Muallif: Chust tuman xtmfmtte
Download 1.09 Mb.
|
Eukariot hujayra sitoplazma-9-sinf
Sitoplazma. Sitoplazmada bir qator tuzilmalar (organoid va organellalar) bo'lib, ularning har biri o'ziga xos xususiyatga ega va malum vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Ko'pchilik organoidlar barcha hujayralar tarkibida uchraydi (mi-toxondriya, hujayra markazi, Golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik to'r, lizosoma), boshqalari esa faqat malum turdagi hujayralarda mavjud (miofi-brilla, ki prikcha va boshqalar).
Sitoplazmada turli xil moddalar ham to'planadi. Ular kiritmalar deb ata-ladi. Bular sitoplazmaning (ba'zan yadroning) doimiy bo'lmagan tuzilishi hisoblanib, organiodlardan farqli ravishda hujayraning hayot faoliyati jarayo-nida goh paydo bo'lib, goh yo'q bo'lib turadi. Qattiq holda uchraydigan kiritmalar granulalar, suyuq holdagisi esa vakuolalar deb ataladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayrada yana bir qator mahsulotlar: sekretsiya qiluvchi hujayralarda oqsil granulalari, pigmentlar yoki zaxira ozuqa moddalar — gliko-gen donachalari, yog' tomchilari uchraydi. Hujayra membranali tuzilishga asoslangan. Bunga ko'ra hujayra bir xil tuzilishga ega membranalardan tashkil topgan. Bu membranalar ikki qavat lipidlardan iborat, ularning ichki va tashqi tomonidan oqsil molekulalari har xil chuqurlikka botib kirgan. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling