Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili
Havodoshlariyu, tuproqdoshlari
Download 499 Kb.
|
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin
Havodoshlariyu, tuproqdoshlari,
Oching eshiklarni, derazalarni, Axir, bu yurakning sevgisi kelar, O siz, bu yurakning tuyg‘udoshlari, Xayoldoshlariyu, osmondoshlari, Sizga qanday aytsin, qandaylar aytsin… ( ) Umuman, Eshqobil SHukur bu affiksga murojaat qilib ko‘plab g‘ayritabiiy birliklar hosil qilganini ko‘rishimiz mumkin, Masalan, yana bir o‘rinda “sirdosh”, “emchakdosh” birliklariga qofiyadosh tarzda “erdosh” birligini qo‘llaydi: CHo‘lponmi, Usmonmi isming, sirdoshim, Etim emchakdoshim, ersiz erdoshim (4,147) “Jamol momom aytgan qo‘shiq” she’rida esa darddosh, sirdosh, yo‘ldosh kabi -“dosh” affiksli odatiy yasalmalar bilan birga okkozional yasalmalar va ularga asosdosh so‘zlar ham ishlatilgani shoirning hissiyotlarini yanada bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qilgan: “Holim ko‘p, holdoshim yo‘q, Yo‘lim ko‘p, yo‘ldoshim yo‘q…… Zorim ko‘p, zordoshim yo‘q, Jonim ko‘p, jondoshim yo‘q. Qurim bor, qurdoshim yo‘q, Sirim mo‘l, sirdoshim yo‘q, Dardim ko‘p, darddoshim yo‘q”. YUqoridagi kabi yasalmalarning she’riy matndagi kontesktual vazifasi va ma’no ifodasi ijodkorning mahorati bilan mustahkamlangan. “Zero so‘z yasash andozasining o‘zi inson nolisoniy (ijtimoiy) tajribasining lisoniy ifodalanish usullari hamdir. Muayyan so‘z yasash andozasi yoki ayon namuna (so‘z) asosida yangi yasalma yaratilishini inson til ijodkorligining o‘ziga xos ifodasi deyish mumkin. O‘zbek tilida ma’lum belgiga egalik ma’nosini ifodalovchi –li affiksi juda faol ishlatiladi. Ammo ijodkor quyidagi o‘rinda bu affiksdan alohida holatni hosil qilish uchun foydalanganini ko‘rishimiz mumkin. YA’ni “berkli” va “turkli” birliklarini quyidagi o‘rinda -li affiksisiz qo‘llash maqsadga muvofiq, ijodkor esa bu ortiqchalikdan aynan e’tiborni tortadigan birlikni yuzaga keltirish uchun foydalanadi: Xudo tumor taqib boshing boylamish, Bandaga darchasi berkli begoyim. Ishqing charxi dunni vayron ayladi, Olam oxirati turkli begoyim.(51) Okkazional so‘zlar so‘zlovchi yoki ijodkorlar tomonidan o‘z fikr va maqsadini o‘ziga xos tarzda va aniq ifodalash, o‘zlari tasvirlayotgan biror shaxs, narsa, obekt, voqea-hodisalarni barcha qirralari bilan namoyon etish hamda ularga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabati, ya’ni his-tuyg‘ularini yorqin ifodalash maqsadida yaratiladi va qo‘llaniladi. Okkazionalizmlar tasvir obektini tasniflashda tildagi imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantira olmaganda yaratiladi [3,4]. Ushbu fikrlarning asosli ekanligi quyidagi o‘rinda yaqqol namoyon bo‘ladi. YA’ni ijodkor hissiyoti tilda mavjud birlikka joylashmasdan, yangi yasalmaning yaratilishiga sabab bo‘ladi: U bitlar bahaybat bitlar edilar, Qopqoniga to‘ldi xalqlar, vatanlar. «Daho» — Bitlar xalqlab ketdi — dedilar, Qutqaring bitlarni, ketdi vatanlab. (89) Bu o‘rinda bit kabi insonlar qonini so‘rib, xalq va millat chegaralarining yuvilib ketishini istagan kishilar toifasi haqida gap bormoqda. Ular: “hammaning vatani bitta, hamma xalqlar bitta xalqqa bo‘ysunib yashashi kerak” degan g‘oya bilan janglar qilgan. SHoir shunday insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan “xalqlab”, “vatanlab” ifodalarini ishlatadi. Ijodkorning “Surgun” nomli turkum she’rlaridan olingan ushbu parchada “xalqlab”, “vatanlab” birliklari ko‘plab xalqlarning milliy g‘ururi toptalishini aks ettirish maqsadida yaratilgan bo‘lib, she’rda ko‘chma ma’no orqali nihoyatda og‘ir siyosiy jarayon aks ettirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, so‘z ijodkorligi asosida paydo bo‘ladigan noodatiy birliklar asosan ma’lum ijodiy vaziyat taqozosi bilan yaratiladi. Masalan, shoir bir o‘rinda millatiga mensimay qaralayotgan holatni ifodalash uchun “ishshaymoq” birligini qo‘llar ekan, aynan pisanda bilan aytiladigan, mazmunida qandaydir kamsitish ifodalaydigan “o‘zbaki” yasalmasini hosil qiladi. O‘z-o‘zidan, yaratiqning paydo bo‘lish asosi ham matnda mavjud, ya’ni “avramoq”, “ishshaymoq”, “chirik boqish” kabi salbiy ma’no tashiydigan birliklar aynan matnga shu ijodiy birlikni kiritishni taqozo qilmoqda. Inchunin, ijodiy so‘zning badiiy qimmati, san’at unsuri sifatidagi maqomi uning matniy asoslanganligi – yaratilish ehtiyoji va yasalish jarayonining ko‘rsatib berilganligi bilan belgilanadi. Orangizdan yashab o‘tdi bir shoir, O‘rtada yuragi — ochildasturxon. Undan qirq yilgacha Vatan edingiz, Qirq yil chanqoq bosdi sof o‘zbaki qon.(92) 6. O‘zbaki dilimni avramoq uchun Boqdilar ishshayib, boqdilar chirik. (96) 7. Ko‘pchigan davralar. Kibrdor. Bashang. Nafs poyida aql. Nahsga botgan hush. Ulfatim xachiru... sirdoshim satang. Deding: «pastga tush» (117) 8. Ma’yus lipillardi bir xira chiroq. Download 499 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling