Mtmda innovatsion texnologiyalar


Download 1.34 Mb.
bet3/3
Sana23.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1288848
1   2   3
Bog'liq
AYTMURATOVA UMIDA

AMALIY FAOLIYAT METODI. Bolalarning konkret faoliyati ma’lum maqsadlarga yo’naltirilgan hamda sistemali mashg’ulotlar tarzida olib boriladigan ta’lim-tarbiya sifatida qaraladi.
Qo’shiq aytish va muzikal-ritmik harakatlarni bajarishda bolalarga shunday rahbarlik qilish kerakki, ular topshirikni mumkin qadar ta’sirli va ifodali qilib bajarishga intilishsin.
Bolalarni o’rgatish jarayonida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish mumkin. Bunday murakkablashtirish bolalarning ko’nikma darajasiga va ta’lim programmasiga xilof bo’lmasligi kerak. Ba’zi qiyin holatlarga duch kelganda yesa bolalar bilan alohida individual ishlash tavsiya qilinadi.
Musiqaviy tarbiyaning barcha metodlaridan pedagog bir butun sistema sifatida foydalanadi. So’z bolani asarning mazmunini xis yetishga va tushinishga undaydi, musiqa yesa bolada paydo bo’lgan tassurotni yemotsional jihatdan chuqurlashtiradi. Musiqa hissiyotga qiladi, ayni paytda fikr ham tug’diradi. Fikr esa konkret. chlarsiz yalong’och holda bo’lmaydi.
Bolalar muzika asarini, ayniqsa, programmasiz (ma’lum syujet mazmuniga yega bo’lmagan) asarni tushuna olishi uchun pedagog musiqani idrok qilish, his yetish protsessida bevosita boshchilik qilish, buning uchun musiqa asarining mazmunini tushuntirib borishi, badiiy obrazlarni tushuntirishda yesa nihoyatda yehtiyotkor bo’lishi kerak.
Ma’lum musiqa-ritmik topshiriqni o’zlashtirish va bajarish uchun bolalar shu musiqa va tonshiriqni yeshitibgana qolmay, balki uning qanday ijro yetilishini ko’rishi ham kerak. Musiqa asarlarining badiiy obrazi shu daraja ta’sirchan bo’ladiki, pedagog tushuntirish jarayonida bu obraz ta’sirini so’ndirmasligi, musiqa asarining mazmunini ptayuxan uzib qo’ymasligi, balki aksincha yuksak pedagogik takt va mahorat bilan uni yanada chuqurlashtirish rivojlantirishi kerak.
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling