Muallif: Jomboy tuman XTMFMTTE
bo’limiga qarashli 26-umumiy o’rta
ta’lim maktabining biologiya fani
o’qituvchisi Karimov Zafar
Mavzu: Eukariot hujayra. Sitoplazma
Darsning texnologik xaritasi
Maqsad va vazifalar
|
Eukariot hujayra va sitoplazma haqida ma’lumot berish, o`quvchilarda axloqiy – ekelogik tarbiya berish mavzusiga oid bilim, ko`nikma va malaka hosil qilish, kasbga yo`naltirish
|
O`quv – tarbiya jarayonining mazmun mohiyati
|
Eukariot hujayra va sitoplazma organoidlarining tuzilishi mazmun mohiyatini tushuntirish orqali bolalarga biologik bilimlar hosil qilish, axloqiy, ekologik tarbiyani shakllantirish
|
Dars jarayonini amalga oshirish usullari, texnologiyasi
|
Metod: “Sinf bilan ishlash”, “Og`zaki bayon qilish”, suhbat
Usul: savol – javoblar
Shakl: ma’ruza, jamoada ishlash
Vosita: 9-sinf “Biologiya” darsligi, savollar, rasmlar, elektron darslik, komp’yuter
Nazorat: og`zaki, o`z-o`zini nazorat qilish.
Baholash: rag`batlantirish, balli sistema asosida
|
Kutilayotgan natijalar
|
O`qituvchi: “Eukariot hujayra va sitoplazma” mavzusini yoritishda qisqa vaqt ichida o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarning darsga, fanga qiziqishi ortadi. Bir qancha o`quvchilarni baholaydi. Maqsadga erishadi.
O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka tartibda ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi rivojlanadi – ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi.
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: o`quvchilarni biologiya faniga qiziqtirish yo`llarini, mavzuning hayotga fan, tibbiyot bilan bog`lanishini boyitish.
O`quvchi: Eukariot hujayra va sitoplazma haqida tasavvur qiladi, qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlaydi, o`z fikrini ravon bayon qila oladi, mustaqil fikrlaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |