Mtt turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi va tashkil qilish

Download 14.33 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi14.33 Kb.
#1801646
1   2   3   4   5
Bog'liq
MATEM SLAYD-2

O'rta guruh.Bolalarga to‘g‘ri usullardan foydalanib 3, 4, 5 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish va bu sonlar doirasida sanashni o‘rgatish: bir qator qo‘yilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taalluqli qilib aytish, masalan, “Bir, ikki, uch, - hammasi bo‘lib uchta qalam”, “Bir, ikki, uch, to‘rt - hammasi bo‘lib to‘rtta qalam” tarzida.

Bolalarga 3, 4, 5 gacha bo‘lgan sanoq va tartib sonlarni o‘rgatish,

“Qancha?”, “Qaysi?”, “Nechanchisi?”, “Sanoq bo‘yicha nechanchi?”,“Nechanchi o‘rinda?”, “Hammasi bo‘lib nechta?” savollariga javob berib, sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish.

Bolalarga predmetlarning ikki guruhini qiyoslashni mashq qildirish va taqqoslashni o‘rgatish, masalan (“Bir, ikki, uch, to‘rt, besh – hammasi bo‘lib beshta koptok", “Bir, ikki, uch, to‘rt – hammasi bo‘lib to‘rtta kubik. Beshta ko‘p, to‘rtta kam. Koptoklar kubiklardan bitta ko‘p ekan”).

5 gacha bo‘lgan sonni o‘zidan kichik bo‘lgan ikkita songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan, “Senda 5 ta olma bor, ikkitasini ukangga berding. O‘zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat qilish.

Katta guruhga kelguncha bolalarda yetarlicha katta sensor tajriba to`plangan va shakllarni tekshirish ko`nikmasi takomillashgan bo`ladi. Tarbiyachi bolalarning geometrik shakllarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o`rta guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga atrofdagi buyumlardan doira, uchburchak, kvadrat shaklini topishni o`rgatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishda buyumlar haqidagi har xil bilimlaridan, ularni differensiallash yoki guruhlarga birlashtirish, alohida alomatlari bo‘yicha umumlashtirish malakalaridan foydalanish kerak. Bunday topshiriqlar bolalarning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Tarbiyachi sonli kartochkani ko‘rsatadi va kartochkada nechta doiracha bo‘lsa, shuncha buyumni ajratib sanab qo‘yishni taklif qiladi.

Download 14.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling