5 va 7 - kichik va katta diffuzorlar; 6 - drossel zaslonkasi.
7.13-rasm. Asosiy dozalash tizimining ishlash sxemasi.
Karbyuratoming har bir kamerasi (agar karbyurator ikki kame
rali bo‘Isa) katta 7 va kichik 5
diffuzor, to ‘ zitgich 1, asosiy yonil-
g‘i jiklyori 4 va asosiy havo jiklyor 2 lardan iborat bo‘ladi. To‘zit-
gich 1 ning yarmidan yuqorirog‘ida teshik bo‘lib, undagi havo
jiklyori 2
dan kirib, yonilg‘iga qo‘shiladi. Dvigatel ishlaganda
qalqovuchli kamera 3 dagi yonilg‘i asosiy jiklyor va to‘zitgich
orqali kichik diffuzorga kelib tushadi.
Drossel zaslonkasi yarim
ochiq boiganda, to‘zitgich 1 dan sarflanayotgan yonilg‘i,
asosiy
jiklyor 4 ga oqib kelayotgan yonilg‘i miqdoridan ko‘p. Shuning
uchun to‘zitgichdagi yonilg4i sathi pasayadi. Bu esa havo jiklyori 2
orqali havoning so‘rilishini hosil qiladi.
Yonilg‘i
va havo jiklyorlaridan
kirayotgan
yonilg‘i bilan
havoning
miqdori shunday hisoblanganki, ikkalasi aralashganda
kambag‘alroq yonuvchi
aralashma hosil boiadi, natijada dvigatel
tejamkorlik rejimida ishlaydi.
246