Mttayyorlashda bolalar faoliyatini tshkil etish ahamiyati Reja


Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi


Download 25.94 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi25.94 Kb.
#1557183
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MTTayyorlashda bolalar faoliyatini

Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ta’lim tashkiloti pedagogik jamoasi faoliyatini yo’naltirish, tarbiyalanuvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta’minlash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilg’or pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilash;
- Ustoz-shogird an’analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
- tarbiyalanuvlarni jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan barkamol, vatanparvar va yurtparvar shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish

3.Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti va uni pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi o`rni.
Uslubchining liderlik va rahbarlik xususiyatlari Uslubchi jamoani boshqarishda, avvalo, o’zi shaxsiy namuna ko’rsatishi lozim. Umuman olganda, ba’zan adabiyotda «lider» so’zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish xollari ko’p uchraydi, O’ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos o’lgan psixologik xususiyatlarni to’liq, ifodalay olmaydi. «yetakchi» so’zi odatda guruhga munosabat sifatida, uning a’zolariga ta’sir o’tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan qo‘llanadi. yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo’lgan fazilatlarni ifodalovchi yana talay jihatlar ham borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etish mumkin emas. Nazarimizda, «yetakchi» so’zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga bo‘lgan ishtiyoqi mavjudligi “peshqadam” iborasi esa ma’lum fazilat ortidan guruhining ergashishidan kelib chiqadi. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o’zgalarni o’ziga jalb etish fazilatida namoyon bo’ladi. Shunday qilib, «lider» so’zini faqat «yetakchi» atamasi bilan bir xillashtirganlik jihatlari bor. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo’llanma matnida «lider» so’zidan foydalanishni maqsadga muvofiq, bundan tashqari, «lider» so’zi zamiridagi ma’noni anglab olish o’zbek kitobxoni uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Liderlik va rahbarlik. Bunday mavq’e rasmiylikka kiritilishi mumkin. Rasmiy xodim guruhda muayyan yoki norasmiy tarzda o’z mavqe xodimning mansab pog’onasidagi o’rni va uning lavozimidan kelib chiqadigan vakolatlari bilan ifodalanadi. Har qanday xodim o’z hamkasblari bilan o’zaro munosabatda bo’lar ekan, turli omillar ta’sirida bu munosabatlar hissiy tus ola boshlaydi. Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki yoqlama yoqtirish (
Download 25.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling