Mpls texnologiyasi Reja: atm texnologiyasi. Mpls texnologiyasi atm texnologiyasi
-rasm. Paketlashtirishdagi ushlanish
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ATM texnologiyasi. MPLS texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATM ning virtual kanallari.
2-rasm. Paketlashtirishdagi ushlanish.
ATM yacheyka o‘lchami 53 bayt, undan axborot maydoni 48 baytni tashkil etadi, bu kattalik elastik va ushlanishlarga sezuvchan trafikni uzatishdagi tarmoqqa qg‘yiladigan talablar o‘rtasidagi kelishuv natijasi deyilsa bo‘ladi. Yana quyidagicha aytish mumkin, kelishuv telefonchilar va kompyuterchilar o‘rtasida amalga oshirilgan, ulardan birinchisi maydon o‘lchamini 32bayt bo‘lishini talab qilganlar, ikkinchilari esa 64 bayt bo‘lishini. Axborotlar maydonining o‘lchami 48 bayt bo‘lganda ATM yacheykasining bittasi odatda tovushni 48 ta g‘lchanishini olib g‘tadi, ularni 125 mks oraliqda amalga oshiriladi. Shuning uchun birinchi g‘lchash yacheyka tarmoqqa Jo‘natilguncha taxminan 6 ms kutishi kerak bo‘ladi. Aynan shu sababga ko‘ra telefonchilar yacheyka o‘lchamini kamaytirish uchun kurashganlar, chunki bu 6 ms ushlanish vaqt tovushni uzatish sifatini buzilish chegarasidagi yaqin vaqt hisoblanadi. Yacheyka o‘lchamini 32 bayt qilib tanlanganda esa paketlashtirishdagi ushlanish 4 ms tashkil etgan bo‘lar edi, bu esa tovushni ancha sifatli uzatishni kafolatlar edi. Kompyuter mutaxassislarining axborotlar maydonini loaqal 64 baytgacha oshirishga urinishlari tushinarli – bunda axborotlarni uzatishning foydali tezligi oshar edi. 48 baytli maydon ishlatilganda xizmatchi axborotlarning ortiqchaligi 10% tashkil etadi, 32 bitli axborotlar maydoni ishlatilganda esa u darrov 16 % gacha oshadi. ATM ning virtual kanallari. ATM tarmoqlarida virtual kanallarning ikki turi quvvatlanadi: doimiy virtual kanal (Permanent Virtual Circuits, PVC – постоянный виртуалный канал); kommutatsiyalanuvchi virtual kanal (Switched Virtual Circuits, SVC коммутируемый виртуалный канал), avtomatik amalni ishlatish orqali oxirgi tugunning tashabbusi bilan uni yaratilishi dinamik ravishda amalga oshiriladi. PVC kanallari xuddi shu turdagi Frame Relay tarmoqlaridagi bilan bir xil, ATM texnologiyasidagi dinamik o‘rnatiladigan SVC kanallarini quvvatlash uchun esa maxsus signalizatsiya protokoli qo‘shildi – bu protokol, uning yordamida tarmoq abonentlari operativ ravishda SVC kanallarini o‘rnatishlari mumkun. Protokollarning bunday turi telefon tarmoqlarida telefon abonentlari o‘rtasida ulanish o‘rnatish uchun ishlatiladi. Signal protokolining ishlashi uchun, ATM tarmog‘ining oxirgi tuguni global yagona 20 razryadli manzilni oldi, aks holda – virtual kanalni o‘rnatishga tashabbuskor bo‘lgan abonent qaysi abonent bilan ulanishni xoxlashini ko‘rsata olmas edi. ATM tarmoqlarida moslashuvchanlikni ta‘minlash uchun virtual kanallarning ikki bosqichi kiritilgan: virtual yo‘l (virtual path) va virtual ulanish (virtual circuit). Virtual yo‘lni virtual kanal belgisining nomerini katta qisimi bilan aniqlanadi, virtual ulanishni esa – kichik qismi bilan aniqlanadi. Har bir virtual yo‘l o‘z tarkibiga shu yo‘l ichidan g‘tadigan 4096 tagacha virtual ulanishlarni oladi. Shu yo‘l ichida joylashgan yo‘l uchun yo‘nalish va ulanishlarni aniqlansa yetarlidir, unga rioya qiladilar. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling