Mtmda innovatsion texnologiyalar
Download 1.34 Mb.
|
AYTMURATOVA UMIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO’ZLAB BERISh METODI
KO’RGAZMALI METOD. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof-muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va badiiy obrazlarda ko’rsatishga, ularni hayot va turmush jixozlar bilan tanishtirishga asoslanadi.
yeshitishga asoslangan ko’rgazmalilik. Bunda bolani o’rgatish bevosita musiqa yeshitish orqali bo’ladi. Musiqa yeshitish maxsus mashg’ulot paytida yoki bola tomonidan qo’shiq va musiqaviy-ritmik harakatlarning ijro yetilishi paytida bo’lishi mumkin. ko’rishga asoslangan ko’rgazmalilik. U musiqa sadolari bilan qushib olib boriladi. Bu usulga quyidagilar kiritiladi: qo’shiq aytish usullari, yo’llaridan, turli o’yin, raqs, mashq harakatlaridan namunalar ko’rsatish; muayyan muzika asari bilan bogliq o’yinchoqlarni, rasm, kostyum va boshqa predmetlarni ko’rsatish va h.k. SO’ZLAB BERISh METODI. Bu metod bola ongiga mo’ljallangan bo’lib, uning faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligani oshiradi. So’zlab berish metodini quyidagi usullari bor: 1 )tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo’shiq aytish, uyin va raqslarni qo’yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa, ortiqcha qaytariqlarsiz bo’lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar tomonidan o’zlashtirila boshlangan dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi tushuntirishlar programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o’yinlarni ijro etishda qo’llanishi mumkin. 2. Izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang turli yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq bo’lishi ko’gshncha tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi. Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak. Pedagog bolalarni izohni oxirigacha tinglashga o’rgatadi. 3. ko’rsatma berish. Ko’rsatmalar odatda bolalar turli o’yin, raqs va mashiqlarni bajarayotgan paytda beriladi. Masalan, «O’ng yelka tomondan aylanish kerak», «Oyoq barmoqlarini pastga cho’zing» kabi. Bunday ko’rsatmalar u yoki bu harakatni qanday bajarish kerakligini anglab olishga, harakatlarni bajarish usullari bilan bog’liq tushunchalarni aniqlashga yordam beradi; 4. poetik nutq. Programmali musiqa asarini ijro yetishdan oldin kichikroq prozaik yoki poetik asarni yoxud ulardan biror parchani o’qitish (o’qib berish) bolalarning musiqa asari obrazini chuqurroq his yetish va tupgunib olishga yordam beradi. 5. suhbat. U odatda musiqa tinglab bo’lganidan so’ng o’tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalar musiqadan olgan ta’surotlari haqida gapirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat bildirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat oildirishadi, baho berishadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling