Ms/22-1 guruh talabasi isoqova marjonaning “falsafa” fanidan “borliq falsafasi”


Borliqning darajalari va asosiy shakllari


Download 127.5 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1314010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Isoqova Marjona .Falsafa .Borliq falsafasi.

2. Borliqning darajalari va asosiy shakllari
Bizni kurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo, eng umumiy borliq bo’lib, u ko’pdan-ko’p real mavjud narsalardir.
Bu narsa va hodisalarning har biri o’ziga xos, boshqalarida mavjud bo’lmagan tomonlar xususiyatlarga ham ega. Narsa va hodisalar, imkoniyat va voqelik sifatida mavjuddirlar. Darvoqe, shuni ham e‘tiborda tutishimiz lozimki, imkoniyat aslo yo’qlik degani emas, u potentsial borliqdir. Voqelikni esa aktual borliq sifatida qabul qilish mumkin. Potentsial va aktual borliq falsafada borliq darajalari deb yuritiladi.
Dunyodagi barcha mavjud narsa va hodisalarni ular borlig’ining ko’rinishlariga ko’ra, turli shallarga ajratish va birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir, chunonchi ular o’z amaliy faoliyatlarida o’zlari anglamagan yoki anglangan holda, borliqning turli shakllari o’rtasidagi umumiylik va farqlarga, albatta e‘tibor berdilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash ajratish kishilarning amaliy faoliyatida, dunyoni tushunishida muhim ahamiya kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o’rganish borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi.
hozirgi falsafiy adabiyotlarda faylasuflar borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o’zaro aloqadorlikda bo’lgan qo’yidagi turlarga ajratmoqdalar.
Insondan uning ongidan tashqarida ob‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan narsalar, hodisalar, jarayon-lardan iborat moddiy borliq.
Faqat inson, uning ongi bilan bog’liq sub‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan fikrlar, g’oyalar, qarashlar tarzidagi ma‘naiy borliq.
Borliqning bu turlari o’rtasidagi farq nisbiydir, chunki ular bir-birlariga o’tib turishadi. Shu bilan birga, ularning har biri o’z navbatida yana bir qancha shakllar, ko’rinishlarga bo’linadi.
Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha nooganik va organik moddalar olami, o’simliklar va hayvonot dunyosi, insoniyat, kishilarning o’zi va ularning o’zaro ijtimoiy munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat-bularning barchasi moddiy borliq ko’rinishla-ridir. Shunga ko’ra moddiy borliqni qo’yidagi konkret turlarga ajratish mumkin.
Tabiat borlig’i; borliqning ushbu shakli tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlar borlig’i hamda inson qo’li bilan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’ini o’z ichiga oladi.
Jamiyat borlig’i; borliqning ushbu shakli individual va ijtimoiy borliqqa bo’linadi.
Inson borlg’i; borliqning ushbu shakli insonning narsa sifatidagi borlig’i va insonning o’ziga xos borlig’idan iborat.
Moddiy borliqning bu turlarining har biri o’z tabiatlari jihatidan yana bir necha ko’rinishlarga bo’linadi. Ularni bunday ko’rinishlarga bo’lishning o’zi nisbiydir, chunki ularning hech biri sof holda emas, biri ikkinchisi bilan, ikkinchisi uchinchisi bilan va haqazo aralashib ketgandir.
Ma‘naviy borliq inson ongi bilan bog’liq barcha ma‘naviy hodisalar: fikrlar, g’oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma‘naviy-madaniy hayotidir. Shu jihatdan ma‘naviy borliqning qo’yidagi ikki ko’rinishi farq qilinadi.
Individuallashgan ma‘naviy borliq.
Ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliq.
Borliqning bu yuqorida ko’rib o’tgan turlari va shakllari, ularga xos xususiyatlarni tushunib olish uchun ularning har biri ustida alohida-alohida to’xtalib o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Tabiiy borliq o’zaro bog’liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi qo’yidagi ikki ko’rinishdan iboratdir:
Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayon-larning asl tabiiy borlig’i
Tabiatdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borlig’i.
Tabiiy borliqning birinchi ko’rinishi insongacha, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar, jarayon va holatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba‘zi adabiyotlarda “birlamchi tabiat” deb ham ataladi. “Birlamchi” tabiat moddiy borliqning shakli sifatida insongacha mavjud bo’lgan, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgani uchun ham alohida reallik ko’rinishidagi borliq hisoblanadi. Tabiiy borliqning bu shakli inson faoliyatining dastlabki sharti sifatida insongacha ob‘ektiv mavjud bo’lgan tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlarga xosdir.
Birlamchi tabiat borliqning alohida o’ziga xos real shakli sifatida, avvalo u insongacha, undan tashqarida, unga borliq bo’lmagan holda mavjud, deb ta‘riflanar ekan, bu ta‘rif ko’yidagilardan kelib chiqadi.
Birinchidan, inson tabiat to’g’risidagi fikr yuritar ekan, uning insongacha, oldin ham real mavjud bo’lganini inson va unng ongi tabiat taraqqiyoti va jamiyatning paydo bo’lishi bilan paydo bo’lgandan keyin ham abadiy va azaliy bo’lishi to’g’risidagi fikrlar ko’pdan-ko’p faktlar, tajriba va ilmiy dalillar asosida qolaversa qachonlardir yashagan hozir yashayotgan kishilarning shaxsiy-amaliy tajribalari, hayotiy ko’zatishlari va nazariy xulosalari tomonidan isbotlangan-ligidir.
Ikkinchidan “birlamchi tabiat insondan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, inson esa uning mahsuli ekanligi, inson usiz yashay va faoliyat ko’rsata olmasligi, hatto “birlamchi” tabiatsiz biron bir narsa yarata olmasligidir.
“Birlamchi” tabiatni tashkil etuvchi narsa va hodisalar ob‘ektiv reallik sifatida, insonga bog’liq bo’lmagan o’z qonunlari asosida o’zgaradi, taraqqiy etadi, o’z-o’zini yaratadi. Bu birlamchi tabiat makonda cheksiz, zamonda abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu birlamchi tabiat materiallari asosida amaliy faoliyati va ongi bilan ikkilamchi tabiatni yaratadi.
“Ikkilamchi” tabiatning vujudga kelishi insonga birlamchi tabiatga undagi narsa hodisalarga va jarayonlarga ularning qonuniyatlarini insonning bilishga bog’liqdir. “Ikkilamchi tabiat” o’z mavjudlik shakllari va realli sharoitlariga ko’ra uning yuzaga kelishida asos bo’lgan birlamchi tabiatga uxshaydi. Lein shu bilan birga “ikkilamchi tabiat” o’zining vujudga kelishi, yashashida inson mehnati va bilimi bilan bog’liqligi jihatdan birlamchi tabiatdan farq ham qiladi. Aniq qilib aytsak, ikkilamchi tabiat inson paydo bo’lgandan keyin inon tomonidan yaratiladi, shu jihatdan u inson faoliyati va ongining mahsulidir.”Ikkilamchi tabiat” narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson ehtiyojini qondirish zaruriyati. Ijtimoiy turmushda biron bir funktsiyani bajarish zarurati tufayli yaratiladi. Masalan, bizning asosiy yozu qurolimiz bo’lgan ruchkani olaylik. Ruchka o’z materialiga ko’ra birlamchi tabiat resurslariga oid. Uni qayta ishlab unga o’z mehnati va ongini sarflab inson uni ikkilamchi tabiatga aylantirib zining yozuv qurolini yaratgan.
Umuman ikkilamchi tabiat narsa va hodisalari birlamchi tabiat materiallari, inson mehnati ongi, bilimi, hamda shular asosida yaratilgan narsa va hodisalarning ijtimoiy funktsiyalarining ajralmas birligidan iboratdir.
“Birlamchi” va “ikkilamchi” tabiatlar borlig’i haqidagi fikrlarimizni qo’yidagicha yakunlash mumkin ular o’zaro aloqadorlikda bo’lib bir tomondan bir-biri bilan umumiylikka o’xshashlikka birlikka ega bo’lsa ikkinchi tomondan bir-biriga nisbatan ma‘lum farqlarga ham ega.
Birlamchi tabiat makonda cheksiz zamonda abadiy va doimiy borliq bo’lsa ikkilamchi tabiat inson mavjudligi bilan uning faoliyati va ongi bilan bir butun jamiyat bilan bog’liq holda mavjud bo’ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va intihoga ega.
Birlamchi tabiat inson unda yashab uni bilib borayotgan bitmas-tuganmas cheksiz dunyo (olam) bo’lsa ikkilamchi tabiat esa inson tabiat qonunlarini bilish olishi tufayli ular asosida yaratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.
Ikkilamchi tabiat bir tomondan birlamchi tabiat kabi ob‘ektiv real borliq bo’lib u inson ongidan tashqarida mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan u insonga bog’liq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g’oyalari, bilim va mehnatlari mujassamlashgan bo’ladi. Ikkilamchi tabiat birlamchi tabiat va kishilar (inson) borlig’ini bog’lovchi, ular chegarasidagi borliq bo’lib tabiiy borliqning o’ziga xos shakli sifatida birlamchi tabiat borlig’iga nisbatan ham inson borlig’iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
hozirgi zamon faylasuflarining aksariyat qismi jamiyatni kishilar va ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida tasavvur qiladilar. Xuddi shu boisdan ham jamiyat borlig’i ikki tomonga ega u ham ijtimoiy borliqni, ham indivning jamiyatdagi borlig’ini o’z ichiga oladi.
Biz individlar borlg’ining o’ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy munosabatlarning tabiati haqida maxsus ma‘ruzalarimizda batafsil to’xtalamiz, bu ma‘ruzada asosiy tushuncha berish bilan kifoyalansak bo’ladi.
Ijtimoiy borliq individual, yakka shaxs va jamiyacht borlig’ining birligidan iborat borliqdir. Ijtimoiy borliq deyilganda individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas, balki ularning faqat moddiy hayoti tushuniladi. jamiyat moddiy hayoti esa kishilarning o’z hayotlari jarayonida ularning irodalariga bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish munosabatlaridan bu ishlab chiqarish munosabatlarining jamiki o’z ichiga olgan jamiyatning iqtisodiy tizimi, real bazisidan iborat bo’ladi. Jamiyatni ilmiy tushunishiga ko’ra ijtimoiy borliq ya‘ni moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli jamiyat hayotining sotsial (ijtimoiy) siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo’ladi. Demak ijtimoiy borliq deganda falsafada bir butun jamiyatning moddiy hayotini, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida kishilar kirishadigan moddiy munosabatlarni tushunamiz. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ong bilan chambarchas bog’liqdir, ular bir butun jamiyat hayotining ikki moddiy va ma‘naiy tomonlarini tashkil qiladi.
Atrofimizdagi qaysi narsaga nazar tashlamaylik, inson qo’li bilan yaratilgan. Insonning qaysi fazilati xususida gapirmaylik uning jamiyat ta‘siri ostida shakllanganini ko’rsatib utmay ilojimiz yo’q. Zero ijtimoiy borliq va individ borlig’i o’zaro dialekti aloqadorlikdir.
Jamiyat insonda namoyon bo’lgani kabi insonning hohish irodasi ham jamiyatda namoyon bo’ladi, unda o’z izini qoldiradi. Insonlar o’rtasidagi munosabatlarda vosita rolini o’taydigan har qanday narsa eng avvalo inson hohish-irodasining mahsulidir. Bu vositalarning barchasini (masalan, pul, til boshqa abstraktsiyalar) inson o’z hayotini yengillashtirish jamiyatni o’z ehtiyojlariga mos ravijda o’zgartirish maqsadida vujudga keltirgan. Demak ijtimoiy borliq individ borlig’iga qanday qudratli ta‘sir o’tkazsa individ borliqg’i ham ijtimoiy borliqqa shunday aks ta‘sir ko’rsatib turadi. Jamiyat borlig’ining ikki tomoni o’rtasidagi dialektik aloqadorlik ham ana shundan iborat.
Inson borlig’i. Inson borlig’i alohida kishi borlig’i va butun insoniyat borlig’i ko’rinishlarida mavjud bo’lishi jihatdan o’ziga xosdir. Biroq bu inson borlig’ida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun umumiy bo’lgan tomonlar xususiyatlar ham mavjuddir. Bu jihatdan inson borlig’i o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra eng murakkab borliq shaklidir, u hamma borliq shakllarining ma‘lum tomonlarining dialektik birligini namoyon etadi.
Inson borlig’i avvalo insonning tabiat taraqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har iki shakliga oid tomonlar bilan birga ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida unda ijtimoiy va ma‘naviy borliqning ham barcha shakllariga oid tomonlarning yig’indisi mujassamlashgandir.
Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda inson dastavval taibatning eng oliy tirik mavjudotidir. Inson mavjudligining asosini inson tanasidagi hayot tashkil qiladi. Insonning tanasi bunda tabiiy jism sifatida boshqa tabiiy jismlar bilan bir xil ular ega bo’lgan barcha xususiyatlarga egadirlar ya‘ni u ham paydo bo’lish o’sish, rivojlanish, ulg’ayish bir holatdan ikkinchi holatga o’tish va shu kabi xususiyatga ega. Bu tanada ham birinchi navbatda hayot jarayoni ya‘ni oqsil tanachalarining yashash usuli-moddalar almashish jarayoni kechish lozim.
Inson tanasi bunda tabiatdagi barcha notirik va tirik jismlarda amal qiladigan qonunlarga bo’ysunadi. Lekin bu insonning jonli tanasining o’zi hali inson borlig’ini tashkil qilmaydi. Chunki inson borlig’i avvalo alohida kishining individual borlig’i va bir butun insoniyat borlig’i shakllarida mavjud bo’ladi.
Alohida kishining individual borlig’i esa dastlab tana va ruhning birligidan iborat bo’lib, u shu alohida kishining individual hayoti va faoliyatini uning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlari yashashi, his-tuyg’u va fikrlari maqsad va istaklari, umid va orzulari, o’z-o’zini anglashi dunyoni bilishi individual ongi va tafakkuri narsalarga kishilarga tabiatga va jamiyatga alohida munosabatlarining jaminini o’zida qamrab oladi.
Bir butun insoniyatning borlig’i esa kishilik jamiyatning butun hayoti uning o’tmishi, hoziri va kelajagiga oid moddiy va ma‘naviy turmushi, ishlab chiqarishi ijtimoiy munosabatlari, ijtimoiy ong va haqazolardan iboratdir.
Inson tabiatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi lekin bu mavjudlik faqat tabiiy-jismoniy xaraktergagina ega eams. Unda borliqning uch turli o’lchovi ja‘mdir.
Real holda alohida inson yoki fikrlovchi, his etuvchi narsagina (jism) mavjud. Bu inson mavjudligining birinchi o’lchovi. Biroq shu bilan bir qatorda inson Homo Sapiens turiga mansub individual zot hamdir. Bu-inson borlig’ining ikkinchi o’lchovi. Nihoyat inson-ijtimoiy-tarixiy mavjudot (uchinchi o’lchov) hisoblanadi.
Inson borlig’ida aql-zakovatning ahamiyati nihoyatda katta. Buni isbotlab o’tirishning hojati yo’q bo’lsa kerak. shu sababdan ma‘naviy borliqning xususiyatlarini ham yaxshi tushunishimiz unng asosiy komponentlarini chuqur anglashimiz shart.
Ma‘naviy borliq Ma‘naviy borliq aslida inson borlig’ining bir ko’rinishi bo’lib, u individual va ijtimoiy ong jarayonlarini o’z ichiga oluvchi ma‘naviylik, ma‘naviy qadriyatlar va ma‘naviy boyliklardan iboratdir.
Ma‘naviylik-bu ko’p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o’z ichiga oladigan insonning kundalik hayot tajribalari, uning tabiat atrofdagi kishilar va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlarida hosil qilgan malakalari, ko’nikmalari, uning shaxs sifatida shakllanishi davomida egallagan axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy qarashlari, shuningdek fanlarni o’rganish asosida olgan bilimlari, badiiy, texnik va ilmiy ijodlarining yig’indisi hisoblanadi.
Ma‘naviylikni ya‘ni ma‘naviy borliqni uning mavjudli shakllaridan kelib chiqib ikki turga bo’lib o’rganish mumkin. Ularning birinchisi –individ ongi va ruhiyati bilan bog’liq bo’lgan individuallashgan ma‘naviy borliq bo’lgan individuallashgan ma‘naviy borliq bo’lsa, ikkinchisi-individ ongi va ruhiyatidan tashqari, ularga bog’liq bo’lmagan ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliqdir.
Individuallashgan ma‘naviy borliqning tashuvchisi bu indiid ongi va ruhiyatidir. Ular individ-alohida kishi miyasining xossalari bo’lib, inson borlig’ining ajralmas qismlaridir. Konkret kishining his tuyg’ulari ichki ruhiy kechinmalari, orzu-istaklari, xotirasi, taassurotlari, fikrlari, xayollari, qarashlari, g’oyalari, individual ong osti va ongsizlik jarayonlari individuallashgan ma‘naviy borliqning elementlaridir. Individuallashgan ma‘naviy borliqning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda sodir bo’ladigan jarayonlarning mavjudligini bevosita tashqaridan turib sezish, kuzatish, bilish mumkin emas. Ularni ilg’ash, his qilishning birdan-bir yo’li individning o’z ongida, o’z ruhiyatida yuz berayotgan jarayonlar to’g’risida o’z-o’ziga hisob berishidir. Fan sohasida hali kishi miyasida sodir bo’ladigan ong faoliyati va ruhiy jarayonlarni butunlay to’laligicha bilish qayta tiklash yoki qayd qilib qo’yishga hozircha erishganimiz yo’q. Biz shu paytgacha odatda ularning sub‘ektiv taassuroti biz uchun qoldirgan tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ayrim qismlari, ko’rinishlarini ajratib olib qayd qilib kelamiz xalos. Individuallashgan ma‘naviy borliqning o’ziga xos xususiyati yana shundaki, unga xos jarayonlar individning dunyoga kelishi bilan paydo bo’ladi va olamdan o’tishi bilan birga yo’qoladi.
Ma‘naviy borliqning ikkinchi ko’rinishi-bu ob‘ektiv-lashgan ma‘naviy borliqdir. Bu borliqda individ ongida paydo bo’lgan g’oyalar, qarashlar, fikrlar undan tashqariga chiqib ob‘ektivlashadi, reallashadi, moddiylashadi. Natijada, ular individual ongdan tashqarida yashay boshlaydi.


Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling