Muallif: Meri Joslin Rassom: Meil So


 Ruben Joshga ikkita narsa berishni taklif qildi. Ular nima


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.09.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1678049
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pirlsga

13. Ruben Joshga ikkita narsa berishni taklif qildi. Ular nima 
edi? 
 
1._______________________________________________________________ 
 
2._______________________________________________________________ 
 


 
“Rahmat”,-dedi Josh. “Ammo men 
bu yerdagi oddiy hayotimni yaxshi 
ko‘raman va menga yangi uy yoki 
qayiq kerak emas. Menimcha, biz 
qila oladigan eng yaxshi ish - bu 
pullaringni hamma bilan baham 
ko‘rishdir. Shunda hammamiz o‘z 
hayotimizdan zavqlanib 
yashashimiz mumkin”.
Joshning o‘zi uchun hech narsa 
xohlamasligidan Ruben hayratda 
qoldi. Ammo keyin katta boylik uni 
baxtli qila olmaganini esladi va 
jilmayib qo‘ydi.
“Biz bu ishni albatta qilamiz,” - 
dedi u.  
 
 
 
 
 
14. Josh Rubenga pullarini nima qilish kerakligini aytdi?

yangi uy olishni

ko‘plab marvaridlarni sotib olishni

hamma bilan baham ko‘rishni

uni shaharga qaytarib olib ketishni
 


To‘liq hikoya haqida fikrlang.  
15. Hikoyaga ko‘ra Josh yaxshi odam. Joshning yaxshi odam 
ekanligini ko‘rsatadigan ikkita narsani yozing. 
 
1._______________________________________________________________ 
 
2._______________________________________________________________ 

 


BUZILMAGAN UYA
 
G'ayratiy
Yomg'ir kechasi tindi. Beg'ubor zangori osmonda lovullagan quyosh nuri, 
ko'm-ko'k barglar, baxmal sabzalar ustiga to'kilmoqda. Hamma dalada. Bog'larda 
ko'klam taraddudi. 
O'qishdan keyin rasm to'garagida mashg'ulot o'tkazib, kechroq uyga 
keldim. Oyim issiq non yopib qo'ygan ekanlar. Ovqatlanib bo'lganimdan so'ng 
oyim: 
-Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. Tezroq 
ovqat olib bor! - deb qo'limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jonadim. 
O'rtog'im Abboslarning bog'iga yaqinlashganimda qarshimdan qafas ko'tarib 
Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib qolishdi. 
- Yur, qush ovlaymiz, - dedi gerdayib, o'zini ovchilarday ko'rsatib Mahkam. 
- Qarqunoq bolasini olib beraman, - qo'limdan tortdi Xoltoy.-Bobomning 
oldilariga borishim kerak, dedim qo'limdagi narsalarni ko'rsatib.
- Bo'lmasa, tezroq kel, - dedi Sharif. - Katta terakzorda seni kutamiz. 
Men ulardan arang ajralib, yo'lga tushdim. Anchagina kech qoldim. 
Yuragim po'killay boshladi. 
- Assalomu alaykum! -dedim. Bobom daraxtni payvand qilish bilan ovora 
ekanlar. Salom bergan edim, bobom kulib: 
-Vaalaykum assalom, terlab ketibsan, bolam, chopdingmi? - dedilar. - 
Bobomning qorni ochib qoldi, deb o'ylagansan-da. Bekor shoshibsan. Jamoa 
xo'jaligi idorasiga borganimda ovqatlanib olgan edim. 
Bobomning bu gapidan juda xursand bo'lib ketdim. Qo'limdagi narsalarni 
bir chekkaga qo'yib bobomga yordamlashdim. Daraxt shoxlarini bir joyga toplab 


bog'ladim. Payvand qilingan butoqlarga loy chapladim. Bobom payvand qilar 
ekanlar: 
- Ko'zing pishsin, o'rganganing foyda, bolam! -deb qo'yar edilar.. 
Uyga ertaroq qaytdik. Men mayda-chuyda narsalarni ko'tarib olgan edim... 
Qulog'imga yig'i ovozi eshitildi. 
- Bobo, - dedim, - siz ham eshityapsizmi, birov yig'layapti. 
Bobom hayron bo'lib, atrofga alangladilar. 
-Yugur, xabar ol-chi! 
Chopib borib qarasam, o'rtog'im Mahkam ingrab yotibdi. Hammayog'i timalgan. 
Yuz-ko'zi qon. 
-Bobo, - deb chaqirdim, - bu yoqqa keling tezroq. 

Bobom birpasda harsillab yetib keldilar. Mahkamni yerdan ko'tarib oldik. 
Yerda, xas-xashaklar orasida inidan tushgan chumchuq bolalari 
chiyillashardi.Tepamizga ularning onasi kelib chirqillar, goh daraxtga qo`nar, 
goh yerda yotgan bolalariga yaqin kelib, qanoti bilan silab o'tar edi. 
Bu ahvolni ko'rib yuragim ezilib, ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Bobom ham
qattiq xo'rsinib qo'ydilar. 
- Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib betinch qilding. 
Onasini chirqiratding. Shu ham ish bo'ldimi? 
-O'zi tuzukmi, bobo?-tashvishlanib so'radim men. 
- Uyiga xabar berish kerak. Tez yugur, - dedi bobom. 
Orq amga qaramasdan jo'nadim. Bog', maydon oshib,Mahkamlarning uyiga 
yetib keldim. Darvozadan kirsam, oyisi hovli supurayotgan ekan. 
- Ha bolam, tinchlikmi? 
-Meni Mahkam yubordi. Borar emishsiz, - dedim hovliqqanimdan nima 
deyishimni bilmay. 
-Bir gap bo'ldimi? Nega meni Mahkam chaqiradi? Ranging necha o'chib
ketdi? Gapirsang-chi? - dovdirab qolgan oyisi yugurib kelib, qo'limdan ushladi. 
- Yuring, tezroq. 
Bir zumda terakzorga yetib keldik. Mahkamning oyisini ko'riboq bobom: - 
Qo'rqmang, hech narsa bo'lgani yo'q. Yuz-ko'zi sal shilingan, xolos, -dedi. 
Bu gapdan Mahkamning onasi o'zini sal tutib oldi. Shu payt Mahkam bir 
to'lg'andi-da, pichirlab allanarsalar dedi. 
- Ko'zingni och, bolam, nima qildi? -dedi onasi - Ilon! -dedi-yu. Mahkam yana 
jim bo'lib qoldi. Uning gapini eshitib, o'rtog'im bechorani ilon chaqibdi, degan 
fikrga keldim. Bobom ham go'yo ilonni qidirayotganday atrofga qaradi. 
Ma'lum bo'lishicha ilon daraxt butog'iga o'ralib, chumchuq bolalarini yeyishga 
payt poylab turgan ekan. Uni Mahkam ko'rmasdan, chumchuq bolalarini 
kovakdan olayotganida, ko'zi ilonga tushib qolibdi. Qo'rqqanidan terakdan 


sirg'anib, yarmisiga tushganida o'zini yerga tashlab yuboribdi. - Shunday denglar, 
ishqilib ilon Mahkamni chaqmabdi-ku. Endi ilonni yo'q qilish kerak. U 
chumchuq bolalarini yeb qo'yishi mumkin. 
10 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling