Moyni qabul qilgich; 6 moy kelish kanali. 8-rasm. Reaktiv sentrifuganing ishlash sxemasi


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana14.11.2021
Hajmi0.93 Mb.
#173980
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
wMCOoLoyinlVyIWvGLWipwKsBNMF3RpWIX7t2bh4

Detonatsiyali  yonish.  Detonasiya  -   ishchi  aralashmani  o‘z- 

o‘zidan  yonib  ketishi  natijasida,  yonish  jarayonini  jadallik  bilan 

tugashi  tufayli  hosil  boigan,  toiqinli  zarbani  ovoz  tezligidan  ham 

yuqori  tezlikda  (1500...2000  m/s)  tarqalishidir.  Aralashma  normal 

yonganda esa alangani o‘rtacha tarqalish tezligi  10...40 m/s atrofida 

boiadi.  Detonatsiyali  yonishda  alangani  tarqalish  tezligi  me’yor- 

dagi  yonishga  nisbatan  o‘rtacha  50...100  marotabagg  ko‘p  boiadi. 

Bu hodisani portlash deb aytsa ham boiadi.

Detonatsiyali  yonishning  tashqi  belgilariga  quyidagilami 

keltirish mumkin:

-   metall  bilan  metall  to‘qnashganda  eshitiladigan  “chirillagan” 

ovoz;


-  dvigatelning titrashi va noturg‘un ishlashi;

-  ovoz o‘chirgichdan chiqayotgan qora tutun.

Dvigateldagi  chirillagan  ovozni  klapanni  yoki  porshen  bar-

m ogini  o‘zining  tirqishidagi  “o‘ynashi”  deb  tushunmaslik  kerak. 

“Chirillagan” ovoz silindming ichidagi detonatsiyali yonishni, ya’ni 

portlashni,  silindr devorlari,  suv giloflari va  silindrlar bloki  devor- 

laridan filtrlanib o‘tgandagi ovozi, deb tushunish to‘g‘ri boiadi.

230



Detonatsiya  so‘zining  asosi  “ton”  so‘zi  bo‘lib,  bir  me’yorda 

chiqayotgan ovoz ma’nosini beradi.  Detonatsiya esa “ton” so‘z aso- 

sining aksini bildiradi, ya’ni detonatsiyaning lug‘aviy ma’nosi -  yot 

ovoz deganidir.

Benzinlaming  detonatsiyaga  turg‘unligi  uning  uglevodorodli 

tarkibiga  bog‘liq.  Detonatsiyaga  turgunligi  esa  oktan  soni  bilan 

baholanadi.  Oktan  soni  qancha  yuqori  bo‘Isa,  detonatsiyali 

yonishning ehtimoli shuncha kam bo‘ladi.

Oktan soni ikki xil uslubda aniqlanadi:

1. Motor uslubi (IT9-2M qurilmasida).

2. Tadqiqot (исследовательский) uslubi (IT9-6 qurilmasida).

Oktan  soni  -   benzinlami  detonatsiyaga  turg‘unligini  shartli

o‘lchov birligi hisoblanadi.

Masalan:  A-76;  A  -   avtomobil  benzini,  “76”  motor  uslubida 

aniqlangan oktan soni.

AI-95;  A  -   avtomobil  benzini,  “I”  -   oktan  soni  (исследова­

тельский) (tadqiqot) uslubida aniqlangan, “95” -  oktan soni;

Demak,  belgida  “I”  harfi  bo‘lsa  oktan  soni  исследова­

тельский (tadqiqot) uslubida aniqlangan bo‘ladi, faqat “A”ning o ‘zi 

boisa, oktan soni motor uslubida aniqlangan boiadi.

Oktan soni ikkala uslubda o‘lchansa, o‘rtada farq kelib chiqadi, 

ya’ni  исследовательский  (tadqiqot)  uslubda  7...10  birlikka  ko‘p- 

roqni tashkil etadi.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling