Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili
Download 499 Kb.
|
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘lo‘g‘li
Kaldiroqlar bo‘kirar.
O‘rmonning quchog‘idan CHiqib kelar bug‘ular. Tumanning gupchaygan o‘g‘ri xaltasi Semirib borardi ozg‘in kun-tunda (“Nomukammallik”) Tilsiz shovullaydi uzun sochlaring, Noma’lum shevada inchkir daraxtzor. (“Hamal ayvoni”144-b) 3.1.OT SO‘Z TURKUMIGA MANSUB SO‘ZLAR Eshqobil SHukur she’riyatida so‘z ijodkorligi ta’sirida yaratilgan birliklar muhim o‘rin tutadi. Ularning ko‘pchiligi fe’l, ot va sifat so‘z turkumiga kiruvchi birliklar bo‘lib, boshqa so‘z turkumlariga kiruvchi ijodiy yasalamalarni ham ko‘rishimiz mumkin. Eshqobil SHukur ijodida uchraydigan ijodkorlik so‘zlarining katta qismini ot so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlar tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi atoqli ot semantik guruhini hosil qiladi. Atoqli otlarning misollarda quyidagi ko‘rinishlarda yasalganini ko‘rishimiz mumkin: 1. SHaxs nomi ko‘rinishida: Men Qabrda tug‘ilgan Go‘ro‘g‘li edim, Ikki jahon aro Yo‘lo‘g‘li edim, Zulmat yo‘rgaklagan Nuro‘g‘li edim… (“Qaldirg‘ochning ko‘z yoshlari” ) SHe’rdagi Yo‘lo‘g‘li,Nuro‘g‘li ijodiy yasalmalari birinchi misradagi Go‘ro‘g‘li so‘ziga uyg‘un tarzda yaratilgan va she’rga o‘zgacha badiiy ifoda bergan. Bu qo‘shma so‘zdan iborat bo‘lgan okkazionalizmlar tarkibidagi so‘zlar alohida ishlatilganda okkazional ma’no ─ betakror, yangilik bo‘yog‘i kuchli, bir marta ishlatiladigan ma’no ifodalamaydi. Ular birikib, atoqli otni vujudga keltiradi, shu bilan bir vaqtda okkazionallik xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Agar yuqoridagi okkazionalizmlarning ma’nosiga e’tibor qilinsa, shoirning chuqur falsafiy mushohadasining ifodasini bergan: Yo‘lo‘g‘li- ikki jahon orasida yo‘l bosuvchi inson, Nuro‘g‘li – nurdan yaralgan inson. Bu holatni shoir tasviriy birikmalar orqali ham berishi mumkin edi, ammo yuqoridagi birliklardek ta’sirchanlikka ega bo‘lmas edi. "Doimo takrorlanib turadigan va shartli poetiklik (poetichnost) dan qochish istagi shoirlarni shunday so‘z birikmalari, so‘z qismlari izlashga va topishga undaydiki, bunday so‘zlar lug‘aviy birliklar bilan o‘zaro munosabatga kirishib, muallifning fikri, hissiyotini aks ettiradigan semantik nyuanslar-nozik ma’nochalarni vujudga keltiradi".43 2. Ijodkorlik so‘zlari ichida joy nomi semasini ifodalovchi otlar ham mavjud bo‘lib ularning ko‘pchiligi kompozitsion usulda hosil qilingan: Kiftimga to‘dana taqdi Momotog‘, U shunday haybatli, shunday mehribon. (“Ko‘z yumib ko‘rganlarim”) Bu o‘rinda ijodkor tomonidan “hech kim ko‘rmagan” deya ta’riflanayotgan joy nomini bildiruvchi Momotog‘ so‘zi muallif xayolotida yuzaga kelgan tasavvur mahsuli. Ammo she’rdagi tasvir o‘quvchini o‘ziga shunday mahliyo qiladiki, o‘quvchi beixtiyor Momotog‘ borligiga ishonadi va bu ijodkorning haqiqiy mahoratidan dalolat. SHoirning “Do‘stlarni sog‘inib” she’rida ham xuddi joy nomlari kabi bosh harf bilan yozilgan Odamtog‘ va Odamdaryo birliklari uchraydiki, ular ijodkorning tafakkur mahsuli sifatida o‘quvchida go‘yo Surxondaryoda joylashgan toponim sifatida taassurot qoldira oladi: Mening anglamog‘im shular sababli Download 499 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling