Mtmda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni


Download 0.8 Mb.
bet14/26
Sana18.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1211004
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
vvvvvvvvvvvvvvvvvvvKichik yoshdag19 mavzui

Kuylash faoliyati bolalarning musiqa o‘quv qobiliyatlarini hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Guruhda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida bola o‘z ovoz ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlarining ijrolarini eshitib ko‘zatadi va ular bilan birga jo‘rnavozlik qilishga intiladi. Zotan, tinglash va kuylash o‘quv dasturi ta’lim mazmuning asosini tashkil etadi. Bolalarda kuylash va tinglash faoliyatlarini o‘rganishi bilan birga cholg‘uchilik, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari ham har tomonlama rivojlantiriladi, bilim va malakalarni o‘zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida egallash imkoniyatlari yaratiladi.
Musiqa ijodkorligi faoliyati yangi o‘quv dasturiga ilk bor kiritilgan. Bu faoliyat bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakalarini o‘stira borish uchun katta ahamiyatga egadir. Bu faoliyat bola ijrosida doira chertib jo‘rnavozlik qilish, kuy ohanggiga mos harakatlarni xususan, raqs harakatlarini topish, she’r parchasiga kuy bastalash kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi.
Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o‘yin uslublaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu faoliyatlar zamiri ko‘proq o‘yin xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Yangi o‘quv dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasida berilgan. Bu rahbarlarga musiqiy asarlarni guruh imkoniyatlari va o‘quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o‘qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir paytda rahbar dasturga kiritiladigan ammo, badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim, Bolalarinng kichik yoshlik xususiyatlariga, idrok amaliyotiga mos bo‘lgan yangi asarlaridan keng foydalanish xuquqiga ham egadir. Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek musiqa ijodkorligi faoliyatida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Mashg‘ulot sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa mashg‘ulotlarni rejalashtirishda va mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda ijodiy yondoshishni toqozo etadi. Bunda shu narsaga e’tiborni qaratmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg‘ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida ko‘rsatilgan bo‘lsada, ammo mashg‘ulotlarni rejalashtiirishda va ularni o‘tishida musiqa faoliyatlari mashg‘ulot mazmunidan kelib chiqish va uning mohiyatini ochib berish lozim bo‘ladi. Shunday qilib, mashg‘ulotda musiqa faoliyatlari mantiqan va mazmunan birlashadi.
Kichik yoshdagi bolalarga musiqa tarbiyasi berishda oila va bog’cha hamkorligi yaxshi natijalar beradi. Bu haqda keyingi paragrafda so’z boradi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling