Mtmda innovatsion texnologiyalar


Download 1.34 Mb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1288848
  1   2   3
Bog'liq
AYTMURATOVA UMIDA


Mavzu: Maktabgacha yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari.
Reja:
1. Maktabgacha yoshsagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodilarining tasnifi
2. Metod va metodik usullardan turli yoshdagi guruhlarda foydalanish
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqaga órgatishning bosqichlari

Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va mazmuniga qarab belgilanadi. Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda bilim olishlariga ham bog’liqdir. Bunda birinchi manba musiqaning o’zi bo’lishi tabiiy, chunki«faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va kunikmasini orttirib borishga qaratilgan buladi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi berishning o’zaro uzviy boglangan uchta metodi bor:
ko’rgazmali metodi;
so’zlab berish metodi;
amaliy faoliyat metodi.
Bu metodlarning har biri ma’lum spetsifik xususiyatlardan kelib chiquvchi qator usullarni o’z ichiga oladi. O’rganish protsessida ulardan qaysi birini tanlash muayyan musiqa mashg’ulotining konkret vazifasi, ijro yetilayotgan musiqa materialining murakkabligi, o’qitishning yetaplari va bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
Bolalarga turli metodik usullardan foydalangan holda musiqaviy ta’lim-tarbiya berishda pedagogik quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
bolalarga tavsiya yetilayotgan musiqa materialining badiiyligini va uning sifati ijrosini ta’minlash;
muayyan bolalar kollektivining o’ziga xosligini, uning umumiy va musiqaviy taraqqiyot darajasi, uyushqoqligini hisobga olish;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani obrazli va aniq idrok yeta olishini e’tiborga olish;
g) asar mazmunini va musiqaviy ifoda vositalarini bolalar hissiyotini va ongiga yetkaza
bilish;
bolalarni aktivlashtirish, ularning yetiborini musiqa sadosiga torta bilish;
ta''lim berish jarayonida bolalarda musiqaviy obrazni idrok yetish qobiliyatini tarbiyalash.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling