So’rovlar tuzish uchun MS Access ob’ektlaridan Zaprosы tanlanadi va Sozdat tugmachasi bosiladi. Ekranda Novыy zapros muloqot oynasi paydo bo’ladi va u yerdan So’rovlar tuzish rejimi aniqlanadi, masalan Konstruktor va OK tugmachasi bosiladi.
Ekranda Dobavleniye tablitsы (Jadvalga qo’shimcha) muloqot oynasi paydo bo’ladi va undan Tablitsы i zaprosы(jadvallar va so’rovlar) bandi tanlanadi va Dobavit tugmachasi
Ekranda maydon nomlari ko’rsatilgan oyna paydo bo’ladi va Zakrыt tugmachasi bosiladi hamda ekranda quyidagi oyna paydo bo’ladi.
Ekranda hosil bo’lgan jadvalga maydon nomlari, jadval nomi, saralash turi(o’sib yoki kamayib borish tartibida), ekranga chiqarish va tanlash usullari(masalan, Usloviye otbora bo’limida [saralash] yoziladi) kiritiladi.
Tuzilgan So’rov diskda saqlanadi(kompyuter faylga Zapros1,
Zapros2 va hokazo deb nom berishni taklif qiladi) va oyna yopiladi. So’ngra Zapros faylida “sichqoncha” tugmachasi bosiladi va ekranda Vvedite znacheniye parametra muloqot oynasi paydo bo’ladi va unga parametr(bizning misolimizda 2003 yil) kiritiladi va OK bosiladi.
Natijada, ekranda faqat 2003 yilda sotib olingan kompyuter lar ro’yxati paydo bo’ladi.
So’rovlar tuzishda hisoblashlarni ham bajarish mumkin.
Masalan, yuqoridagi jadvalda sotib olingan kompyuterlarning
umumiy summasini hisoblash talab qilingan bo’lsin. Buning uchun “sichqoncha” tugmachasi asboblar uskunasidagi belgisida bosiladi.
Ekranda «Postroitel vыrajeniy» muloqot oynasi paydo bo’ladi va unda quyidagi formula kiritiladi:
Umumiy summasi:[Soni]*[Narxi] va OK tugmachasi bosiladi.
Tuzilgan So’rovga nom beriladi va oyna yopiladi. Natijani ko’rish uchun Zapros
faylida “sichqoncha” tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi jadval hosil bo’ladi.
Natijada, mavjud bo’lgan jadval asosida yangi jadval hosil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |