Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Oybotarda laylatul qadr bo‘loyin. Yilbotar


Download 499 Kb.
bet16/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

Oybotarda laylatul qadr bo‘loyin.
Yilbotarda Ollohday sir bo‘loyin,
Oybodomda Oy ko‘ngli ne biloyin.
Bu birliklar imlo va izohli lug‘atlarda uchramaydi, ammo matnda o‘zining o‘rniga ega [6]. SHuningdek yasalmalar, albatta, mavjud so‘z yasash qoliplariga zid emas [8]. Ular qo‘shma so‘zlarning nutqiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. SHoirning kompozitsion usuldagi yasalmalariga xos asosiy jihat shundaki, ular matnda mavjud qolipga mos holda grammatik va mazmun tomonlariga e’tibor qaratilib yasalgan:
Tog‘da jilg‘a kabi jildiragan yo‘l,
Sen asli yo‘lmisan, yo‘lovchimi yo?
Xarsanglar ko‘ksida hilpiragan gul,
Sen o‘zi gulmisan, gulovchimi yo?
Anglashiladiki, she’rda ishlatilgan gulovchi (ot+ot) kompozitsion yasalmasi avvalgi bandda ishlatilgan yo‘lovchi so‘ziga qofiyadosh va morfemik jihatdan o‘xshash shaklda yasalgan. SHu o‘rinda yo‘lovchi so‘zining morfem tuzilishi e’tiborni tortadi. Cunki bu so‘z sodda yasama so‘zmi yoki qo‘shma so‘zmi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Yo‘la+vchi(shaxs oti yasovchi qo‘shimcha) / yo‘l+ovchi (ot+ot) morfem tarkiblarining har ikkalasi ham mavjud qonunlarga zid emas va mohiyatan ham buzilish bo‘lmaydi. Kontekstual jihatdan yondashuv esa matnda yo‘lovchi so‘zi qo‘shma so‘z ekanligini ko‘rsatadi. Ijodkor qo‘shma so‘zlarning asosiga alohida ishora beradi: yo‘l- yo‘lovchi, gul- gulovchi tarzida.
SHoirning yana bir she’rida ham yangi yasalmaning paydo bo‘lishi kontekctual vaziyatga bog‘liqligiga ishora berilgan:
Suvlarday shaldirab kularmiz,
To‘rtovimiz to‘rtovora bo‘larmiz [2, 84].
SHe’rda to‘rt kishining holati tasvirlanarkan ekan, ijodkorda ularning umumlashma obrazini yaratib xulosa qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va yangi noodatiy birlik yuzaga keladi. Ammo matndan tashqarida bu birlik o‘zining ma’noviy ahamiyatini yo‘qotadi. Faqatgina o‘quvchi mana shu she’rda “to‘rtovora” haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Bunday birliklarning paydo bo‘lishi haqida metaforik so‘z birikmasi asosida yaratilgan alohida birliklar degan qarash ham mavjud41, ammo biz bu fikrga qo‘shilmaymiz va bunday birliklarni muallif so‘z ijodkorligi asosida yaratilgan qo‘shma so‘zlar sifatida o‘rganish ma’qul de o‘ylaymiz.
Bundan tashqari shoirning faqat qo‘shma so‘zlar asosida yaratilgan she’ri ham mavjud bo‘lib, she’r nomi ham “Qo‘shmaso‘zlarim” deb nomlanadi. SHundan ko‘rinib turibdiki, muallifning bu usulda yangi so‘z hosil qilishga qiziqishi alohida. SHe’rda ijodkorning qo‘shma so‘zlar imlosiga doir qarashlarining ham aks etganini, ya’ni barcha qo‘shma so‘zlarning qo‘shib yozilganini ko‘rishimiz mumkin:
Momomehrim,momoso‘zlimsan,
Singildilim,singilyuzlimsan,
O‘tardunyo,kelardunyoda
Ko‘ngiltilim,ko‘ngilko‘zlimsan [5, 322].
YUqoridagi misralar bilan boshlanadigan she’rda so‘z ijodkori 32 ta qo‘shma so‘zni mohirlik bilan o‘n olti misraga joylagan. Qizig‘i, barcha birliklar qo‘shib yozilgan va she’rda ishlatilgan birliklardan uchtaginasi (ona tili, ko‘zyosh, vaqtichog‘) tilda faol birliklar. YAna bir jihati ijodkor yangi yasalmalarni biri biri bilan mantiqan shunday bog‘laydiki, she’rda boshqa grammatik vositaga ehtiyoj ham bo‘lmaydiki, butun bir matnda bittagina “va” bog‘lovchisining ishlatilgani fikrimizning isboti bo‘ladi. Bu kabi ijodkorona mahorat asosida yaratilgan okkazional yasalmalar Eshqobil SHukur ijodida ko‘plab uchraydi. Biz yuqorida shoirning ayrim tanlangan she’rlari misolida tahlillar keltirdik.
Darhaqiqat, o‘zbek tilida bunday so‘zlarning imlosiga doir ishlarda ham bahsli o‘rinlar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin 42, ya’ni qo‘shma so‘zlarning qo‘shib yoki ajratib yozilishi bo‘yicha turli yondashuvlar uchraydi. Ammo shoir ijodida uchraydigan bunday birliklarning barchasi istifoda etilgan barcha o‘rinlarda qo‘shib yozilganini ko‘rishimiz mumkin, buni boshqa jihatdan eshqobil SHukur ijodida ijodiy yasalma sifatida yuzaga kelgan qo‘shma so‘zlarning katta qismi qo‘shma ot va sifatlar ekanligi bilan ham izohlashimiz mumkin.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling