Amaldagi (kirillcha) O‘zbek yozuvining grafik tavsifi bo‘yicha xulosalar. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan shu narsa ma`lum bo‘ladiki, rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi fonografik (harf-tovush) yozuv tipiga mansub bo‘lsa-da, amalda u ideografik (semasiografik) yozuv elementlari bilan qorishgan holda qo‘llanib kelmoqda. Bu tabiiy bir holdir, chunki yozuvning funktsional-uslubiy xususiyatlari, yozma matnning grammatik va kompozitsion qurilishi fonografik va semasiografik yozuv birliklaridan kompleks holda foydalanishni taqozo qiladi. bu hol yozuvning grafik «to‘qima»sida fonografema, proso-demografema va logografema kabi grafema tiplarining hamda signalizatorlik funktsiyasida qo‘llanadigan qator maxsus belgilarning shakllanishiga sabab bo‘lgan. Amaldagi (kirillcha) O‘zbek yozuvining grafik tavsifi bo‘yicha xulosalar. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan shu narsa ma`lum bo‘ladiki, rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi fonografik (harf-tovush) yozuv tipiga mansub bo‘lsa-da, amalda u ideografik (semasiografik) yozuv elementlari bilan qorishgan holda qo‘llanib kelmoqda. Bu tabiiy bir holdir, chunki yozuvning funktsional-uslubiy xususiyatlari, yozma matnning grammatik va kompozitsion qurilishi fonografik va semasiografik yozuv birliklaridan kompleks holda foydalanishni taqozo qiladi. bu hol yozuvning grafik «to‘qima»sida fonografema, proso-demografema va logografema kabi grafema tiplarining hamda signalizatorlik funktsiyasida qo‘llanadigan qator maxsus belgilarning shakllanishiga sabab bo‘lgan. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xusu-siyatlaridan yana biri shuki, unda grafik polisemiya va grafik sinonimiya hodisalariga keng o‘rin berilgan, bu sistemada grafemalarning sintetik va analitik tiplari ham mavjud. Bularning barchasi O‘zbek yozuvi grafikasining nihoyatda murakkab sistema ekanligidan dalolat beradi. Uning shu qadar murakkab bo‘lishiga olib kelgan omillar ichida bittasi - O‘zbek alifbosi va grafikasiga rus alifbosi va yozuvining struktural-funktsional xususiyatlarini maksimal singdirishga bo‘lgan intilish alohida o‘rin tutadi, ayni shu intilish O‘zbek yozuvining ortiq darajada ruschalashtirilishiga olib kelgan,
Do'stlaringiz bilan baham: |