Mt-119-20 guruh talabasi


Download 5.44 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.44 Kb.
#1575614
Bog'liq
MT-119-20 guruh talabasi Usmon Ergashev.

MT-119-20 guruh talabasi

Ergashev Usmon Nurali o’g’li

Mavzu:Texnik tizimlarda shikastlanishlar (muammosini) ko'rsatkichlari

Reja:

  • Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi
  • Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish
  • Texnik va texnologik xavflar.
  • Binolarni texnik baxolashning vazifalari

Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi

O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqari munosib ulushni egallaydigan texnik tizimlardan foydalanish xavfsizligi hodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. 

Fan o‘qitilishining maqsadi – talabalarga texnik tizimlar faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.

Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish

Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi.

Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi E. resurslari hisoblanadi. E. resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq E. resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.

Jahon miqyosida turli yoqilgʻi E. resurslari miqdorini taqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan E.ning tabiiy resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning E. resurslarini hisobga olsak, mamlakat E.si xalq xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi

Texnik va texnologik xavflar. 

Texnik va texnologik xavflar. Tadbirkorlik tavakkalchiligini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining yakuniy natijalariga ta'sir qilish darajasi bo'yicha eng xavflilaridan biri bu texnik va texnologik risklardir. Ularning harakati mashina va asbob-uskunalarning ishdan chiqishi natijasida ishlab chiqarish jarayonining normal borishini buzish natijasida korxona (firma)ga zarar yetkazilishida, eng og‘ir ko‘rinishlarida esa favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. Bu portlash, yong'in, mexanizmlar va jihozlarning buzilishi va boshqalar natijasida yuzaga kelishi mumkin.


Download 5.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling