Formaga yangi qo’shimcha hisoblash maydonlarini qo’yish uchun konstruktor rejimiga kirilib, instrumentlar panelidan yangi maydon olinib formaga qo’yiladi. Hosil qilingan maydonga “=” belgisi qo’yilib, keyin formula yoziladi. Maydonlar [
] ichida yoziladi. Masalan, =[soni]*[baho]. Bu misolda “soni” maydonidagi qiymat “baho” maydonidagi qiymatga ko’paytirilib, yangi ochilgan maydonga yoziladi. Forma maydoniga yozuvlar bo’yicha umumiy yig’indi va shunga o’xshash hisoblashlarni ham bajarsa bo’ladi. Masalan, =Sum([soni]*[baho]
Bu misolda hamma “soni” maydonidagi qiymat hamma “baho” maydonidagi qiymatga ko’paytirilib, ularning yig’indisi yangi ochilgan maydonga yoziladi.
Formada yangi tashkil qilingan maydonda mantiqiy hisoblashlarni ham bajarsa bo’ladi. Masalan, =iif([soni]>20;[soni]*[baho]*0,1;[soni]*[baho]*0,05)
Bu misolda agar “soni” maydonidagi qiymat 20 dan katta bo’lsa, [soni]*[baho]*0,1 hisoblash, aks holda [soni]*[baho]*0,05 hisoblash bajarilib, qiymat yangi ochilgan forma maydoniga yoziladi.
Access MBBTda bir qancha standart funksiyalar mavjud. Ularni ishlatish uchun konstruktor rejimiga kirib, kerakli maydon belgilanadi. Sichqonchaning o’ng
tugmachasi bir marta chiqillatib, keyin u yerdan “obrabotka sobыtiy” bo’limiga kiriladi. Birinchi oynadan “Funksii”, keyin “Vstroyennыe funksii” bo’limi tanlanadi. Ikkinchi oynada funksiyalarning quyidagi ro’yhati chiqadi: vse, massivы, preobrazovaniye, baza dannыx, finansovыe, matematicheskiye, upravleniye, statisticheskiye, tekstovыe va boshqa. Ularning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Matematik funksiyalar:
Abs – modul; Cos – kosinus;
Sin – sinus; Tan – tangens;
Atn – arktvngens; Sqr – kvadrat ildiz;
Log – natural logarifm; Int – haqiqiy sonning butun qismini olish; Exp – eksponenta va boshqa.
Rnd – 0 va 1 oralig’idagi istalgan sonni tanlab olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |