Mt. 1 Etnologiyaga oid maxsus atamalar va fanning tadqiqot uslublari


Download 19.57 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi19.57 Kb.
#1512518
  1   2
Bog'liq
Etnologiya


MT.1 Etnologiyaga oid maxsus atamalar va fanning tadqiqot uslublari

Etnologiya - xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o'rtalarida paydo bo‘lgan Bu faning aynan shu davrda paydo bo’lishining o’ziga xos sabablari mavjud.


1.Qit’alar orasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi
2. Mustamlakachilik siyosatning paydo bo’lishi
3. Buyuk geografik kashfiyotlarning rivojlanishi
Etnologiya fanining nomi ham boshqa ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi yunoncha - etnos (xalq) va logos (fan) so‘zlaridan olingan bo‘lib, «xalq to‘g‘risidagi fan» degan ma’noni bildiradi1. «Etnos» so‘zi ilk bor qadimgi grek tilidagi manbalarda uchraydi. Taxminan mil. avv.VI - V asrlarda bu so‘z kelib chiqishi grek bo'lmagan urug‘ va qabilalarga nisbatan qo'llanilgan. XVIII asr oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegaralangan tarzda iste’molda bo‘ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu atama ilmiy adabiyotlarda«xalq» («narod») ma’nosida keng qo‘llanila boshlagan. XIX asrgacha «etnologiya» iborasi maxsus fanga nisbatan emas, balki onda-sonda turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadidagina ishlatilgan.
«Etnologiya» atamasi fanga ilk marotaba 1784-yilda A. Shavann tomonidan olib kirilgan. Lekin oxirgi yillardagi tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, mazkur fan 1774-yil yozma manbalarida alohida fan tarmog‘i, ya’ni «etnografiya» ko'rinishida davlatlar tarixini xalqlar tarixidan farqlash maqsadida qo‘llanilgan. Aynan etnologiya iborasi nemis olimi A. Shavann qalamiga mansub bo'lib, u 1787-yilda etnologiyani antropologiya - odam haqidagi umumiy fanning qismi tarzida qo‘llagan. Keyinchalik 1830-yilda fransuz olimi Jan Jak Amper tomonidan «antropologik» (ijtimoiy) fanlarning umumiy tasnifini ishlab chiqishda xalqlar va ularning madaniyati to‘g‘risidagi yangi fanning nomlanishi tarzida qo'llanilgan.
Bizning hududumizda ham qadimdan etnologiyaga oid asarlar yozilgan. Ya’ni o’zbek xalqining etnografiyasi haqidagi ilk ma’lumotlar arxeologik yodgorliklar, ilk yozma manbalar va turli qadimiy tarixga oid materiallardan iborat.
Qadimgi davrlarda, o‘rta asrlarda Amudaryo va Sirdaryo bo‘ylarida yashagan xalqlar etnologiyasini o'rganishda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi -«Avesto», qadimgi turkiy bitiklar va so‘g‘diy yozuvlar, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘ati-turk», Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» hamda «Nasabnomai o‘zbek», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», Abulgoziy Bahodirxonning«Shajarai turk», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» kabi
asarlari katta ahamiyatga ega.
XIX asrning 70 - 80-yillariga kelib 0 ‘rta Osiyo xalqlarining antropologiyasi, milliy-etnik tuzilishi, an’anaviy xo'jalik faoliyati, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganish borasida ma’lumotlarni to'plash bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqilgan. 1870-yilda Samarqand, Buxoro, Urganch bo‘yicha
uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya (N. N. Karazin, N. E. Simanov)lar o‘z davri uchun muhim etnografik ma’lumotlarni to‘plash imkonini bergan.
0 ‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, o'zbek xalqi etnografiyasini o'rganishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, 1895-yilda Toshkentda Arxeologiya havaskorlari Turkiston to'garagining tashkil etilishi natijasida o‘zbek xalqining etnografiyasiga oid ilmiy materiallar yig‘ila boshlandi. Shuningdek, Sattorxon Abdug'afforov, Mirzo Barot, Mulla Qosimov, Muhammad Vafo, G. Arandrenko, L. S.Berg, V. L. Vyatkin, M. F. Gavrilov, A. D. Grebenkin,
A. A. Divayev, I. I. Ibrohimov, A. V. Kaulbars, P. E. Kuznetsov, D. N. Logofet, N. A. Mayev, A. E. Snesarev, M. S. Andreyev, A. A. Semenov, A. F. Petrovskiy, A. P. Shishov, V. N. Nalivkin, N. P. Malitskiylarning tadqiqotlarida o'zbek xalqining etnik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, geosiyosiy joylashuvi, o'zaro ichki va tashqi aloqalari, an’anaviy turmush tarzi va madaniyatiga oid ko'plab ilmiy materiallar to'plangan.
XX asrdagi etnologik tadqiqotlarda funksional yoki tizimli-funksional metod muhim o‘rin tutgan. Uning mohiyati xalqlar (qabila yoki boshqa jamoa) hayotida u yoki bu madaniyat ko‘rinishi va ijtimoiy institutlarning o‘rni (ahamiyati, ta’siri, yoki boshqacha aytganda, funksiyasi)ni aniqlashtirishdan iborat.
Strukturaviy yo'nalishga o‘rganilayotgan ob’ektning tuzilishini aniqlashtirish, keyinchalik esa undagi va u bilan bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar tizimi kiritiladi. Tizimli funksional metod tarafdorlari dastlab o‘rganilayotgan ob’ektning tarixiy aspektini rad etib, o‘zlarining diqqat-e’tiborlarini, asosan zamonaviylikni o'rganishga qaratganlar va birinchi navbatda amaliy ahamiyatga molik bo'lgan tadqiqotlar natijalariga urg‘u berganlar. Biroq keyinchalik tarixni sinchiklab o'rganish ham tizimli-funksional metodning ajralmas qismiga aylandi. Umuman olganda, hozirda etnologik tadqiqotlarda yozma manbalar, xalq og'zaki ijodi, qiyosiy tilshunoslik, arxeologik tadqiqotlardan foydalanish hamda dala tadqiqotlaridan foydalanish metodlari keng qo'llanilmoqda.
XX asrning 70-yillaridan boshlab etnologik tadqiqot uslublarida jiddiy o‘zgarish sodir bo'ldi. Chunonchi, ketma-ket kuzatuv o‘rniga kuzatuvchining ishtiroki mustahkam o‘rin egallay boshladi. Bu esa tadqiqotchining o'rganayotgan etnik tizimga birmuncha izchil kirib borishiga imkoniyat yaratdi.

MT.2 Dunyo xalqlari klassifikatsiyasi


Har bir xalq o’ztning etnik hududiga ega bo’ladi, ana shu hududda u moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo’lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo’jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o’xshash va ayrim hollarda bir xil bo’ladi. Mana shu belgi va hususiyatlari jihatdan o’xshash bo’lgan hududlar – tarixiy-etnografik oblastlar deb atalad

  • Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiyyarimsharda joylashgan qitʼadir. Shimolda Shimoliy muz okeani gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda O’rta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismini oʻz ichiga oladi.

  • Osiyo — Yer sharidagi eng yirik va eng aholisi koʻp qit’a boʻlib, shimoliy va sharqiy yarimsharda barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Malay arxepelagi qisman janubiyyarimsharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, sharqda Dejnyov burni, gʻarbda Bobo burni hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu qitʼada 4.5 milliard kishi yashaydi va bu koʻrsatkich Yer yuzidagi aholining 60 % ga teng.


Download 19.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling