Ms/22-1 guruh talabasi isoqova marjonaning “falsafa” fanidan “borliq falsafasi”
Substantsiya muammosi. Monizm, dualizm va plyuralizm
Download 127.5 Kb.
|
Isoqova Marjona .Falsafa .Borliq falsafasi.
3. Substantsiya muammosi. Monizm, dualizm va plyuralizm.
“Borliq” kategoriyasi turli narsa va predmetlar, hodisa va voqealar, jarayon va holatlarni mavjudlik belgisiga qarab bir butunlikka jamlaydi. Barcha mavjud narsa va jarayonlar bizni o’rab turgan olamni tashkil etadilar. Borliqning asosiy shakllarini (tabiat, jamiyat, inson, ma‘naviyat) tahlil etar ekanmiz, narsa va predmetlar, hodisa va voqealar turli tuman bo’lsada, barchasi uchun poydevor vazifasini utaydigan asosga ega bo’lishi kerak, degan xulosaga kelamiz. Shu munosabat bilan xilma-xil, abadiy olamning yaxlitligi, birligi haqidagi muammo yuzaga keladi. Borliqning birligi g’oyasi subtantsiya haqidagi tasavvur-larga eltadi. Falsafada buni “substantsiya” muammosi deyiladi. Substantsiya-lotin tilida “asos” ma‘nosini anglatib, falsafada turli tuman, xilma-xil bo’lgan olamning yaxlitligini ifodalash uchun qo’llaniladi. Substantsiya muammosi barcha faylasuflarning e‘tiborini tortgan masalalardan biridir. Falsafiy tafakkur tarixida bu xususda ko’plab ahamiyatli fikrlar tilga olingan. qadimgi davr materialist faylasuflar suvni, havoni, olovni, atomlarni, ya‘ni moddalarning biron turini substantsiya deb tushunganlar. rta asr Sharq falsafasi namoyondalari al-Kindiy, ar-Roziy, Farobiy, Ibn sino, Ibn Rushd o’z falsafiy qarashlarida substantsiya hamma narsalarning moddiy asosi, ularning mohiyati deb qaraganlar. Ayrim faylasuflar substantsiya deb butun mavjudlikning asosi bo’lgan mutlaq g’oyani ruhni yoki sub‘ekt ongi va shu kabilarni tushunishadi. Masalan, qadimgi Yunon mutafakkmrlaridan Pifagor substantsiya deb sonlarni tushushungan. Platon substantsiya deb g’oyani, g’oyalarni substantsiya deb qaraydi. Nemis klassik falsafasining vakili I.Kant substantsiyani u shunday bir doimiy narsani faqat unga nisbatangina hamma vaqtli hodisalarni aniqlash mumkin deydi. I.Kant fikricha, substantsiya-tajriba ma‘lumotlarini sintezlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir. Hegel esa “mutlaq g’oya” , “mutlaq ruh”ni substantsiya, deb qarab, uni narsalarning muhim zgaruvchan, rivojlanuvchi tomonlarining yaxlitligidir, mazkur tomonlarda bu yaxlitli ularning mutlaq inkor etilishi, ya‘ni mutlaq quvvat va shu bilan birga, har qanday mazmunning boyligi sifatida ochiladi”,-deydi. U substantsiyani “mutlaq g’oyaning rivojlanish jarayonida muhim bosqich”, “har qanday haqiqiy taraqqiyotning negizi” deb ta‘riflaydi. hegelda substantsiya ayni bir vaqtda ham rivojlanuvchi g’oya-ibtido, ham sub‘ekt, ya‘ni o’z-o’zini tug’diruvchi asos, ham shu rivojlanishning momenti sifatida qaraladi. Faylasuflarning yagona asos to’g’risidagi qarashlari monizm ta‘limotini keltirib chiqargan. Monizm- yunon tilidi “yakka”, “bir” ma‘nosini anglatib, dunyoning asosini bitta deyuvchi ta‘limotdir. Shunga ko’ra, olamning yaxlitligini moddiylika asoslanib tushuntirgan falsafiy ta‘limotlarni materialistik monizmga yo’ysak, substantsiyani ruhdan izlagan falsafiy ta‘limotlarni idealistik monizm deb ataymiz. Faylasuflar orasida dunyoning asosini bir narsa emas, balkki ikki narsa: ham g’oya (ruh), ham materiya tashkil qiladi deyuvchilar ham mavjud bo’lgan. Masalan, yangi zamon falsafasida frantsuz faylasufi Rene Dekart substantsiya muammosini qarab chiqar ekan, u dunyoning asosida moddiy reallikni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi qudrat materiya bo’lsa, ruh-ma‘naviylikning yaxlitligini ta‘minlovchi feno-mendir, deb uqdiradi. Bunday qarash dualizm deb ataladi. Dualizm –lotin tilida “ikki” ma‘nosini anglatib, bu ta‘limotning tarafdorlari dunyoning asosida bir-biriga bog’liq bo’lmagan ham materiya, ham ruh (g’oya) yotadi, ular o’rtasida hech bir umumiylik yo’q deyishadi. Substantsiya muammosini hal qilishda monistik va dualistik qarashlardan farqli o’laroq plyuralistik qarashlar ham majud. Ushbu falsafiy pozitsiya taraftorlari bir-biriga aloqador bo’lmagan ko’plab ibtidolar borligini ko’rsatib o’tadilar. Mazkur terminni 1712 yilda nemis faylasufi X.Volf kiritgan. Plyuralizm chor unsur falsafasidan kelib chiqadi. Unda tuproq, suv, havo va olov olmadagi barcha narsalarning ibtidosi deb uqdirilgan edi. Yigirmanchi asrga kelib, shaxsning takrorlanmasligini isbotlashga harakat qiluvchi personalizm, ekzistentsializm tarafdorlari plyura-lizm voqelikni anglashning o’ziga xos kontseptsiyasiga aylan-tirdilar.Plyuralizm-lotin tilida “kutlik” ma‘nosini anglatib, bu ta‘limot nuqtai nazaricha dunyoning asosini yakka bir narsa eams, balki ko’p narsalar tashkil qiladi. Dunyodagi butun mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bo’lmagan ko’pdan-ko’p, har xil asoslardan tashkil topgandir. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, olam nafaqat bor, mavjud, balki bir, yaxlit hamdir. Uni jipslashtirib turgan ibtido substantsiyadir. Borliqning substantsiyasi materiya deb hisoblovchi ta‘limotlar materialistik monizm deyiladi. Dualizm tarafdorlari olamning birligini ta‘minlab turgan ibtido materiya va ruhdir, deb talqin qilsalar, plyuralizm pozitsiyasida turgan faylasuflar bunday ibtidoning nihoyatda ko’pligini e‘tirof qiladilar. Ilmiy falsafiy ta‘limotlar va hozirgi zamon fanlari erishgan yutuqlari ma‘lumotlariga ko’ra, moddiy borliq doimiy harakatda bo’lgan materiyaning turli shakldagi ko’rinishidir. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling