Muallif: Chust tuman xtmfmtte


Tashqi sitoplazmatik membrana


Download 1.09 Mb.
bet6/6
Sana09.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#265964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eukariot hujayra sitoplazma-9-sinf

Tashqi sitoplazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. U hujayra si-toplazmasini tashqi muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to'xtovsiz harakatda, unda qavariq va botiqlar paydo bo'ladi, to'lqinsimon tebranma hara-kat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar ko'chirilib turadi. Sitoplazmatik membrana yuksak pishiqlikka va elastiklikka ega bo'lib, ozgina shikastlangan vaqtlarda ham o'zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.

Biroq sitoplazmatik membrana bir tekis chiziqdan iborat emas: u juda ko'p sonli mayda-mayda teshikchalar (g'ovaklar) bilan ta'minlangan. Ular orqali hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali mod­dalar o'tishi mumkin. Shu bilan birga bunday moddalar hujayra ichkarisiga to'g'-ridan-to'g'ri membrana orqali ham o'ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol tanlab o'tkazish jarayoni bo'lib, energiyaning sarflanishini talab qiladi.



Sitoplazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan o'tib ketsa, boshqalari umuman o'tmaydi. Masalan, K+ ionlarining hujayra ichidagi miq-dori, uning tashqarisiga nisbatan ko'p bo'ladi. Na+ ionlari aksincha hujayra tashqarisida ko'p. Hujayra membranasining tanlab o'tkazish xususiyati yarim o'tkazuvchanlik deb ataladi. Yuqorida qayd qilingan ikki yo'ldan tashqari, kimyo­viy birikmalar va qattiq zarrachalar hujayraning ichki qismiga pinotsitoz va fagotsitoz yo'li bilan ham o'tadi.

Hujayra membranasida botiq joy hosil bo'lib, uning ikki uchi hujayralararo suyuqlikni (pinotsitoz) yoki qattiq moddalarni (fagotsitoz) asta-sekin qamrab olib, bir-biri bilan tutashadi.

Sitoplazmatik membrananing yana bir vazifasi ko'p hujayrali organizmlar to'qimasida hujayralar o'rtasidagi aloqani ta'minlashdir. Bu birinchidan, juda ko'p burmalar va o'simtalar hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar tomoni­dan hujayralararo bo'shliqni to'ldiruvchi juda zich biriktiruvchi moddalarni ajratish bilan amalga oshiriladi.

O'simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sitoplazmatik mem-brana bilan o'ralgan bo'ladi. Biroq bundan tashqari hayvonlar hujayrasida uchramaydigan sellulozadan iborat qalin hujayra qobig'iga ham ega. Hujayra qobig'ida maxsus teshikchalar bo'lib, qo'shni hujayralarning endoplazmatik to'rlari bir biri bilan tutashgan bo'ladi.

Zamburug'laming hujayralari ham xuddi o'simlik hujayralari kabi hujayra qobig'i bilan o'ralgan. Ammo ular selluloza emas, balki xitinsimon modda-lardan iborat.

II. Bilimlarni mustahkamlash.



1.Eukariot hujayraning asosiy tarkibiy hususiyatlarini hamda hujayraga moddalarning kirish mexanizmi, sitoplazmatik membrananing vazifalari to’risidagi suhat asosida mavzu mustahkamlanadi.

2. “Rasmlarni joylashtir” metodi yordamida eukariot hujayra topografiyasi organiladi va tahlil qilinadi. Bu metod alohida-alohida rasmlardan iborat hujayra qismlari yahlit bir holatga keltirish orqali amalga oshiriladi.

Dars davomida faol ishtirok etgan guruhga va o’quvchilarga to’g’ri javoblar uchun rag’bat kartochkalari berib boriladi. Shu asosida ular baholanadilar va baholar hamda faol guruh nomi e’lon qilinadi.


Uyga vazifa.: Darslikdagi mavzuga oid savol va topshiriqlarni bajarish hamda “Endoplazmatik to`r, ribasoma, golji majmuasi, lizasoma, mitaxondriya, hujayra markazi” mavzusiga tayyorgarlik ko`rish.
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling