Ms/22-1 guruh talabasi isoqova marjonaning “falsafa” fanidan “borliq falsafasi”
Moddiylik va ma‘naviylik dialektikasi
Download 127.5 Kb.
|
Isoqova Marjona .Falsafa .Borliq falsafasi.
4. Moddiylik va ma‘naviylik dialektikasi:
materiya va ruh. Borliq haqida mulohaza yuritar ekanmiz, undagi moddiylik va ma‘naviylik dialektikasiga alohida to’xtalmay ilojimiz yo’q. Chunki, biz yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, borliqning turli shakllari aynan ana shu mavjudlik usullariga, ularning turli tarzdagi kombinaziyalariga asosan vujudga keladi. Moddiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish uchun “materiya” kategoriyasiga tayansak, ma‘naiy olam silsilalarining yechimi “ruh” tushunchasini anglab olishdan boshlanadi. Boz ustiga materiya va ruh har qanday falsafiy ta‘limotning har qanday dunyoqarashning ikki qutbini tashkil qiladi. Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ldi. “materiya” moddiy unsurga nisbatan ham, atomlarga nisbatan ham, umumiyroq bo’lib, borliqning ob‘ektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir.Haqiqatdan ham, umuman materiya bu tushuncha, abstraktsiya, fikrning mahsulidir, chunki olamda “umuman materiya” uchramaydi, balki materiyaning konkret ko’rinishlari uchraydi. Shunday qilib, faylasuflar barcha moddiy ob‘ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu “materiya”dir.Materiyaning falsafiy uchta muhim jihati bor. Bular: birinchidan, materiya tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligi, ikinchidan bu kategoriya ob‘ekti reallikni, moddiy voqelini ifoda etishi, uchinchidan materiyani bilish mumkinligining ta‘kidlanishidir. Materiyaning bu falsafiy tushunchasi materiyaning muayyan ko’rinishlarini, uning tuzilishi va xossalarini o’rganishda metodologik ahamiyat kasb etadi. Haqiqatdan ham, materiya ko’pgina atributlar yig’indisidan iboratdir. Biroq uning bir necha asosiy parametrlari borki, materiya haqida mulohaza yuritgan barcha faylasuflar masalaga turlicha yondoshganlari holda ularni tan oladilar. Ana shu parametrlar ichida eng muhimi materiyaning ob‘ektiv reallikdan iborat ekanligidir. Shu sababli hozirgi zamon faylasuflari “materiya” kategoriyasining asosiy defimnitsiyasi sifatida qo’yidagi ta‘rif olinishi lozimligini uqtiradilar: “materiya-inson ongidan qat‘iy nazar mavjud bo’lgan va uning tomonidan aks ettiriladigan ob‘ekti reallikdir”. Ushbu ta‘rifning gnoseologik samarasini asoslab beruvchi argumentlar o’nlab keltirilgan. Biroq ta‘rif xususida chuqurroq o’ylab qarasak, uning inson dunyoqarash nuqtai nazaridan berilganiga amin bo’lamiz. Alhol, definitsiyaga dunyoqarash mohiyati haqidagi tasavvurlar pozitsiyasidan yondoshsak, materiya haqidagi fikrlarimiz yanada ravshanlashadi.SHu nuqtai nazardan materiyaga berilgan yuqoridagi ta‘rif eng falsafiy ta‘rifdir. Unda materiya biror xossasiga qarab emas, dunyoqarashning asosiy masalasidan kelib chiqqan holda ifodalangan. Albatta, biz materiyani uning ayrim xossalarga tayanib ta‘riflashdan voz kechish kerak, demoqchi emasmiz. Biroq unga berilgan definitsiyaning eng asosiysi yuqoridagi ifodalangan bo’lmagan shart.Falsafaning asosiy masalasi haqida mulohaza yuritganda materiya kategoriyasiga qaysi tushunchani nisbat qilishimiz kerakligiga e‘tibor qilmaymiz. Bunda ong tushunchasi bilan birga tafakkur terminini qo’llaymiz (ya‘ni materiya va ong, materiya va tafakkur o’rtasidagi munosabatlar xususida gapiramiz). Biroq ma‘lum maqsadda qo’l keladigan bunday yondoshuvga asoslansak, materiyaga qarshi qo’yiladigan kategoriyaning kategoriyaning mazmunini taraytirgan materiya haqidagi tasavvurlarimizni esa soddalashtirgan bo’lamiz. Chunki ong va tafakkur tushunchalarining mazmuni aynan bir xil emas. Insoning individual ongi ratsional, aqliy bilishdan tashqari voqelikni hissiy aks ettirishni ham (sezish, idrok etish, tasavvur qilish) o’z ichiga oladi. Inson his-tuyg’ulari, kechinmalari ham hissiy bilishga kiradi. Shu boisdan materiya tushunchasiga faqat ruh kategoriyasini qarshi qo’yish mumkin. Ruh tushunchasi tafakur tushunchasiga qaraganda mazmunan boyroq. Ruh-nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushunchadir. Falsafiy tafakkurda mazur kategorriya turli metodologik pozitsiyadan talqin etiladi. Xususan, panlogizm ruhni mantiqiy tushuncha sifatida tahlil qilsa, pantizm taraftorlari ruhni olamning subtantsiyasi tarzida o’rganadilar. Ratsionalizm ruhning muhim tomonini tafakkur tashkil etadi deb uqdirsa, irratsionalizm ayrim fikriylik aspektlarini (iroda, his-tuyg’u, tasavvur, intuitsiya) ruhning asosiy komponenti sifatida yoritadi. Ruh tushunchasining genezisi ham qiziqarli hind falsafasida uning mazmunini barxman va atman bilan nisbatda ochib beriladi. Braxman-ob‘ekti shaxssiz ruhiy ibtido bo’lib, uning zichlanishi oqibatida olam vujudga keladi. Atman esa sub‘ektiv ruhiy ibtido, individual “Men”ni anglatadi. Ushbu g’oya hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida ham rivojlantiriladi. Xususan ularda ruh borliqning turli shakllarida namoyon bo’ladi deb ta‘kidlanadi. Chunonchi, alohida individ ruhi (shaxsiy ruh), umumiy, jamoaviy ruh (ob‘ektiv ruh, masalan xalq ruhi) va ob‘ektivlashgan rush (ruhning tugal mahsullari yig’indisi, masalan, san‘at asarlari) haqida gapirish mumkin.Xush materiya va ruh o’rtasidagi qarama-qarshilik nimalarda namoyon bo’ladi? Birnichidan, gnoseologik timsollarda moddiy predmetlardan asar ham yo’q, ular mustaqil sub‘ektiv reallikni tashkil qiladilar.Ikkinchidan ongdan joy olgan timsollar asosida ruyobga chiqishga muhtoj bo’lgan konstruktlar g’oyalar vujudga keladi. Ongning ijodiy tabiati sharofati bilan moddiy voqelikda o’xshashiga ega bo’lmagan ideal obrazlar yaratiladi.Uchinchidan, individual ong hamisha moddiy borliqqa bog’liqdir.Moddiylik va ma‘naviylik, materiya va ruh o’rtasidagi dialektik aloqadorlikka bag’ishlangan mulohazalarimizga xulosa yasaydigan bo’lsak, materiya –insondan tashqarida turgan ob‘ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir. Ruh esa nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushuncha hisoblanadi. Materiyaning mohiyatini anglab olish uchun ruh tushunchasining mazmunini aniqlash zarur bo’lgani kabi, ruhning tabiatini ilg’ash uchun materiya kategoriyasi metodologik jihatdan to’g’ri tadqiq va talqin etilishi shart. Chunki materiya va ruh o’zaro dialektik aloqadordirlar. Borliqning moddiy asosini materiya tashkil qilsa, uning ma‘naviy asosi ruhdan iboratdir. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling