Mttayyorlashda bolalar faoliyatini tshkil etish ahamiyati Reja
simpatiya) shakllanadi va namoyon bo’ladi, ular o’zining ma’lum yoqtirmaslik (antipatiya
Download 25.94 Kb.
|
MTTayyorlashda bolalar faoliyatini
simpatiya) shakllanadi va namoyon bo’ladi, ular o’zining ma’lum yoqtirmaslik (antipatiya) tarzida bo‘ladi. Shunday xodimlar ham bor hislatlari bilan jamoaning ko‘pchilik a’zolarida simpatiya uyg’ota oladi va guruhning norasmiy tizimida yuqori mavqeni egallaydi. Psixologik talqin bo‘yicha jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallagan xodim rahbar bo‘lib hisoblansa, norasmiy tizimda bunday shaxs lider sifatida e’tirof etiladi. Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar tizimida namoyon bo’ladi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan olinishi unga nisbatan hissiy yaqinlikni, faoliyati bilan bog‘lik, bo‘lgan qator fazilatlarining yuqori baholanishini va ushbu shaxsning guruh manfaatlariga befarq, emasligini anglatadi. Lider guruhning barcha a’zolari tomonidan tan olingan shaxs. Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy xususiyati - guruh manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishi, guruh oldiga qo’yilgan vazifani yechishga sidqidildan kirishishi va bu jarayonga jamoa a’zolarini safarbar eta olishidir. Mehnat jamoasidagi lider, avvalambor, o’zining ishchanlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli bosh1qalardan ajralib, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, lider guruh manfaatini himoya etar ekan, kezi kelganda, rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar manfaatlariga qarshi chiqa oladi. Oqibatda, jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider o‘rtasida ziddiyat paydo bo’lishi mumkin. Korxona manfaatidan kelib chiqsak, jamoadagi rasmiy rahbar va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan norasmiy lider bir shaxs timsolida namoyon bo’lishi eng maqbul holdir. Zamonaviy psixologiya fani sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanib, liderga xos fazilatlar tabiati va unga erishish yo’l-yo’riqlari haqida yetarlicha ma’lumot olish imkoniyati bor. Shu munosabat bilan, liderga xos bo‘lgan xususiyatlarni uch toifaga ajratish mumkin:
1) jamoa manfaatlariga yo’nalganlik; 2) yuksak kasbiy mahorat, har qanday muammoli vaziyatda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va ishni oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo‘lish; 3) emotsional-hissiy jalb etuvchanlik xususiyatlari. Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar muayyan ketma-ketlikda keltirilishi ham o‘z mantig‘iga ega. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, hissiy jalb etuvchanlik lider shaxsda yaqqol ko‘zga tashlanishi shart emas ekan. Shaxsda bu ko‘rsatkichning o‘rta darajada namoyon bo‘lishi, uni lider sifatida tan olinishi uchun yetarlidir. Lekin insonga xos hissiy jozibadorlik ko’rsatkichining pastligi ish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Rahbarning muloqot sirlarini mukammal egallash orqali atrofdagilarda o‘zi haqida ijobiy taassurot uyg’ota olishi ushbu ko’rsatkichni oshirish imkonini beradigan asosiy vositadir. Rahbarlik tayinlanadigan lavozim bo’lsa, liderlik hamfikrlar tomonidan ko‘tarilgan shaxs mavqeidir. Agar rahbar va lider o’rtasidagi farqqa e’tibor beradigan bo‘lsak, qator jihatlarni sanab o’tish mumkin. Masalan, rahbar xodimlarni boshqarsa, lider hamfikr tarafdorlariga tayanadi; rahbar tayinlansa, lider jamoa a’zolari orasidan ajralib chiqadi; rahbar hokimiyatiga suyanib faoliyat yuritsa, lider obro’siga tayanadi. Rahbar o‘z majburiyati bo‘yicha tashkilot manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi va unga xos rasmiy tus kasb etadi, jamoa oldida esa liderga nisbatan bir muncha «zaif» holatga tushib qolishi mumkin. Hayotda shunday jamoalar ham uchraydiki, ularda rasmiy rahbar va lider alohida-alohida shaxslar timsolida namoyon bo’ladi. Bunday jamoa hayotidagi ko’pgina vaziyatlarda guruh a’zolari rahbardan ko’ra norasmiy lider tomonida bo‘lish ehtimoli kuzatiladi. Jamoadagi rasmiy rahbar va norasmiy liderning o‘zaro munosabati doimo qiyin masalalar sirasiga kiradi. Bunday vaziyatda, odatda, ko‘pchilik rahbarlar liderni siqib chiqarishga, undan qutulishga intilishi kuzatilsa, oqilona fikrlaydigan boshqa rahbar liderning imkoniyatidan foydalanishga, uning salohiyatini guruh maqsadlariga tezroq, erishish yo‘liga safarbar etadi. Rahbarning lider bilan o‘zaro til topishi, hamfikr bo‘la olishi, shak-shubhasiz, bo‘lajak muvaffaqqiyatlar garovidir. Buning uchun rahbardan ham topqirlik, sabr-toqat va o‘z shaxsiy manfaatidan ustun tura olish qobiliyati namoyon bo‘lishi talab etiladi. Rasmiy rahbar va guruh lideri boshqa-boshqa shaxslar bo‘lsa, ular o‘rtasidagi kelishmovchilik ko‘pgina xodimlar tomonidan ijtimoiy adolatning buzilishi sifatida talqin etiladi. Lider bilan munosabatni rivojlantirish esa, aksincha, guruhdagi kuchlarni tan olish, oqdillik yo’lini tanlash, deb baholanadi. Rahbar sezgir shaxs sifatida nafaqat liderga, balki bunday xislatga ega bo‘lgan har bir guruh a’zosiga alohida diqqat-e’tibor qaratishi lozim. Zero, lider bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish orqali guruhning boshqa a’zolari bilan o‘zaro foydali munosabatlarni shakllantirish imkoniyati ko’riladi. Shu ma’noda, guruhda norasmiy liderning mavjudligi rasmiy rahbar uchun guruh a’zolari bilan iliq munosabatlarni yo’lga qo‘yishda o‘ziga xos ko‘prik sifatida xizmat qiladi. Download 25.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling