moysimon suyuqlik 

bo’lib, o’ziga xos hidga ega. 



Chinligi.  Preparat  xlorid  kislota  bilan  benzin  aralashmasida  chayqatiladi.  Suvli  qatlam 

ajratib  olinadi.  Unga  xloraform  va  pikrin  kislota  qo’shib  qattiq  chayqatiladi,  so’ng  xloraform 

qavati  tindirib  qo’yiladi,  bunda  pikratlar  shu  qavatga  o’tib  sariq  rang  xosil  qiladi  (atropin 

gruppasi alkaloidlari). 



Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi. 

Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong’i joyda saqlanadi. 

Ishlatilishi. Faqat og’riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida nevralgiya va bod kasalliklarida 

liniment dori shaklida beriladi.  




 

 

 



Download 103.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling