LABORATORIYA ISHI №______
MS Accessda jadvallar yaratish va ular bilan amallar bajarish.
Ishdan maqsad: MS Accessda talabalar ro’yxati bazasini hosil qilish. Jadvalning maydon tiplari bilan ishlash. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash usullarini foydalanish.
Masalaning qo`yilishi:
MS Access dasturi ishga tushirishni o’rganish;
MS Accesda baza hosil qilishni o’rganish;
Jadval maydonlari tiplari bilan tanishish;
MS Accesda jadval yaratishining Таблица va Конструктор таблиц usullari yordamida jadvallar hosil qilish;
Jadvalga ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash usullaridan foydalanish.
MS Access dasturi ishga tushirishni o’rganish.
MS Acces dasturini ishga tushirish uchun quyidagi uch usuldan birini qo’llash mumkin:
Пуск–>Все программы–>Micrasoft Office–>Micrasoft Office Access qadamlar ketma-ketligi orqali;
Выполнить(Пуск+R) orqali msaccess komandasini berish orqali;
MS Access dasturi qo’llab quvvatlovchi avvaldan mavjud baza ustiga sichqonchaing chap tugmasini ketma–ket ikki marta bosish orqali.
MS Accesda yangi baza hosil qilish
MS Acces ishga tushirilgandan so’ng pastki o’ng burchakda joylashgan Имя файла katakchasiga (1) yaratiladigan bazaning nomini kiriting va Создать tugmasini (2) bosing.
Yaratilgan baza avtomatik ravishda Документы papkasida hosil bo’ladi.
MS Accesda jadval maydonlari va ularning tiplari bilan tanishish.
Har bir maydon o‘zining xossalariga (xususiyatlariga) ega bo‘lib, ular orqali qanday saqlashni, ko‘rsatish va qayta ishlashni o‘rnatish mumkin. Maydon xossalari jamlanmasi ma’lumot turini tanlashga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |