ortib ketadi.
1
4. Boy ishchi aralashma. Bu ishchi aralashmada
1 kg yonil-
g‘ining yonishi uchun 15 kg dan kam, lekin 13 kg dan kam
bo‘lmagan havo miqdori kerak bo‘ladi. U holda a=0,85...0,9
atrofida boiadi. Bu aralashmada alangalanishning tezligini ortishi
hisobiga, dvigatelning quwati maksimal miqdorga ko‘tariladi, lekin
iqtisodiy ko‘rsatkichi biroz pasayadi.
5. 0 ‘ta boy yonuvchi aralashma. Bu ishchi aralashmada
1 kg
yonilgining yonishi uchun 13 kg dan kam boigan havo miqdori
to‘g‘ri keladi. U holda a<0,85 atrofida boiadi. Bu dvigatelning
quwatini pasayishiga, iqtisodiy ko‘rsatkichini yomonlashuviga olib
keladi. Havoning miqdori 7,5 kg dan kamayib ketsa, aralashma
silindrda yonmaydi.
0 ‘ta kambag‘al ishchi aralashmada ishlayotgan dvigatelning
karbyuratorida “aksa” urgandek ovoz keladi, o‘ta boy ishchi
aralashmada ishlaganda chiqarish trubasida (ovoz pasaytirgichda)
qarsillagan ovoz eshitiladi. Bu shunday aralashmalarda dvigatelning
ishlayotganligini tashqi belgilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: