Muallif: M. B. Dusmuratov f I z I k a (oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun qoilanma)


Download 460.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.10.2023
Hajmi460.88 Kb.
#1716458
1   2   3
Bog'liq
Do`smurotov reforget

tok kuchi va yorug'lik kuchi) fizik kattalik asosiy birlik sifatida, 2 ta (yassi 
burchak va fazoviy burchak) fizik kattalikl esa qo‘shimcha birlik 
sifatida ishlatiladi. Qolgan barcha kattaliklar hosilaviy birliklardir. 
“Xalqaro birliklar sistemasi” - SI (Sisteme lntemationale) fan va 
texnikaning barcha sohalari uchun fizik kattaliklaming universal 
sistemasi bo‘lib, u 1960 yilning oktyabr oyida o‘lchov va tarozilar XI 
bosh konferensiyasida qa’bul qilingan. Bu konferensiyaning qaroriga 
binoan Xalqaro birliklar sistemasida yettita asosiy, ikkita qo ‘shimcha 
kattalik hamda shularga mos yettita asosiy, ikkita qo‘shimcha birlik 
hamda juda ko'p hosilaviy birliklar qabul qilingan. Yassi va fazoviy 
burchaklar o‘z o`lchamligiga ega bo`lmagani uchun, ular Xalqaro 
birliklar sitemasining qo‘shimcha kattaliklar qatoriga kiradi. 


Mexanika
- nuqta yoki jismning (nuqtalar sistemasining) harakati
bilan bog`liq bo‘lgan har qanday tabiat hodisalari va ularning 
sabablarini o'rganadigan fizikaning dastlabki qismidir.
Mexanika fizikaning boshqa bo‘limlaridan oldin rivojlangan. 
Mexanika jismlaming harakati va muvozonati haqidagi fan. Keng 
ma’noda materiya harakati deb, uning har qanday o'zgarishi 
tushuniladi. Lekin mexanikada harakat deb, uning faqat eng oddiy 
shakli, ya’ni jismlaming boshqa jismlarga nisbatan ko‘chishi 
tushuniladi. Mexanika prinsiplarini birinehi bo‘lib 
Nyuton
o‘zining 
1687 yilda nashrdan chiqqan 
“Natural filosofiyaning matematik asoslari” 
deb atalgan asosiy asarida ta’riflagan. To‘g‘ri, Nyutongacha 
Arximed 
(er.av. 287-212y.), Kepler (1571-1630 y.), Galiley (1564-1642 y.), 
Gyugens (1564-1642 y.) 
va boshq ko‘p yirik olimlar statika va qisman 
dinamikaning xususiy masalalarini hal qilishgan. Biroq, Nyuton 
mexanika prnsiplarining to‘liq sistemasini birinchi bo`lib yaratdi va 
ular asosida bu fanning muxtasham binosini qurdi. Nyuton 
mexanikasining ulkan muvaffaqiyatlari, shuningdek baxsga o‘rin 
qoldirmaydigan ilmiy obro'yi olimlaming e’tiborini uning mexanika 
sistemasidagi kamchiliklardan deyarli 200 yil davomida chalg'itib 
keldi. Nyuton mexanikasiga jiddiy tanqidiy qarashlar faqat XIX 
asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi. XX asrning boshiga kelib 
axvol butunlay o‘zgarmaguncha, mexanikaning fizik asoslariga hech 
qanday prinsipial yangilik kiritilmadi. Lekin XX asming boshiga kelib 
va boshqa 
kabi taniqli olimlar Nyuton mexanikasini barcha tabiat 
hodisalariga tadbiq qilib bo`lmasligini rad etib bo‘lmaydigan darajada 
isbot qilib berishdilar. Ayon bo'ldiki, Nyuton mexanikasi 
makroskopik jismlar (juda ko‘p zarralar sistemasi) va kichik tezliklar 
uchun xususiy hol ekan. Mikrodunyo zarralari (atom, yadro, elektron, 
proton, neytron, pozitron, foton va h.) tabiatini tushuntirishda asrlar 
davomida va kundalik turmush davomida ongimizda shakllangan 
klassik tasavvurlardan hamda trayektoriya tushunchasidan voz 
kechishga to‘g‘ri keldi, shu asosda fanga yangi “Kvant mexanikasi" 
degan fan kirib keldi. Katta tezliklar (yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik) 
da jismlar bilan sodir bo`ladigan hodisa sabablarini tushuntirishda esa 
esa shu paytgacha absalyut va izotrop deb hisoblab kelingan fazo va 
vaqtni nisbiy ekanligi hamda fazo va vaqt bir-birdan ajralgan holda 


mavjud bo`lolmasligi kunday ravshan bo‘lib qoldi. Shu asosda 
“Relyativistik mexanika” ga asos solindi. 
Biz o‘rganishnx maqsad qilgan ushbu o‘quv qo‘llanmada
mexanikani quyidagi qismlarga bo`lib o‘rganamiz: 
To‘g‘ri, oliy ta`lim muassasalarida mexanikani asosan uchta 
kinematika, dinamika va statikaga bo‘lib o‘rganiladi. Suyuqliklar va 
gazlar bilan shug‘ullunadigan “Gidravlika”, “Gidrodinamika”, 
“Aerodinamika” kabi yo‘nalishlar keng tarmoqlarga bo`lingan. 
Shuningdek, mexanik tebranishlar va to`lqinlar bilan 
shug'ullanadigan, izchil rivojlangan maxsus yo‘nalishlar ham mavjud. 
Ushbu qo‘llanmaning hajmini, o‘rganuvchilaming saviyasini e’tiborga 
olgan holda hamda murakkabliklardan qochish maqsadida yuqorida 
qayd qilingan qismlami mexanikaning ichiga qisqa va 
soddalashtirilgan holatda kiritish lozim deb topildi.


Kinematika – jismlaming 
harakat qonunlari va 
tenglamalarini o‘rganuvchi 
mexanikaning bir bo`limidir. 
Bunda jismning harakatini 
yuzaga keltiruvchi sabablar 
o'rganilmaydi, ya’ni jismning 
harakatini kuch va massaga bog`lamasdan o‘rganiladi. Bu bobda 
jismning harakati geometrik nuqtai nazardan o‘rganiladi. Ushbu 
bobda turli koordinata sistemalarida jismning harakat tenglamalari
trayektoriya tenglamalari, harakat turi, trayektoriya ko'rinishi, egrilik 
radiusi va hokozalar o'rganiladi. 
Mexainik harakat 
deb jismning fazodagi yoki tekislikdagi
vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga 
aytiladi. 
Agar jismning o`lchami harakati o'rganilayotgan masofaga
nisbatan ancha kichik boisa, bunday jism 
moddiy nuqta 
deyiladi. 
Jismning harakati davomida qoldirgan izi 
trayektoriya
deyiladi. 
Trayektoriyaning uzunligi 
yo`l
deyiladi. Jism harakatining 
boshlang‘ich nuqtasi bilan oxirgi nuqtasini tutashtiruvchi kesma 
uzunligi 
ko'chish
deyiladi. To‘g‘ri chiziqli harakatdan boshqa barcha 
turdagi harakatlarda yo‘1 ko‘chishdan katta bo`ladi. Masalan, taksida 
yo`l uchun, samolyotda esa ko‘chish uchun pul toiaymiz. 
Harakatlanmay tinch turibdi deb, shartli ravishda qo‘zg‘almas
deb hisoblasa bo`ladigan jismlar 
sanoq jismlari 
deyiladi (mas: daraxt, 
uy, ko‘cha, bino va h...). Aslida tabiatda tinch turgan, ya’ni harakatsiz 
turgan narsaning o‘zi yo‘q. Biz shartli ravishda jismlami tinch turibdi 
deb qa’bul qilamiz. Mas: Yer tinch turgandek ko'ringani bilan biz 
bilmagan holda o`z o‘qi va Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. 
Shuningdek Quyosh ham planetalari bilan birgalikda Galaktikamizda 
o‘z manzili tomon suzmoqda. 
Sanoq jismi, sanoq jismiga bog`langan koordinatalar sistemasi va
vaqtni o`lchaydigan asbob sanoq 
sistemasini tashkil 
etadi. Sanoq jismi 
deb ixtiyoriy jismni qa’bul qilishimiz mumkin. Shuning uchun barcha 
sanoq sistemalari teng huquqli bo`lib, sanoq sistemalaridan biri 


boshqasidan ko‘proq imtiyozga ega yoki boshqalaridan avzalroq deb 
bo`lmaydi. Jismning trayektoriya ko‘rinishi ham turli sanoq 
sistemalarida turlicha bo`ladi. Bir sanoq sistemasidan boshqasiga 
Galiley almashtirishlari deb ataladigan almashtirishlar yordamida 
o‘tiladi. Bu almashtirishlar haqida qoilanmaning boshqa bo`limlarida 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Vektorlar mavzusi aslida fanimiz mavzulariga tegishli emas.
Bu bilan maktab, litseylarda “Geometriya” fani yoki oliy o‘quv 
yurtlarida “Vektorlar algebrasi” va “Analitik geometriya” kurslari 
shug‘ullanadi. Lekin, ko‘p masalalarimiz vektor kattaliklar va ular 
ustida bajariladigan amallar bilan bog`liq bo`lgani uchun ushbu 
mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Yo'nalishga ega bo`lgan kesma 
vektor
deyiladi. Vektorlami lotincha kichkina harflar bilan yoki boshi 
va oxiridan iborat katta harflar bilan ham belgilanishi mumkin

Download 460.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling