Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili
Og‘ir-og‘ir falaklar. .. Oy so‘nar asta-asta
Download 499 Kb.
|
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv ustida, suvlar ustida YUraklarim chisirlaydi-ey… … O‘t ustida, o‘tlar ustida
- Menga Qanday duch kelding sen, uchunchi Moh Qolgan o‘n ikki oy ahvoliga voh.. Butun hayotimning og‘zi to‘la: “oh”… Menda
Og‘ir-og‘ir falaklar. ..
Oy so‘nar asta-asta, Asta-asta yulduzlar. (“Sevgining bir kuni”) So‘z takroridan foydalanish ham ijodkorning badiiy maqsadini ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. SHoirning yana bir she’rida she’rning boshidan oxirigacha takror vositasida hosil qilingan ijodiy ko‘rinish asarning jozibador qurilishini ta’minlagan: Suv ustida, suvlar ustida YUraklarim chisirlaydi-ey… … O‘t ustida, o‘tlar ustida Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi-ey… ( “Hamal ayvoni” 18-b) So‘z birikmasining yuqoridagi takrori, nafaqat kompozitsion jozibadorlikni ta’minlagan, balki mubolag‘aviy tasvirning dinamik darajasini ham ochib bergan. SHoirning “Qaldirg‘ochning ko‘z yoshlari” nomli yirik hajmli she’ri esa innovatsion kompozitsiyaning yorqin namunasi sifatida ijodkor ruhiyatida yuz berayotgan evrilishlarni ham yangicha usulda o‘quvchi yuragiga etkizadi: she’rning dastlabki o‘nta bandi “Men” so‘zi izohida kelsa, keyingi to‘rtta bandi “Meni” so‘zi izohida shakllangan, keyingi to‘rtta bandi esa “Menga” so‘zi izohida yozilgan, undan keyingi bandlar esa “Mendan” va “Menda” so‘zlari izohi bilan bog‘liq: Men Qabrda tug‘ilgan Go‘ro‘g‘li edim, Ikki jahon aro Yo‘lo‘g‘li edim, Zulmat yo‘rgaklagan Nuro‘g‘li edim… Meni… Hayot aldayversin,aldama, Zebo, O‘lim aldayversin, aldama, Zebo, Ko‘nglim aldayversin,aldama,Zebo… Menga Qanday duch kelding sen, uchunchi Moh? Qolgan o‘n ikki oy ahvoliga voh.. Butun hayotimning og‘zi to‘la: “oh”… Menda Eru osmon, oy va quyosh bor edi, Tomchi kulgu, ko‘za ko‘z yosh bor edi, YUrak degan gultug‘ar tosh bor edi… Mendan Dashtu dala, tog‘ ila daryoni top, Bu dunyoga o‘xshamas bir dunyoni top, Hirot birla Samarqandu Ko‘niyoni top. Ko‘rinib turibdiki, shoirning mahorati bilan she’rda kishilik olmoshi va unga sintaktik shakl yasovchilarni qo‘shish orqali innovatsion qurilish yaratilgan va ijodkorning hissiyotlaridagi murakkablikni o‘zida aks ettirgan. Bu kabi birliklar atrofdagi dunyoni anglash va uni so‘zda aks ettirishning vositasi sifatida ijodkor badiiy olamida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, ijodiy so‘zning badiiy qimmati, san’at unsure sifatidagi maqomi uning matniy asoslanganligi – yaratilish ehtiyoji va yasalish jarayonining ko‘rsatib berilganligi bilan belgilanadi. M. Svetaeva ijodidagi muallif so‘z ijodkorligining sabablarini o‘rgangan rus tadqiqotchisi I. N. SHvetsov muallif so‘z ijodkorligi juda ko‘p hollarda qofiyadoshlikni hosil qilish uchun, ya’ni she’rdagi qofiya ehtiyoji tufayli yaratiladi degan fikrni bildirib o‘tadi31. Biz ishda muallif so‘z bilimdoni bo‘lganda, ya’ni uning ma’nolarini chuqur anglaganda uning ijodkori bo‘la oladi, undan mahorat bilan foydalanadi degan fikrni ham ilgari surmoqdamizki, fikrimizni Eshqobil SHukur ijodi misolida asoslashimiz mumkin. Eshqobil SHukur so‘zning leksik, morfologik, qolaversa, etimologik jihatlariga jiddiy qaraydigan ijodkor. Uning so‘zga doir izlanishlari natijasi o‘laroq,ayniqsa, so‘zlar etimologiyasiga doir bilimlari natijasida so‘zlar o‘ziga xos mazmun ifodalaydi. So‘zning etimologiyasi o‘rganilganda, uning ma’no qirralari to‘laligicha namoyon bo‘ladi, ya’ni ijodkor so‘zning etimologiyasi bilan tanish bo‘lganda uning imkoniyatini yaxshi anglaydi va undan hissiyot ifodasi sifatida unumli foydalanadi. Eshqobil SHukur so‘zni qo‘llash jarayonida har bir so‘z bilan so‘zlashadigan ijodkor. Uning “Bobo so‘z izidan” asarida ijodining g‘oyaviy mazmunini ochishga xizmat qilgan barcha so‘zlarning tarixi, kelib chiqishi qiziqarli misollar bilan yoritilgan. Muallif asarni yaratishda juda ko‘p manbalarga murojaat qilganini alohida ta’kidlaydi: “Bu kitobni tayyorlash jarayonida garchi ko‘p manbalarni ko‘rib chiqsam-da, ba’zi so‘zlar masalasida xato qilyapmanmi degan xijolatga ham bordim. Lekin faraz fikrni harakatga keltiradi” 32. Darhaqiqat, muallif misollarni izohlash jarayonida “Devonu lug‘otit-turk”, “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”, “Kitob at-tuhfa” , “Oltoy-Olatog‘ lug‘ati”, “Farhangi zaboni tojik”, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, “Qadimgi turkiy til lug‘ati”, “Navoiy asarlari lug‘ati”, “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati”, “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at” kabi lug‘atlardan ma’lumotlar keltirgan. Asarning ikkinchi nomi “So‘zlar bilan so‘zlashuv” deb nomlangani ham bejizga emas, chunki muallif har bir so‘zning nafaqat ilmiy, etimologik izohiga, balki o‘z tafakkurida yuzaga kelgan ma’no mahsuliga ham nazar tashlaydi va bu kashfni kitobxon bilan o‘rtoqlashib, kamtarona izoh beradi: “So‘zlar haqidagi bu kitobni bir shoirning o‘z Ona Tili zaminidagi so‘zlarga munosabati, so‘zlar haqidagi o‘y-fikrlari sifatida qabul qilishsa, ko‘nglimdagidek bo‘ladi”.33 “Darhaqiqat, so‘z o‘zi haqida o‘zi gapiradi. Faqat unga diqqat bilan quloq solish kerak”, – 34deya muallif so‘zlarni tinglash uchun turli adabiy manbalardan misollar keltiradi. “Irq bitigi”, YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari, Lutfiy g‘azallari, Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari, “Lison ut-tayr” dostonidan,“Nasoyim ul-muhabbat”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Boburnoma” asari, Abdulla Qodiriy,Abdulla Qahhor asarlari, Abdulhamid CHo‘lpon, G‘afur G‘ulom, Asqad Muxtor, Odil YOqubov, SHukur Xolmirzaev, Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemir, Abdulla Oripov, Muhammad YUsuf, Azim Suyun kabi ijodkorlarning ijod namunalari misolida so‘zlar ma’nosiga e’tibor qaratadi. Anglashiladiki, muallif o‘ziga qadar yaratilgan adabiy manbalardan ham yaxshi xabardor, ularni qunt bilan o‘rgangan. Muallifning ma’lumotlarni berishda qiyosiy tamoyildan foydalangani manbaning qiymatini yanada oshirgan. Xakas, qarachay-malkar, abaqan, qumiq, qirg‘iz, qozoq kabi o‘zbek tili bilan qardosh tillar, shuningdek, sanskrit,arab,fors, yunon, xitoy, ingliz, rus, mo‘g‘ul, hind, golland tillarining ham so‘zligiga nazar tashlab, ushbu tillardan o‘zlashgan so‘zlar, shuningdek, tilimizda mavjud so‘zlarning shu tillardagi muqobil variantlari haqida ham qiyosiy ma’lumotlar berilgan. Aytish mumkinki, asar muallifi Mahmud Koshg‘ariyning tilshunoslikka doir ma’lumotlarini juda sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan va boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan boyitib, to‘g‘ri deb bilgan ilmiy g‘oyalarini ilgari surgan. So‘zlarni izohlashda ham muallif Koshg‘ariyona uslubdan foydalanganini, ya’ni xalq og‘zaki ijodi manbalaridan: doston, rivoyat, afsona, topishmoqlar qatorida xalq maqollariga tez-tez murojaat qilganini ko‘rishimiz mumkin. Asarda muallif so‘zning ma’nosini ochish jarayonida tilshunoslik uchun muhim ma’lumot bo‘ladigan til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nosining o‘zgarib, boshqa ma’no ifodalay boshlaganiga ham e’tibor qaratib, misollar keltiradi. Masalan, “tullak”, “olchoq” so‘zlari aslida salbiy baho formasi bo‘lmagan, ya’ni ijobiy bo‘yoqdan salbiy bo‘yoq ifodalashga o‘tgan. “YUpatdi”, “chapani” kabi so‘zlari esa salbiy ma’nodan ijobiy ma’no ifodalashga o‘tgan. “Ultontoz”, “zangori”, “mujmal”, “lo‘nda”, “go‘ng”, “basir” kabi so‘zlar esa o‘zining asl ma’nosidan boshqa ma’no ifodalay boshlagan. “Bobo So‘zidan izidan” asarida muallif turli mavzuiy guruhlarga mansub so‘zlarning etimologiyasi, morfemik tuzilishi, yasalishi va mazmuniy shakllanishini o‘rganadi. Jumladan, asarda antroponimlar (Ultontoz, Kimsan, Qo‘shoq), toponimlar (YOzyovon, So‘qoq, Qapchig‘ay, Oqqapchig‘ay, Xisor, Boldir)ning ham o‘rin olganini ko‘rishimiz mumkin. Muallif til leksik qatlamining ichki manba asosida boyitilishiga muhim va zaruriy jarayon sifatida qaraydi va juda ko‘p so‘zlarni “dangasalik” tufayli osongina iste’moldan chiqarib, leksik kambag‘allashishga yo‘l ochayotganimizni kuyunib e’tirof etadi. Masalan, “chalg‘ay” so‘zi haqida shunday ma’lumot keltiradi: “Xalq tilida chopon yoqasining uch qismi hozir ham “chalg‘ay” deb aytiladi. Umuman, bu so‘zga bizda ehtiyoj bor. CHunki “chalg‘ay” so‘zining ma’nosini ifoda etuvchi boshqa ekvivalent so‘z bizda yo‘q” 35. YAna bir so‘zning tilimizdagi iste’molini ta’minlash uchun ijodkor quyidagi fikrlarni keltirib o‘tadi: “Tog‘ cho‘qqilari va yonbag‘irlarida olachalpoq bo‘lib qolgan, tosh ustlari erib, qorayib ko‘ringan qor ana shunday qorli joy tilimizda “olaqor” so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘z hozir bizda juda kam ishlatiladi. Lekin, muhimi, ifodalanishi bir necha jumlani talab qiladigan shunday manzarani bir so‘zda tasvirlab beradigan so‘z tilimizda mavjud. Bundan foydalana bilishimiz va uni keng iste’molga olib kirishimiz kerak” 36. SHuningdek muallif kungay, terskay, jig‘ovul, shig‘ovul, chaltov, do‘ngsa, kezanak, chag‘ot kabi so‘zlarning ham iste’moldan chekinayotganini, ammo ularga ehtiyoj borligini alohida ta’kidlaydi. Muallif til tarixiga oid ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida ba’zi birliklarni tilimizga qaytadan olib kirish uni boyitishga xizmat qiladi degan xulosaga keladi. Jumladan, “qaloda” so‘zini iste’molga olib kirish haqida shunday fikrlarni bildirib o‘tadi: “It bo‘yniga osiladigan tasmani ifodalaydigan yaxlit so‘zni hozirgi tilimizda uchratmaymiz. Lekin bunday so‘z tariximizda bo‘lgan. Uni iste’molga olib kirsa ham bo‘lar” 37. Download 499 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling