Mualliflik annotatsiyasi


Tadqiqot obekti va predmetining belgilanishi


Download 59 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi59 Kb.
#1620218
1   2   3   4   5
Bog'liq
Annotatsiya Madin1

Tadqiqot obekti va predmetining belgilanishi. Tadqiqot ob’ekti sifatida butun jahonda va O‘zbekistonda elektron tijorat sohasidagi rivojlanish bosqichlari, elektron tijoratda amalga oshiriladigan xizmatlar va elektron tijoratni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan eletron to’lov tizimlari hamma dunyodagi va mamlaktimizdagi ayni vaqtda foydalanilayotgan xalqaro va mahalliy elektron to’lov tizimlari tanlangan.
Tadqiqot predmeti bo‘lib, xorijiy davlatlarning elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlari, erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari, shuningdek, O‘zbekistonning elektron tijorat sohasi rivojlanishining joriy holatida yuzaga keladigan qulayliklar, muammolar va ularning yechimlari hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi – “Elektron tijoratni rivojlantirishda xorij tajribasi”ni o‘rganish, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, hamda O‘rta Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektron tijorat rivojlanishi ta’sirini o‘rganib, O‘zbekistonda soha taraqqiyoti uchun asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari – elektron tijoratning nazariy, tashkiliy-huquqiy asoslarini va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning elektron tijorat faoliyatini o‘stirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini o‘rganib chiqish va ularning erishgan yutuqlarini o‘zlashtirish hamda xato-kamchiliklaridan tegishli xulosa olish; muammolarni o‘rganish; elektron tijorat rivojlanishi uchun amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqot ishining asosiy masalalari elektron tijorat sohasida foydalaniladigan elektron to’lov tizimlari bilan tanishib chiqish, ularning tahlil qilib, har birini boshqasi bilan solishtirish va elektron to’lov tizimida foydalaniladigan dasturlar va texnollogiyalarning ro’yxatini ishlab chiqish hisoblanadi.
Tadqiqotning asosiy farazlari soliq tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllash uchun yechimlar izlab toppish, ularni tahlil qilib amalga tadbiq etish chora-tadbirlarini izlab topishdan iborat.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling