Mo'ynoq va oqoltin tumani reja
Download 186.61 Kb.
|
MO\'YNOQ VA OQOLTIN TUMANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqoltin tumani
Tashkil topgan vaqti – 18 dekabr 1957 yil.
Umumiy maydoni – 1,02 ming km2. Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 4 ta. Mahalla fuqarolari yig’inlari soni – 49 ta. 2018 yil 1 oktyabr holatidagi doimiy aholi soni – 194,1 ming kishi. Chegaradosh tumanlar – Nukus, Qorao’zak va Beruniy tumanlari. Aholisi koʻp millatli. Qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, koreys va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 1 kishidan koʻproq. Xoʻjaligi. Tumanda baliqchilik va chorvachilik xoʻjaliklari mavjud. Sanoat korxonalari Amudaryo deltasidagi Moʻynoq, Uchsoy, Qozoqdaryo, Poʻrlitov, qisman Qoʻngʻirotda joylashgan. Umumiy ekin maydoni 1323 ga. Shundan 938 ga gʻalla (asosan, bugʻdoy, sholi), 80 ga kartoshka, sabzavot va poliz, 305 ga maydoni yem-xashak ekinlari bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 9,6 ming qoramol, 750 ga yaqin ot bor (2003). Darrandachilik (ondatra, tulki, suvsar) bilan ham shugʻullaniladi. Tumanning asosiy transporta suv transportidir. Havo va avtomobil transportidan foydalaniladi. Qoʻngʻirot — Beynov temir yoʻl tumanni Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasi bilan bogʻlaydi. Tumandagi 13 dan ziyod umumiy taʼlim maktabida 5770 oʻquvchi taʼlim oladi, Moʻy-noq sanoat transport kasb-hunar kolleji (507 oʻquvchi), Moʻynoq biznes maktabi (145 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi (2003). 40 ga yaqin kutubxona, 20 ga yaqin klub bor. 20 dan ziyod tibbiy muassasada 40 vrach ishlamoqda.[2] Oqoltin tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1971-yil 29-avgustda tashkil etilgan. Shim.dan Krzogʻiston Respublikasi, shim.-gʻarbdan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, jan.-gʻarbdan Doʻstlik tumanlari, jan.dan viloyatning Sharof Rashidov, shim.-sharq, jan.-sharkdan Mirzaobod va Mehnatobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,57 ming km². Aholisi 51,3 ming kishi (2003).[1] Oqoltin tumanida 13 ta mahall fuqarolar yigʻini (Ahillik, Boʻston, Koʻrkam diyor, Andijon, Yangi hayot, Obod, Toshkent, Yangi davr, A.Navoiy, Sahovat, Shodlik,) bor (2003). Markazi — Sardoba shaharchasi.[1] Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik boʻlib, Mirzachoʻl dashtidan ibo-rat. Tuproklari turli xil boʻz tuproq. Baʼzi xoʻjaliklarda yer osti suvlari yuza, bu yerlarda shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. Shoʻrlanishga qarshi ochiq va yopiq kollektorlar qurilgan. Yerlar Janubiy Mirzachoʻl kanali va Markaziy tarmoq kanalidan sugʻoriladi. Iklimi keskin kontinental. Qishi sovuq. Kuchli so-vuqshamollar esadi. Yanv.da temperatura —15°, —20°gacha pasayadi. Yozi issiq, iyulda oʻrtacha temperatura 30°. Ahyonahyonda garmsel esadi. Garmselga qarshi daraxtzorlar barpo qilinmokda. Bahor seryogʻin. Mart, aprelda yillik yogʻinning 70% yogʻadi. Yov-voyi oʻsimliklardan, yantoq, shuvoq, yulgʻun, oqbosh, tuyaqorin va boshqa oʻsadi.[1] Yovvoyi xayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, ondatra, quyon, tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan choʻl burguti, kalxat, boyoʻgʻli, gurrak, popishak, soʻfitoʻrgʻay, bulbul, zogʻcha, togʻ maynasi va boshqa bor.[1] Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholising oʻrtacha zichligi 1 km² ga 90 kishi (2003). Xoʻjaligi. Paxtachilik tuman xoʻjaligining asosiy tarmogʻidir. Tumanda jami yer maydoni 36,9 ming ga dan ziyod. Shundan 19,9 ming ga yerga paxta, 14,1 ming ga yerga donli ekinlar, shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari, beda ekiladi, mevazor, tokzor va tutzorlar bor. Krramol boqiladi, pilla yetishtiriladi. Tumanda paxta tozalash korxonasi, 22 umumiy taʼlim maktabi, 3 kollej, kutubxonalar, klublar, markaziy kasalxona, poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.[1] Download 186.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling