Mttgacha ta'lim mazmuni va metodlarining varyativligi
TURLI YOSH GURUHLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM METODLARINI QO'LIASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATIARI
Download 26.84 Kb.
|
Mttgacha ta\'lim mazmuni va metodlarining varyativligi
TURLI YOSH GURUHLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM METODLARINI QO'LIASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATIARI.
Maktabgacha ta’lim metodlarini faollashtirish yoilari. Mustaqil ish va uning turlari Maktabgacha ta’lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materi-alini o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish usullariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish imkoniyatini beradi. Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi bo'yicha ta'lim jarayonida individual ta'lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o'qitishni nafaqat o'qitiladigan fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga imkon beradi, deb qaraladi. Ta'lim oluvchining yaratuvchilik (ijodiy potension) qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta'lim olish madaniyatini, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan jamiyat qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasi-ni bajarish (axborot texnologiyalari sohasi, axborot ta'lim hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi jarayonlarni rivojlantirishdagi optimal variantlarni tanlashda istiqbolli natijalarni qoiga kiritishni kafolatlaydi. Bunda faol ta'lim jarayonini amalga oshiriladi. Faol ta'limbu ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi tizimli pedagogik jarayondan iborat. Faol ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim va harakat usullari mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqa-rish vaziyatlarida qo'llanishga yaroqli bo'ladi. Bunda asosan quyidagi Maktabgacha ta’lim metodlaridan foydalaniladi: bahs-rnunozara; fikrlashga jalb qilish; doskada mustahkamlash; turli ta'limiy-kasbiy o'yinlarni arna-liyotga joriy etish va hokazo. Maktabgacha ta’lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta'lim qonunlariga e'tiborni kuchaytirishni taqozo etadi. Bunga sabab ta'limda mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning xarakteri va ta'lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, har bir ta'lim jarayonning holatiga mos ular uyg'unligidan oqilona foydalanish dars samaradorligini ta'minlashga imkoniyat yaratadi: Ta'lim tamoyillari. Bu o'qish va o'qitish jarayonida obyektivmavjud bo'lgan va uni bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog'liqlikdan kelib chiqib, odamlar tomonidan ishlab chiqilgan vata'lim jarayonida amal qilishga tavsiya etilgan harakatlar tarkibidir.Pedagogik yondashuv bu ta'lim-tarbiyadagi o'zaro bog'liqlik. Tarkibiy va tashkiliy jihatdan bir butun bo'lgan jarayon va hodisalarni o'rganuvchi pedagogik faoliyatdir. Pedagogik yondashuvlar turlari ular qo'llanilayotgan manbaga mos holda turlicha bo'ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta'lim-tarbiyada keng qo'llanilishi bilan texnologik yondashuvga e'tibor kuchaymoqda. Texnologik yondashuvbu ta'limning aniq kutilgan natijalariga ega bo'lgan uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: tizimli yondashuv asosida o'quv jarayonini loyihalash; o'quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish; ta'lim oluvchilarni ularning xatti-harakatlari asosida o'qitish; teskari (qaytma) aloqa; bilim, ko'nikma va malakalarning to'la o'zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga erishishini kafolatlash; o'qitishning samaradorligi-ga erishish. Pedagogik qobiliyatbu tarbiyachining pedagogik faoliyatga xos boigan zaruriy xususiyatlari majmuasidan iborat bo'lib, unda shu xususiyatlar negizida pedagogik faoliyat bilan mohirona shug'ullana olish layoqatining shakllanganligini ko'rsatuvchi muayyan darajadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y 2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y 3. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y 4. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon.,“Xayot” 2001 y 5. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “Tarbiyachi” 1990 y 6. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “Tarbiyachi” 2004 y 7.Подласий И.П. Педагогика.—Москва, Висщая образования, 2008г 8. M.To’xtaxo’jayeva “Pеdagogika” T., “Tarbiyachi” 2010 y Download 26.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling