Muallif: Chust tuman xtmfmtte


Yangi mavzu bауоni (20 min)


Download 1.09 Mb.
bet4/6
Sana09.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#265964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eukariot hujayra sitoplazma-9-sinf

3. Yangi mavzu bауоni (20 min)

Reja:

1. Eukariot hujayra haqida tushunchalar berish.

2. Sitoplazmaning tuzilishini o`rganish.

3. Sitoplazma organoidlarining tuzilishi.



4. Tashqi sitoplazmatik membrana.

O’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni bеradi. Ma’lum vaqt bеlgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. “Ven diagrammasi” Sinf taxtasiga quyidagi tartibda uchta doira chiziladi:

Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

1-guruh o’simlik va hayvon hujayrasi tuzilishidagi o’xshash va farqli jihatlarni taqqoslaydilar. O’simlik hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar diagrammaning 1-qismiga, hayvon hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar diagrammaning 2-qismiga va har ikkala organizmda uchraydigan organoidlar 1- va 2-diagrammalarning kesishmasidan hosil bo’lgan qismiga yoziladi.

2-guruh hayvon va odam hujayrasining tuzilishini taqqoslaydi va diagrammaning 1-qismga hayvon hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar, 2-qismga odam hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar, har ikkala organizm hujayrasiga xos bo’lgan organoidlar esa 1- va 2-qismlar kesishmasiga yoziladi.

3-guruh odam va o’simlik hujayralari o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlarni topishga harakat qiladilar. Ular odam hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlarni diagrammaning 1-qismiga, o’simlik hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlarni diagrammaning 2-qismiga, har ikki organizmga xos bo’lgan organoidlarni esa 1- va 2-qismlar kesishgan joyiga yozadilar.

4-guruh a`zolari har uchchala doira kesishmasidan hosil bo’lgan markaziy qismga o’simlik, hayvon va odam organizmi hujayrasiga xos bo’lgan organoidlarni yozadilar.



Guruhlar tomonidan vazifa bajarilib bo’lingach, liderlar tanlanadi. Liderlar o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks ettirilgan diagrammani to’ldiradilar.


Eukariot hujayralarda qo'shqavat qobiq bilan o'ralgan yadro, murakkab tuzilishga ega bo'lgan «quvvat stansiya»lari — mitoxondriyalar; o'simliklarda bulardan tashqari yana xloroplastlar bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda «Yadroli» organizmlarning barcha hujayralari yuksak tuzilishga ega bo'lib, kislorod bilan nafas olishga moslashgan va shuning uchun ko'p miqdorda energiya ishlab chiqarishi mumkin.

Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o'zining tuzilishi jihat-dan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Hujayralar bajaradigan vazifalariga qarab turli-tuman shaklga ega bo'ladi: yumaloq (tuxum va yog' hujayralari), yulduzsimon (biriktiruvchi to'qima hujayralari), o'simtasimon (nerv hujayralari), amyobasimon ya'ni, shaklini o'zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to'qima hujayralari).

Hujayralar turiicha katta-kichiklikka ega. Ko'p hollarda ular juda kichik bo'lib 10 — 100 mkm ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masa-lan, tarvuz hujayralarini oddiy ko'z bilan kuzatish mumkin. Eng katta hu-jayralarga qushlarning tuxumi misol bo'ladi.



Hujayralar katta-kichikligiga qarab turli og'iriikka ega. Masalan, tuyaqush tuxumining og'irligi 100 g dan 1,5 kg gacha boradi. Qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning og'iriigi esa 10-9g (ya'ni, 0, 000 000 001 g) ga teng.

Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o'zining tuzilishi jihat-dan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ularga sodda hayvonlar (soxtaoyoqlilar, xipchinlilar, infuzoriyalar), zamburug'lar, yuksak o'simlik va hayvonlar kiradi. Eukariot hujayralar prokariotlarning murakkablashishi tufayli paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi. Har bir hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va yadrodan iborat.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling